Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Ijtimoiy xizmatchi kasbiy etikasining asosiy tushuncha va prinsiplari


Download 1.06 Mb.
bet29/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195
3. Ijtimoiy xizmatchi kasbiy etikasining asosiy tushuncha va prinsiplari
Ijtimoiy xizmat ijtimoiy institut sifatida insonlar hayotining mazmunli kechishini ta’minlab, ehtiyojni (talabni) qondirish natijasida vujudga kelgan. Ijtimoiy xizmatning tarixi umuman olganda etnogenetik muammolar bilan bog‘liq bo‘lib, immanent mazmunga egadir. Faylasuf olima N.Musayevaning ta’kidla-shicha, “Ijtimoiy xizmat tarixiy-epistemologik” mazmun kasb etib116, individual sha’n, shaxsiy potensialni (imkoniyatni) dolzarblashuvi bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda, “Ijtimoiy falsafa” ijtimoiy xizmat uchun fan tarmog‘i sifatida “metodologik”, “gnoseologik” va “prognostik” vazifalarni bajaradi117.
“Jahondagi barcha elat va xalqlar ancha murakkab etnik jarayonni boshdan kechirganlar. Chunki har bir etnos uzoq tarixiy davr davomida turli elatlar bilan aloqada, ba’zan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib, boshqa etnoslar bilan aralashib, ularni o‘ziga singdirib yoki tarkibiy qism qilib olish natijasida shakllanib kelgan”118. Ana shu tarixiy davr davomida ijtimoiy xizmatning ayrim jihatlari shakllana borgan.
Ijtimoiy xizmatning aksiologik ko‘rinishi islom madaniyatida mehr-oqibat na-munalarida, Xristian madaniyatida hamdarlik ko‘rinishida kechgan bo‘lsa119, umummadaniy bosqichda insonning jismoniy, ma’naviy va psixologik sog‘ligida aniq nuqsonlar namoyon bo‘lganda yordam ko‘rsatish tarzida amal qilgan. Institut-sional bosqichga kelib120, ijtimoiy xizmatning mehnat obyekti va predmeti aniq-landi, huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi, mutaxassislar, ularning kasbiy darajasi shakllandi. Tijoriy bosqichda esa (bugungi kunda), muhtojlarning talab va ehtiyoji asosida tarmoqlarga, sohalarga ajratildi, xizmat ko‘rsatishning sifatiga e’tibor kuchaydi. Natijada hamkorlik, birdamlik, o‘zaro aloqalarni yarata olish yo‘lga qo‘-yilib, bunda streotipli munosabatlar amal qilinishi kuzatiladi. Bular bevosita identiklik bilan bog‘liq bo‘lib121, etnomadaniyatning tarkibiy elementlari hisob-lanmish an’analar, qadriyatlar, me’yorlar, marosimlar, udumlar, arxetiplar kabilarda mujassamlanib, sotsiumda hamkorlikni ta’minlash funksiyasini bajaradi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishdan ko‘zlangan maqsad muhtoj insonlar iqtidori va ko‘nikmalarini rag‘batlantirib, ular ijtimoiylashuvi muvozanatini ta’minlash uchun maishiy, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, tibbiy, psixologik, jismoniy masalalarda ama-liy yordam ko‘rsatishdan iborat. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar xususida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanishicha: “Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgi-lanadi”122. Ma’lumki, inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashning zamirida, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish alohida o‘rin egallaydi. Chunki inson hayotining boshidan oxirigacha e’tibor, mehrga ehtiyoj sezib yashaydi. A.Maslouning ehtiyojlar nazari-yasida o‘rtamiyona inson hayotida mehrga bo‘lgan ehtiyojning 50 % qondirishi taxmin qilinadi123. Demak, har qanday insonda mehrga muhtojlik eng katta ehtiyoj bo‘lib qolaveradi. Har qanday holat va vaziyatda inson mehrga kuchli ehtiyoj sezib yashaydi. Misol tariqasida Buyuk Britaniyada “yolg‘izlik” bo‘yicha vazirlik tashkil etilishi va unga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey sport va jamiyat masalalari bo‘yicha vazir Treysi Krauchni “yolg‘izlik” bo‘yicha vazir etib tayinlanganligini keltirish mumkin. Negaki, mutaxassislar “Buyuk Britaniyada “yolg‘izlik epidemiya-si” avj olganligidan xavotirlanmoqdalar. Britaniyaning 65,6 mln. aholisidan 9 mln.dan ko‘prog‘i o‘zini yolg‘iz his qilmoqda”124, – deb ta’kidlanmoqda.
Ijtimoiy yordam ko‘rsatishni aniq tarixiy vaqt, insoniyatning hayotiy tajribasi bilan bog‘liq holda o‘rganish lozim. Shunday yondashuv K.Lorensda masalaga madaniyatshunoslik mazmunida e’tibor qaratganligini anglatadi. Negaki, ijtimoiy yordam ko‘rsatish bioijtimoiy hodisa hisoblanib, turli darajaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanishi mumkin. Shu kabi “ijtimoiy yordam ko‘rsatish” R.Samarovning muammoga madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan yondashuvida milliy-madaniy hayot tarzi bilan bog‘lanib, bunda qadriyatlarning shakllanishi, takomil-lashuvi hamda an’analarning vujudga kelishi va amal qilishiga alohida urg‘u beriladi.
Ayrim manbalarda125 ijtimoiy xizmatning kelib chiqishi va shakllanishini filantropik amaliyot, xristian an’analari bilan bog‘lab sharhlash kuzatiladi126. Bu borada ilgari surilgan qarashlar va mulohazalar pirovardida shuni qayd etish lozimki, G‘arbda ijtimoiy xizmat va ijtimoiy xizmat tizimi xristian an’analari asosida shakl-langan. Sharqda esa ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning genezisi islomgacha bo‘lgan qadriyatlar hamda islom qadriyatlari uyg‘unligida mazmun-mohiyat kasb etdi. Mazkur masalani nazariy jihatdan asoslash maqsadida Amir Xusrav Dehlaviyning quyidagi baytida ilgari surilgan g‘oyasini keltiramiz:
Aslida odamdan kam emas odam,
Chunki barchamizning otamiz Odam127.
Bunda, Odam alayhissalomning yaratilish g‘oyasi dominantlik qilib, barcha insonlar Odam va Havoning farzandlari ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu sababli ham insonlar bir-birlariga mehr ko‘rsatib, o‘zaro amaliy yordam berishlari maqbul hisoblanadi.
Retrospektiv tahlil va manbalarning qiyosiy tahlili natijasi sifatida ijtimoiy xizmatning shakllanishi va rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling