Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Metallar sorbekt-mikrobi. Yilma-yil foydali qazilmalar zonasi 
quruqlikda kamayib bormoqda. V.F.Chubanov ma‘lumotlariga ko‗ra 
dengiz suvlarida 6 miliard tonna mis, 4 miliard tonna uran, 500 mln tonna 
kumush, 10 mln tonna oltin va boshqa metallar erigan holatda mavjud 
Shuning uchun dunyo okeani turli minerallarning potensial koni sifatida 
qadrlanadi. 
Suvdan 
metall 
olish 
bo‗yicha 
mikroorganizmlar 
rekordchilar.Ular ko‗pchiligi uchun suv haqiqiy yashash sharoiti 
hisoblanadi. Aniqlanishicha xlorella 0,41%, aktinomisetlar 4,5%, 
denitrofikasiyalovchi bakteriyalar 14%, maxsus achchitqilari-50% uran 
quruq massasini o‗z ichiga oladi. Mog‗or zamburg‗i -aspyergillar atrofiga 
0,3% mis, yani 30 ming marta ko‗p oladi. Masalan qimmatbaho basilla 
o‗zida 4 xil metall, shunindek oltin ham to‗playdi. Mikrob-biosorbentlar 
yordamida sanoat yo‗llarini, atrof muhitni og‗ir metallardan tozalashda 
foydalaniladi. 
4- 
Bo‘lim - TABIATDA MODDALARNING KICHIK BIOLOGIK 
AYLANISHI 
Planetamizda hayot quyosh energiyasi tufayli kelib chiqqan va 
rivojlanmoqda. Quyoshdan taralayotgan energiyaning yer yuzasiga etib 
keladiga 
nurlarning 
10% 
suvning 
bug‗lanishiga 
sabab 
bo‗lib 
moddalarning katta geologik aylanishini keltirib 


109 
chiqaradi. Etib kelgan energiyaning 0,1% gina o‗simliklar tomonidan 
foydalanilib, organik modda sintezlanib moddalarning kichik biologik 
aylanishini boshlab beradi. 
O‗simlik tomonidan yutilgan quyosh energiyasi, moddalarning 
biosintezini boshlab yuborib, energiyaning o‗zi organik modda tarkibidagi 
kimiyaviy bog‗lar energiyasiga o‗tadi. 
Yer yuzida tuproq qatlamida, o‗simlik ildizi, mikroorganizmlar 
biomassasi va gumus shaklida juda katta potensial biogen energiya 
to‗plangandir. 
Biosintetik jarayonda turli elementlar o‗zlashtirilib olinadi, qaysikim 
bular tabiatda doimiy ravishda aylanib turadi. Tabiatdagi barcha 
elementlarning jaridasi o‗lchami mavjuddir, ular qachonlardir tugashi 
kerakdir. Lekin to‗xtovsiz davom etadigan hayot ularning doimiy aylanib 
turishini taminlaydi. Elementlarning tabiatda aylanishining bosqichlarini 
turli guruh mikroorganizmlar boshqaradi. 
Uglerodning fotosintetik biriktirib olinishi va uning organik moddaga 
aylantirilishi suvo‗tlari va yuksak o‗simliklar tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuksak o‗simliklar va suvo‗tlari tomonidan hosil qilingan va to‗plangan 
organik moddalar hayotning har xil darajasida konsumentlar va redusentlar 
tomonidan qayta ishlanadi. 
Konsumentlarga hayvonlar, redusentlarga zambrug‗ va bakteriyalar 
kiradi. Organik moddalarning qayta ishlanishi oziq zanjirida ko‗rinadi. 
Oziq zanjirining oxirgi bo‗g‗imi organik moddalarning atmosfera havosiga 
CO
2
ajratish bilan bo‗ladigan mineralizasiya tuproq qoplamida yashovchi 
geterotrof mikroorganizmlar faoliyati tufayli amalga oshadi. Atmosfera 
havosiga 
ajralib 
chiqqan 
karbonat 
angidridning 
90 

mikroorganizmlarning faoliyati tufayli bo‗lib 10 % yuksak o‗simliklar, 
hayvonlarning nafas olishi va inson faoliyati tufayli ajralib chiqqan CO
2
dir. Aerob sharoitda zambrug‗lar CO
2
2/3 qismi hosil qilsa, bakteriyalar 
esa 1/3 qismini CO
2
hosil qiladi. Parchalanmagan organik moddaning bir 
qismi tuproqda gumus shaklida to‗planadi. 
Tabiatda uglerodning aylanishi Ya‘ni undan organik moddalarning 
sintezlanishi va mineralizasiyasida ishtirok etgan tuproq, boshqa 
gazlarning ham atmosferat bilan 


110 
almashinib turishda qatnashadi. Fotosintez jarayonida o‗simliklar 
atmosferat havosidan CO
2
ni o‗zlashtirib oladi va unga O
2
ajratib chiqaradi, 
atmosferat havosidagi barcha kislorod fotosintez mahsulotidir. Organik 
moddalarning minerallanishida atmosferatga CO
2
, CN
4
, CO, H
2
S va N
2
O, 
N
2
qaytariladi. Shu bilan birga tuproqda fiziologik faol birikmalardan 
etilen, etilamin, nitrozamin, simobmetili hosil bo‗ladi. Anaerob muhitda 
hosil bo‗lgan gazlar aerob organizmlar tomonidan tutib qolinib foydalanib 
bir qancha muddat o‗tgach yana atmosferatga qaytariladi. Shunday qilib 
gazlar anaerob muhitdan aerob muhitga energiya tashuvchilar bo‗lib 
xizmat qiladi. 
Mikroorganizmlar metobolizmi tomonidan organik moddalarning 
parchalanishi 
va 
gazlarning 
almashinish 
jarayonlari, 
tuproq 
mikroorganizmlarning tuproqdagi birlamchi va ikkilamchi minerallarning 
ta‘sirlanishi natijasida boradi. Biosferada bu jarayon o‗zining ahamiyati 
jihatidan fotosintez va azot molekulalarining biologik fiksasiyalanishi kabi 
jarayonlardek ahamiyatga ega chunki yer yuzidagi barcha organizmlar 
uchun zarur bo‗ladigan mineral elementlarning manbai litosferada 
joylashgan. 
Tuproq paydo qilish jarayonida mineral elementlarlardan tashqil 
topgan jinslarning emirilishi boradi va elementlar biosintez jarayonidagi 
almashinish reaksiyalarida ishtirok etadi. O‗simliklar tuproqdan fosfor, 
kaliy kabi mineral elementlarni o‗zlashtirib olmasdan turib dastlabki 
o‗simlik mahsulotlarini hosil qila olmaydi. 
Minerallarning emirilishiga ma‘lum darajada o‗simlik ildizlari ta‘sir 
qiladi, undan tashqari mikroorganizmlarning hayoti faoliyati natijasida ham 
amalga oshadi, qaysikim ular organik va mineral kislotalar, ishqorlar hosil 
qiladi, hamda o‗zlari yashayotgan muhitga fermentlar, polisaxaridlar va 
fenollar ajratadi. Bu moddalar minerallar bilan bevosita va bilvosita 
ta‘sirlashib, ularning kristal panjaralarini buzadi, kompleks birikmalar hosil 
qiladi, elementlarning valentliklarga ta‘sir qilib bir shakldan ikkinsi 
shaklga o‗tkazadi. 


111 
Tuproq mikroorganizmlari o‗simlik va hayvonlarning organik 
qoldiqlarini parchalash bilan birga tuproq bilan litosferaning chegarasini 
hosil qiladi. 
Tabiatda moddalarning aylanib turishda mikroorganizmlarning juda 
faol bo‗lishi ularning sonini ko‗p bo‗lishi, hamma joyda uchrashi, tez 
ko‗payib o‗sishi va turli xil metobolitik jarayonlariga bog‗liqdir. 
Tuproqning haydalma qatlamida zambrug‗ va bakteriyalarning 
biomassasi gektariga 5 tonnani tashqil qilgan holda, 1 gr tuproqdagi 
bakteriya hujayralari soni millard donaga etadi, zambrug‗ giflarining 
uzunligi esa 1000 m ni tashqil qiladi. Tuproq mikroorganizmlar hayoti 
faoliyatining asosiy omillaridan biri, yani tuproqda kechayotgan barcha 
jarayonlarning 
jadal 
kechishiga 
ta‘sir 
qilishidir, 
bunda 
mikroorganizmlarning bir-biri bilan o‗zaro aloqada va bog‗liqlikda tabiiy 
guruhlarning shakllanishi hisoblanadi. Bu mikroorganizmlarning sintrof 
asosiasiyasi va mitobiotik zanjirini hosil qiladi. Tuproqda alohida 
yashaydigan mikroorganizmlarga qaraganda asosiasiyaning sintrof o‗sishi 
har qanday substratni to‗lig‗icha tez o‗zlashtirib oladi. 
Mikrooganizmlarning metobiotik zanjirida har bir organizm o‗zining 
o‗tmishdoshi hosil qilgan mahsulotlarni o‗zlashtiradi. Shunday qilib, 
mikroorganizmlar turli tuman tabiiy mineral birikmalarni va organik 
moddalarni 
parchalab 
tuproqni 
elementlarga 
boyitadi. 
Tuproqda 
parchalanish va mineralizasiyalanishga chidamli bo‗lgan gumus va lignin 
ham mikroorganizmlar tomonidan juda sekinlik bilan bo‗lsa ham 
parchalanadi. Tuproqdagi barcha moddalarning parchalanish jarayonida 
ishtirok etuvchi mikroorganizmlardan tashqari mutaxasislashgan Ya‘ni 
aynan bir jarayonni boshqaradigan bakteriyalar ham mavjuddir. Bularga 
masalan: nitrifikatorlar, qaysikim bular ammiak va nitratlarning 
oksidlanishida CO
2
ni o‗zlashtirib oladi, yoki sulfatreduksirlovchilar va 
boshqalar. Ba‘zi hollarda aynan bir jarayon turli taksonomik guruhlarga 
mansub bo‗lgan mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladi. 


112 
Sharoitning o‗zgarishi bilan bir guruh mikroorganizmlar, ikkinchi bir 
guruh bilan almashinadi. Masalan tuproqda sellyulozaning parchalanishida 
turli mikroorganizmlar ishtirok etadi. O‗tloqi tuproqlarda sellyulozani 
miksobakteriyalar parchalasa, o‗rmon mintaqasining nordon tuproqlarida 
zambrug‗lar barqaror quruq tuproqlarda aktinomisetlar amalga oshiradi. 
Tabiatda moddalarning aylanishida umumiy bir fiziologik jarayonni 
amalga oshiruvchi mikroorganizmlar to‗plamiga fiziologik guruh deb 
ataladi. 
Bunday 
fiziolgik 
guruh 
mikroorganizmlarga 
tabiatda 
(nitrifikatorlar, ammonifikatorlar, denitrifikatorlar va azotafiksatorlar) va 
oltingugurt 
(oltingugurt 
bakteriyalari, 
tianbakteriyalar 
va 
sulfatreduksirlovchi bakteriyalar) aylanishda qatnashuvchi organizmlar 
misol bo‗la oladi. 
Mikroorganizmlarning 
tabiatdagi 
yashash 
sharoitlarning 
turli 
tumanligini namoyon qilishi ularning metobolizmining xususiyatlari bilan 
aniqlanadi. Metobolizm yoki moddalar almashinuvi, organizmlarning o‗ 
sishi, rivojlanishi va ko‗payishi uchun moddalarning sintezlanishi va 
parchalanish 
jarayonlarning 
umumiy 
yig‗indisidir. 
Moddalar 
almashinuvining ikki tomoni mavjuddir: birinchisi energiya beruvchi Ya‘ni 
energiya 
hosil 
bo‗lish 
jarayoni, 
katabolizm, 
ikkinchi 
jarayon 
mikromolekulalrning sintezlanishi Ya‘ni energiyaga bog‗liq ravishda 
moddalar sintezi anabolizm. 
Mikroorganizmlar o‗zlarining yashash jarayonlari va tanasini qurish 
uchun zarur bo‗ladigan energiyani olishlari bo‗yicha quyidagilarga 
bo‗linadi. 
1. 
Fototroflar (yorug‗lik energiyasidan foydalanuvchilar) xemotroflar 
(kimyoviy energiyadan foydalanuvchilar). Anabolizm jarayoni uchun zarur 
substratlarga qarab ular ikkita asosiy guruhga ajraladi. Birinchi guruh 
avtotroflar bo‗lib, metobolizmning borishi uchun CO
2
ni o‗zlashtirib 
oladilar, ikkinchi guruh getyerotroflar qaysikim ular turli xil tuzilishdagi 
organik moddani is‘temol qiluvchilar. Elektronlarning donorligiga qarab 
litotroflar (elektron donori manbai bo‗lib anorganik moddalar hisoblanadi) 
va organatroflar (vodorod manbai organik modda). Mikroorganizmlar 
orasida bir tipdagi oziqlanishdan, ikkinchi tip oziqlanishga Ya‘ni 
fotoavtotrofdan 


113 
xemogetrotrofga 
o‗tadiganlari ham mavjud bunday organizmlar 
miksotroflar deb ataladi. Bunga misol qilib yashil suvo‗ti Chlorella 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling