Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik nurash
Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi –
tuproq qoplamining yer sharining gaz rejimi va atmosferat tarkibining shakllanishida, fotosintezida, karbonat angidridining birikishi, azot to‗plashi, kislorod va vodorodning to‗planishida, denitrifikasiya, desulfofikasiyada, oksidlanish va nafas olishda, karbonat angidridining atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida ham katta rol o‗ynaydi. Biologik nurash.Tog‗ jinslari va minerallar turli organizmlar (mikroorganizmlar, o‗simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli vujudga kelgan mahsulotlar ta‘sirida mexanikaviy ravishda parchalanadi va kimyoviy o‗zgarish yuz beradi. Organizmlar ta‘sirida yuzaga keladigan ana shunday o‗zgarishlarga biologik nurash deyiladi. Biologik nurashda organizmlar tog‗ jinslardan o‗z hayot faoliytlari uchun kerakli moddalarni ajratib oladi va mineral jinslar yuzasiga to‗playdi. Bu jarayon natijasida tuproq paydo bo‗lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. O‗simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti davomida tashqi muhitga ajraladigan karbonat angidridi va har xil kislotalar kimyoviy nurashga sababchi bo‗ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya, zamburug‗ va aktinomiset) larning ahamiyati kattadir, chunki 1g. tuproqda millionlab-milliardlab mikroorganizm bo‗ladi. Mikroorganizmlar ta‘sirida kechadigan nitrifikasiya va sulfofikasiya jarayonlari natijasida hosil bo‗ladigan nitirat va sulfat kislotalari ham ko‗pgina mineral birikmalarni eritadi va biologik nurashni kuchaytiradi. Shuningdek, zamburug‗lar chiqaradigan organik kislotalar nurash jarayoniga chidamli bo‗lgan dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi. Tog‗ jinslari va minerallarda paydo bo‗lgan yoriqlar orasiga o‗simlik ildizlarining kirib rivojlanishi natijasida ular maydalana boshlaydi. Shuningdek, qurt- qumirsqa va kalamush singari yer qazuvchi jonivorlar ham tog‗ jinslari va minerallarning mexanikaviy maydalanishida aktiv ishtirok etadi. Bundan tashqari, o‗simlik va hayvonlarning ko‗plab qoldiqlari yer yuzasida to‗planadi - chiriydi, 133 ulardan paydo bo‗ladigan organik kislotalar ham tog‗ jinslari va minerallarni kimyoviy ravishda o‗zgartadi. Hamma tog‗ jinslari va minerallar nurash jarayonida bir xil va bir tekis parchalanmaydi. Ba‘zi tog‗ jinslari (kvarsit) va minerallar (kvars) nurash faktorlari ta‘siriga juda chidamli bo‗lsa, ayrimlari (cho‗kindi tog‗ jinslari va tog‗ shpatlari) chidamsizligidan tezroq parchalanadi. Nurash faqat mexanikaviy parchalanish jarayonidan iborat bo‗lmay, balki ayni paytda bu jarayon tufayli ikkilamchi minerallar shaklidagi yangi birikmalar ham paydo bo‗ladi. Tirik organizmlar ta‘sirida qayta hosil bo‗lgan moddalar o‗simliklar tanasi tarkibiga o‗tib o‗zlashtiriladi yoki kamroq harakatchan formalarga aylanib, keyinchalik nurash qobig‗i hamda tuproq hayotida katta rol o‗ynovchi murakkab organik - mineral birikmalarni hosil qiladi. O‗simliklar nobud bo‗lgandan so‗ng ular o‗zlashtirib olgan tog‗ jinslarining emirilish mahsulotlari mikroorganizmlar ta‘sirida o‗zgargan shakldagi yangi mineral hamda organik - mineral birikmalarni hosil qiladi. Bu birikmalarning bir qismi tuproqqa o‗rnashib qoladi, bir qismi esa yuvilib ketishi natijasida moddalar almashinishining katta geologik davrasiga qo‗shilib, tabiiy suvlar orqali dengiz hamda okeanlarga boradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling