Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet26/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195
Kasb tayyorgarlikni talab etadi





Kasb qonuniylikni talab etadi





KASB

Kasb egasiga foyda keltirishi zarur





Kasb ixtiyoriylikni talab etadi



Bir kasbga kiritilgan faoliyat turi boshqasidan farqlanishi zarur


2-chizma. Kasb tushunchasining asosiy tamoyillari

Murakkab bo‘lsa-da, ijtimoiy ishni tashkil etishda ijtimoiy-madaniy, kasbiy, diniy, milliy, yosh va jinsiy manfaatlar hamda ehtiyojlar inobatga olinishi lozim bo‘ladi. Negaki, Sharq va G‘arb quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: G‘arb – antropotsentrik mintaqa. Bunday turdagi jamiyatning markazida tabiat va jamiyatni o‘ziga bo‘ysundirgan, dunyo hukmdori bo‘lgan Inson turadi. Sharq – teotsentrik mintaqa bo‘lib, unda dunyo qurilishida inson bo‘ysunadigan transsendent erk turadi va ushbu erkni anglash, uning tamoyillari asosida harakatlanish hayotning asosi hisoblanadi. Jamiyat va shaxs qadriyatlari masalasida G‘arb moddiy qadriyatlarga yo‘nalgan va jamiyat ham “iste’molchi jannati” deb tushuniladigan umumiy farovonlikka intiladi. Sharqda ma’naviy qadriyatlar ustuvor, jamiyat esa ma’naviy tamoyillar asosida rivojlanishga asoslangan. Bunday rivojlanishning maqsadi nafaqat moddiy farovonlik, balki uyg‘unlik va hamohanglikdir.


Yaqinlariga yordam berish, hamdard bo‘lish va xayr-ehson qilish azaldan turli mamlakatlar xalqlariga xosdir. Ushbu fazilatlar O‘zbekiston xalqiga ham xos bo‘lib, milliy qadriyatlar, an’analar va urf-odatlarning asosini ifodalaydi. Ularni esa asrash va rivojlantirish zarur. Bu odamlar, ayniqsa yoshlar ongida insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi bilan uzviy bog‘liq yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish bosqichiga chiqqan bir pallada, ayniqsa, muhimdir. Mamlakatni isloh qilish, bozor munosabatlari qaror topayotgan sharoitlarda jamiyatdagi har bir kishining munosib hayot kechirishini ta’minlash sifatida tushuniladigan milliy-davlatchilik manfaatlari ustuvorligi olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyatning barcha qatlamlari ijtimoiy birdamligi va javobgarligi bunga erishishning zarur omili hisoblanadi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan: “Hech kim hech qachon unutmasligi kerak: qanchalik qiyin bo‘lmasin, qancha mablag‘ va imkoniyat talab etilmasin, O‘zbekistonning bironta fuqarosi o‘z holiga tashlab qo‘yilmaydi”110 – degan gumanistik g‘oya asosida chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida qadimdan insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsa-tish, keksayganda ularga g‘amxo‘rlik qilish ijtimoiy himoyaning tarkibiy qismi bo‘lib kelganki, ular milliy an’ana tariqasida namoyon bo‘lmoqda. Bunda jins, yosh, kasb kabi ijtimoiy-madaniy omillar belgilovchi hisoblangan. Bu o‘ziga xoslikning ma’naviy asosi o‘zbek xalqining turmush tarzida dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishi va jamoaviy tarzda mehnat qilishi singari omillar bilan izohlanadi. Mazkur holat ma’naviy birlik tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lib, milliy ma’naviyatning tarkibiy elementi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bois mehr ko‘rsatish, oqibatli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish milliy ta’lim-tarbiya tizimida vazifadorligi jihatidan ajralib turishini ta’kidlash lozim. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrir asosida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasida “Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi”111, – deya belgilangan. Bu esa ijtimoiy ish xodimlari mijozlar bilan ish olib borishda muhim institutsional ahamiyat kasb etadi. Negaki, bunda ijtimoiy ish xodimi mijozlarning ta’lim-tarbiya olish jarayoniga ham bevosita daxldor ekanligini inobatga olish lozim.
Inson o‘z yaqinlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bilan birga, ularning g‘am-tashvishlariga hamdardlik qilishga tayyor turish fazilatini o‘zida mujassam etishi lozim. Aynan ana shu jihatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan xalq og‘zaki ijodi namunalarida, ya’ni rivoyat va ertaklar, afsona va maqollarda, shuningdek, “Avesto”, “Qur’on”, Hadislar to‘plami kabi diniy manbalar va o‘tmish ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan nodir qo‘lyozmalarda ham o‘z ifodasini topgan.
Mana shunday fazilatlarni shakllantirish asosida jamiyatda ijtimoiy muhofa-zaga oid ijtimoiy foydali maqsad ommalashtirib borilgan. Shunday ezgu maqsad-lardan birini ijtimoiy yordam ko‘rsatish ma’naviyati deb oladigan bo‘lsak, u, albatta, muayyan ma’naviy, axloqiy muhitda shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy muhit esa – insonlar yashaydigan hudud-makonidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik va barqaror siyosiy muhitni anglatadi. Barqaror ijtimoiy, siyosiy muhit deganda hududdagi mavjud jamiyat a’zolarining tinch-totuvligi va farovonligi tushuniladi. Shu sababli ajdodlarimiz ijtimoiy xizmat yoki beg‘araz yordam ko‘rsatishni ma’naviy hayot, milliy ong va qadriyatlar, e’tiqod va tafakkur, urf-odat va an’analar tarkibiga singdirganlar.
Ta’kidlash lozimki, etnoan’ana ko‘rinishida amal qilib kelayotgan yonda-shuvlar “oilaviy muammoni oilada hal qilish kerak”, “birovlarga dardingni das-turxon qilma”, “norasida nogiron farzandning jabrini tortgan oila” ko‘rinishidagi ayrim munosabatlar belgilangan tarzida ijtimoiy yordam olishda “to‘siq” bo‘lmoq-da. Bu esa, joylardagi ijtimoiy muammolarni aniqlashda tashkiliy va uslubiy jihatlari bilan qiyinchiliklar to‘g‘dirmoqda. Shu tarzdagi ma’lumotlar Sh.Tashmetovaning tadqiqotida ham kuzatilib, tadqiqotchi ularni zamonaviylashtirish lozimligini ta’kidlab o‘tgan112.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assamble-yasining 75-sessiyasidagi nutqida mamlakatimiizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyatiga to‘xtalib, “Maqsadimiz – har bir insonning aso-siy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir”113, – deya ta’kidladi. Darhaqiqat, mamlakati-mizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’limning barcha bosqichlarida sifat ko‘rsatkichlariga erishish orqali ilm-fanni rivojlantirish, mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu borada ijtimoiy ish sohasida ham bir qator amaliy chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilib, ijtimoiy siyosat doirasida amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Res-publikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonunining 4-moddasida: “Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” quyidagilardan iboratligi ko‘rsatilgan:
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash va hisobga olish hamda ularga ushbu xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish;
ijtimoiy xizmatlar oluvchilarning oila va jamiyat bilan aloqalarini saqlash, ularning qulay muhitda bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya etilishini ta’minlash;
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish”114- kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Ijtimoiy ishni kasb sifatida shakllanishidan shaxs, jamiyat va davlat tash-kilotlari manfaatdordir. Shu boisdan ham ijtimoiy ish bilan shug‘ullanuvchilarning kasbiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etadi. Bizningcha, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xodim bir qator kom-petensiyalarga ega bo‘lishi kerakki, ularni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
- shaxsiy sifatlar;
- umumkasbiy kompetensiyalar;
- kasbiy kompetensiyalar – bular ijtimoiy texnik, tadqiqiy, ijtimoiy loyihalash-tirish va boshqalar;
- kasbiy-amaliy kompetensiyalar – ijtimoiy texnik, tadqiqiy, tashkiliy-boshqa-ruvchanlik, ijtimoiy loyhalashtirish.
Har bir tarixiy davr turli jihatlari bilan ajralib turadi. Bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida ilm-fan sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan mutafakkir va allomalarning ijod mahsulining namunalari, ishlab chi-qarishda qo‘lga kiritilgan moddiy boyliklar kabi omillar tasnif uchun mezon sifatida qabul qilinishi mumkin. Mamlakatimizning galdagi taraqqiyot bosqichida, davlat darajasida amalga oshirilayotgan – kamolotga yetaklaydigan tadbirlarning maj-muasini mazmunidan kelib chiqqan holda bir so‘z bilan kelajagimiz poydevori deb ko‘rsatsak xato qilmagan bo‘lamiz. Chunki barcha tadbirlarning zamirida inson salomatligi, uni turmush tarzi, ma’rifati va madaniyati o‘z ifodasini topgandir. Bu tayyorlanayotgan yosh kadrlarga e’tibor, ularni kamol topishi uchun barcha sha-roitlarni yaratilishi alohida diqqatga sazovor masaladir. Tarixan yosh kadrlarga e’tibor qaratilishi o‘z an’analariga ega bo‘lib, ularga, taraqqiyotni ta’minlovchi kuch, milliy madaniyat davomchilari, an’analarning vorislari sifatida e’tibor qaratib kelinganligini kuzatish mumkin. Taraqqiyotning istiqboli, aholi turmush tarzini farovonligini ta’minlash mutaxassis kadrlarning shaxsiy va kasbiy jihatlardan kamol topishlariga bog‘liqdir. Shu bois mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni milliy istiqbol poydevori deb ko‘rsatsak maqsadga muvofiqdir. Bu mas’uliyat o‘z navbatida ijtimoiy ish xodimlaridan yetuk mutaxassisi bo‘lib, o‘z imkoniyatlarini (aqliy, jismoniy, ijodiy va b.) mamlakatimizda farovon turmush tarzini ta’minlash yo‘lida sarflanishini taqozo etadi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling