Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Ijtimoiy ish xodimining axloqiy xulq-atvor standartlari
Download 1.06 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarda ijtimoiy ish xodimi
Ijtimoiy ish xodimining axloqiy xulq-atvor standartlari sifatida quyidagi-larga qat’iy amal qilish belgilangan:
1. Har bir inson unikal ekani, inson xulq-atvorini va unga ko‘rsatiladigan yordam xarakterini belgilaydigan sharoitlarning unikal ekanini tushunishga intilish; 2. Kasbiy qadriyatlarni tadbiq qilish, bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish, kasb obro‘sini tushiradigan xatti-harakatlar qilmaslik; 3. Shaxsiy va kasbiy imkoniyatlarga ortiqcha baho bermaslik; 4. Har doim paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilishda bilim va ko‘nikma-lardan hamda ilmiy bilish metodlaridan keng foydalananish; 5. Jamiyat hayotining sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan siyosatning asosiy yo‘nalishlarini va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda kasbiy tajribadan foydalanish; 6. Ijtimoiy ehtiyojlar, shaxsiy, guruh va jamoa, milliy va xalqaro ijtimoiy muammolarning mohiyati va xarakterini anglash hamda ularni to‘g‘ri tushuntira bilish; 7. O‘z kasbiy vazifalarini bajarishida shaxs sifatida ham, kasbiy uyushma, agentlik yoki tashkilot vakili sifatida ham harakatlarini va ustanovkalarini tushunarli shaklda aniq va ravon izohlash nazarda tutiladi. Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarda ijtimoiy ish xodimi quyidagilarga amal qilish belgilangan: 1. Mijozlarga nisbatan majburiyatlarni birinchi o‘ringa qo‘yish, biroq boshqa individlarning axloqiy ustanovkalarini ham hurmat qilish; 2. Mijozning o‘zaro ishonch, sir va konfidensiallikka, axborotdan mas’uliyatli foydalanishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish. Bunda axborot to‘plash va uni boshqa shaxslarga berish faqatgina mijozning manfaatlari yo‘lida amalga oshirila-digan kasbiy faoliyat doirasida yuz berishi mumkin, bu harakatlarning zarurligi haqida mijoz oldindan ogohlantirilishi lozim. Hech bir axborot mijozni oldindan xabardor qilmay turib va uning roziligisiz boshqalarga berilmaydi, bundan mijoz o‘z xatti-harakatlari uchun mas’ul bo‘la olmaydigan va bu harakatlar boshqa shaxslar uchun jiddiy xavf tug‘diradigan holatlar mustasno. Mijoz o‘zi haqida ijtimoiy xizmatchida mavjud bo‘lgan har qanday axborot bilan tanishish huquqiga ega. 3. Mijozning shaxsiy intilishlari, tashabbuslari va xususiyatlarini qadrlash va hurmat qilish. Agentlik va ijtimoiy muhit doirasida ijtimoiy xizmatchi mijozga o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyatli bo‘lishda ko‘maklashadi. Biror sababga ko‘ra mana shu darajada kasbiy yordam ko‘rsatilishining imkoni bo‘lmasa, bu haqda mijozga xabar beriladi va u o‘z bilganicha harakat qilishi tushuntiriladi. 4. Mijozga (alohida individga, guruhga, jamoaga, jamiyatga) o‘zini namoyon qilishi va shaxsiy salohiyatini maksimal rivojlantirishda yordam berishi, shu bilan birga boshqa individlarning ham huquqlarini mazkur darajada saqlashi lozim. Mijozga xizmat ko‘rsatish asosida uning mutaxassis bilan muloqotlaridan o‘zining qonuniy istaklari va foydasiga erishish uchun foydalanish zarurligini tushuntirish yotadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling