134
bo‗lmaydi.
Tuproqda doimo yashovchi mikroorganizmlar Ya‘ni
mikroskopik geobiontlardan tashqari,
gidrobiontlar, aerobiontlar va
tuproqning qattiq fazasida yashovchi har xil organizmlarni uchratish
mumkin.
Tuproqda yashovchi mikroorganizmlarning
asosiy qismi, tuproq
zarrachalari, organik qoldiqlar va o‗simlik ildizlari yuzasiga yopishib-
adsorbsiyalangan holda yashashdir. Bu holatni
boshqacha qilib atasak
ularning immobilizasiyasi deyiladi.
Tuproqda yashovchi mikroorganizmlarning ko‗pchilik qismi spora,
sista, xlamidospora va boshqa anabioz yoki bo‗linib ko‗paymiydigan
vegetativ hujayralar ko‗rinishidagi faol bo‗lmagan holatda bo‗ladi.
Yuqoridagilarning barchasi mikroorganizmlar zahirasi hisoblanib,
tuproqning fizik-kimyoviy xossalarining ko‗rsatkichlari bo‗lgan
gumus
miqdori, fiziologik faol moddalar, minerallarning emrilishi,
mineral va
organik moddalar miqdorini bir me‘yorda bo‗lishini ta‘minlab turuvchi
tuproqning gomestaz holati deb ataladi. Mikroorganizmlar zaxirasi
tuproqqa doimo tirik o‗simliklar
tomonidan, yoki tuproq ombori
hisoblangan gumus va tuproqqa immobiliyasiyalangan gidrolitik
fermentlardan tushib turadigan oziq elementlar tomonidan ushlab turiladi.
Har
qanday tuproq-qattiq, suyuq va gaz fazadan iborat. Har bir faza
o‗ziga xos xususiyatga, unda yashovchi organizmlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: