Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Tabiatda kislorod va uglerod birikmalarinin aylanishi
Denitrifikasiya.
Denitrifikasiya– nitratlarning nitritga va molekulyar azotgacha qaytarilishi Ya‘ni NO 3 -NO 2 –NO- N 2 O - N 2 tuproqdagi azotning molekulyar azotga aylanib atmosferat hovosiga chiqib ketishi va tuproqda azotning kamayishiga olib keladi. Denitrifikasiya jarayoni asosan mikroorganizmlar ishtirokida boradi. Faol denitrifikatorlar psevdomonodalar bo‗lib, ulardan tuproqda ko‗p tarqalganlari Psevdomonas ayeroginosa, Ps. ftuorescens, PS. stutzyeri hamda Micrococcuc denitrificans. Bacillus avlodining ba‘zi bir mezofil va termofil turlari o‗ziga xos danitrifikatorlardan – oltingugurt bakteriyasi – Thiobacillus denitrificans va boshqalar. Denitrifikasiya jarayoni tufayli har yili atmosferatga 270-330 million tonna azot qaytariladi. Bu jixatidan denitrifikasiya jarayoni, azotofikasiya jarayoni bilan tengdir. Denitrifikasiya jarayoni jadalligi o‗simlik ildizlari tomonidan muhitga organik modda ajralib turishiga, tuproq ayerosiyasiga, suv rejimiga bog‗liq. 4.2. Tabiatda kislorod va uglerod birikmalarinin aylanishi Tabiatda uglerod va kislorodning aylanishida, yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar o‗zaro aloqada, bir-biri bilan bog‗lanishda ekanligi aniq ifodalanadi. Ushbu aylanishda mikroorganizmlar ishtiroki, biosferada modda va energiya aylanish halqasini bekitib, aylanish yopiq halqadan iborat ekanligini tasdiqlaydilar. Bu jarayonda tuproqda yashovchi mikroorganizmlar asosiy vazifani bajaradi. 119 Tabiatda uglerodning aylanishida quyidagi ikkita, Ya‘ni kislorod ajralishi va yutilishi bilan boradiga muhim bo‗g‗imlarga ajratish mumkin: 1. Fotosintez jarayonida CO 2 ning o‗zlashtirilishi. 2. Organik moddalarning miniralizasiyalanish bilan karbonat angidrid ajralishi. Birinchi jarayon asosan o‗simliklar tomonidan atmosferat hovosiga kislorod ajratish bilan amalga oshirilsa, ikkinchi jarayon tuproqdagi mikroorganizmlar tomonidan kislorod yutilishi orqali amalga oshiriladi. Bizning planetamizda bir uglerod atomli birikmalardan, muhimi CO 2 bo‗lib, ushbu birikmadan dastlabki organik modda maxsulotlari hosil qilinadi. Atmosferat hovosida CO 2 miqdori 0,03%n i tashqil qiladi, tuproqda esa bir necha baravar ko‗pdir. Karbonat angidridning biologik usulda biriktirib olinishi fotosintez, xemosintez va geterotrof fiksasiyalanishlar orqali bo‗ladi. Fotosintez jarayoni biosferaning yer usti qatlamida borsa, xemosintez va geterotrof jarayonlar tuproq ichida kechadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling