Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gemiselyulozaning parchalanishi
Suvda
yeriydigan organik birikmalarning parchalanishi. O‗simlikning yer osti va yer usti qoldiklari tuproqqa tushgandan boshlab suvda eriydigan organik moddalar parchalanadi Ya‘ni chiriydi. Aerob sharoitda uglevodlar bakteriyalar tomonidan parchalanadi va nafas olishning oxirgi maxsulot bo‗lib, CO 2 ajraladi. Zamburug‗lar tomonidan uglevodlarning oksidlanishi natijasida: kaxrabo, limon va sirka kislotalari xosil bo‗ladi. Anaerob sharoitida uglevodlarning bijg‗ishdai, Ya‘ni achishidan ko‗plab organik kislotalar hosil bo‗ladi. Achituvchi mikroorganizmlarning turi va hosil bo‗lgan maxsulotga ko‗ra bijgishning bir necha tiplari bor. Achitkilar ta‘sirida glyukozaning achishidan etil spirt xosil bo‗ladi, klastridiylar glyukozani moy kislotasigacha achitadi va boshkalar. Spirtli bijg‗ish, achitqi zamburug‗laridan 123 tashkari, ichak tayokchasi bakteriyalari va boshka termofil anaerob bakteriyalar orqali ham amalga oshiriladi. Gemiselyulozaning parchalanishi. Gemisellyuloza Ya‘ni ksilan, ksiloza, o‗simlik to‗qimasi tarkibida sellyulozadan keyingi o‗rinda turadi. Boshoqlilar poyasi somonda –20% bo‗ladi, ninabarglilarda-12%, k eng bargli daraxtlarda –25% bo‗ladi. Gemisellyulozaning parchalanishi tuproqda yashovchi bir qancha mikrogorganizmlar: bakteriyalar, zamburug‗lar va aktinomisetlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu organizmlar hujayradan tashqariga ksilanaza farmentini ajratadi, bularga ko‗pchilik zamburug‗lar, achitkilar masalan, o‗rmon tushamasida yashaydigan achitkilarning Trichosporon avlodi vakillari ko‗plab ksilaza ajratadi. Ksilanda shampinonlar ko‗plab rivojlanadi. Ksilaza farmentini sellyulozani parchalovchi bakteriyalarni ham xosil qiladi. Kraxmal –o‗simliklarning tuganak va urug‗larida ko‗plab to‗planadigan polisaxarid bo‗lib, uning miqdori 70-80 foizgacha etadi. Kraxmal ham selyuloza singari gomoglikanlar guruxiga kiradi. Ya‘ni uning tarkibi faqat glyukoza molekulalaridan tashqil topgan. O‗simlik kraxmali ikki polisoxaridlarning Ya‘ni amilaza va amilopektinlarning aralashmasidan tashqil topgan. Kraxmal mikroorganizmlar tomonidan hosil qilinadigan amilaza farmenti ta‘sirida parchalanadi: Ferment tasirida kraxmal, maltoza, maltotriozalar va glyukozagacha parchalanadi. Selyuloza tabiatda keng tarqalgan organik modda bo‗lib, sintezlanishi jihatidan birinchi o‗rinda turadi. Sellyulozani yuksak o‗simliklar sintezlaydi, ularning tanasining 40-70 foizini sellyuloza tashqil kiladi. Zamburug‗lardan Oomyces sinfining vakillari, bakteriyalardan sirka kislotasi bakteriyasi –Acetobactyer xylinum lar etkazib beradi. Baktyeroid tomonidan azotni qaytaruvchi ferment sintezlanadi.Uning faolligi tuganak ichidagi kislorod bosimining past bo‗lishiga boglik bo‗ladi . 124 Bir to‗rga mansub baktyeryalarning tur xillari, o‗simliklarni zararlashi, faolligi yoki unumligi , hamda azotni o‗zlashtirib olishda o‗simliklar bilan simbioz holda yashashlari bilan ham farklanadi. Azotni o‗zlashtirib olish mexanizmini tuganak bakteriyalar bilan aerob holda yashovchi (Azotobactyer) va anaerob holda yashovchi (Clostridium) bakteriyalar bilan aynan o‗xshashdir.Bu jarayon asosida nitragenaza fermenti ishtirokida molekulyar azotning «vodorod» bilan kaytarilishi yotadi. Azotofiksasiyaning dastlabki maxsuloti ammoniy bo‗lib u keyinchalik uglevodorodlar bilan birikib, aminobirikmalar xosil kiladi. Biologik yo‗l bilan to‗plangan azot, tuprokda organik modda shaklida bo‗ladi. U butun vegetasiya davrida to‗planib boradi, o‗simliklar tomonidan esa mikroorganizmlar o‗lib, hijayralari parchalanib ketgach o‗zlashtirib olinadi . Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling