Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Tuproqning qattiq fazasi-mikroorganizmlar yashashi uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‗lgan muhit hisoblanadi.Tuproq zarrachalarining sirtqi 
yuzasiga gumus, organo-mineral kolloid birikmalar, Sa, Mg va boshqa 
kationlar, 
kabi 
oziq 
elementlar 
zahirasi 
to‗plangan. 
Ularning 
konsentrasiyasi, tuproq eritmasidagidan bir necha barobar ko‗p. Tuproqda 
yashovchi bakteriyalarning 80-90%, tuproq agregatlarining sirtqi yuzasiga 
yoki ichiga joylashgan. Tuproq zamburug‗larining sporasi yirik 
zarrachalari yuzasida uchrasa, gifalari organik substratlarda rivojlanadi. 
Ayrim zaburug‗larning sporalari agregatlar ichida joylashadi.Agregatlararo 
bo‗shliqda mikroorganizmlar bilan birga tuproq mikrofaunasi xayot 
kechiradi.Tuproqning 


135 
qisman suv bilan to‗lgan bo‗shliqlarida va g‗ovakliklari bo‗ylab 
nematodalar harakatlanadi. 
Organizmlarning yashashi uchun tuproqning qattiq fazasi getrogen 
va mozaik muhit hisoblanadi. Qattiq faza tarkibiga mineral va 
orgonomineral birikmalar kiradi. Birlamchi va ikkilamchi minerallarning 
nurashidan hosil bo‗lgan juda mayda minerallar, juda katta hajm sathga ega 
bo‗ladi, masalan loy minerallarning sathi 100m
2
/g, bo‗lsa qatlamli loy 
minerallar sathi 800m
2
/g ga teng bo‗ladi. Bunday katta sathga 
adsorbsiyalangan mikroorganizmlar ularni yuvilib ketishdan saqlaydi va 
moddalarning tuproq bo‗ylab aylanishini ta‘minlaydi. 
2. 
Tuproqning suyuq fazasi-tuproq kapillyarlaridagi va zarrachalar 
yuzasidagi pardasimon suvdan iborat. Tuproqning to‗liq nam sig‗imida, 
uning barcha g‗ovakliklari va kapillyarlari suv bilan to‗lgan bo‗ladi. 
Tuproq mikroorganizmlarining rivojlanishida uning suv bilan to‗lgan 
kapillyarlarining o‗lchami muhim ahamiyatga ega. Tor Ya‘ni ingichka 
kapillyarlarda mikroorganizmlar ko‗paya olmiydi va metobolizim 
jarayonlarini amalga oshira olmaydi. Tuproq namliga ma‘lum miqdorda 
bo‗lgandagina yashay oladi, o‗sadi, ko‗payadi va rivojlanadi. 
Tuproqdagi suvning faolligi av-deb tuproq eritmasi yuzasidagi bug‗ 
bosimining toza suv yuzasidagi bug‗ bosimi nisbatiga aytiladi. Suvning 
faolligi 
kichik 
bo‗lishi 
mikroorganizmlarining 
rivojlanishini 
sekinlashtiradi.Suv faolligi av–bakteriyalar uchun-0.95, aktinomisetlar 
uchun-0.85, zamburug‗lar uchun-0.60 ga teng. Arid mintaqasidagi ayrim 
zamburug‗lar av–0.60 past bo‗lganda xam rivojlanishi aniqlangan. 
Turkmanistonning cho‗l mintaqasi bo‗z tuproqlarida uchraydigan 
Acrothecrum aprcale laboratoriya sharoitida suv faolligi av–0.45 da ham 
rivojlangan. Suvning faolligi av-uchun tuproq eritmasining konsentrasiyasi 
muhim hisoblanadi va 
o‗rtacha 0.05-0.5g/100 ml da bo‗ladi. YOzda tuproq 
yuzasidan suvning ko‗p bug‗lanishi tufayli tuproq eritmasi konsentrasiyasi, 
kuzdagiga nisbatan yuqori bo‗ladi. Tuproq eritmasi tarkibida mineral, 
orgono-mineral va organik moddalar bo‗ladi. Bu 


136 
moddalar nisbati har xil tuproq tiplarida, hatto gorizontlarda va mavsumda 
ham bir xil bo‗lmaydi. Tuproqning yuqori qatlamida organik modda 
miqdori, quyi qatlamga nisbatan yuqori bo‗ladi. Mineral elementlardan 
azot va fosfor minimum miqdorda bo‗ladi, kaliy esa tuproqning qattiq 
fazasi 
tarkibida 
bo‗ladi. 
Tuproqda 
o‗simlik, 
hayvon 
va 
mikroorganizmlarning yaxshi o‗sishi va rivojlanishida, tuproq eritmasidagi 
mikroelementlar miqdori katta ahamiyatga ega. Molibden azotofiksasiya 
jarayonini tezlashtirsa, uran va radiyning minimum miqdorda bo‗lishi 
mikroorganizmlar faoliyatini stimullashtiradi, bor nitrifikasiya jarayonini 
tezlashtiradi, rux, marganes va mish‘yak sodda hayvonlarning 
rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, og‗ir metallardan qo‗rg‗oshin, simob, 
kadmiy 
azotofiksasiyani sekinlashtiradi va 
mikroorganizmlarning ko‗payishini to‗xtatadi. 
Tuproq eritmasi tarkibida o‗simlik ildizlari va mikroorganizmlar 
hayot faoliyati natijasida ajratiladigan vitaminlar, fermentlar, auksinlar, 
gibberellin kabi fiziologik faol organik birikmalar tuproq organizmlarining 
o‗sishi, rivojlanishi, ko‗payish va yashashiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bunday organik birikmalar rizosfyerada ko‗plab bo‗ladi. 
Tuproq eritamsi bilan osmotik bosim tushunchasi bog‗liq bo‗lib, u 
o‗rtacha 50 dan 500 kPa gacha bo‗ladi. Tuproq qancha quruq bo‗lsa, tuproq 
eritmasining bosimi shuncha yuqori bo‗ladi. Tuproqning yuqori osmotik 
bosimida yashovchi galotolyerant va golofil mikroorganizmlar ham tuproq 
biotasi tarkibida uchraydi. Bunday muhitda yashovchi bakteriyalardan 
keng tarqalganlari Bacillus mycoides va Azotobactyer chroococum lar 
hisoblanadi. O‗rta Osiyo tuproqlarida ammonifikasiya jarayoni 8000 kPa 
da ham borsa, nitrifikasiya jarayoni esa to‗xtaydi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling