Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


-bob. IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY ETIKASI


Download 1.06 Mb.
bet24/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195
3-bob. IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY ETIKASI
Reja:
1. Kasbiy axloqning zamonaviy jamiyat axloqiy fanlar tizimidagi o‘rni va roli
2. Kasbiy axloq turlari. Zamonaviy ijtimoiy xizmatchining kasbiy etikasi: umumiylik va o‘ziga xoslik
3. Ijtimoiy xizmatchining kasbiy etikasining asosiy tushuncha va prinsip-lari
Tayanch so‘z va iboralar: axloq, kasbiy axloq, ijtimoiy ishda axloq, prinsip-lar, kasbiy layoqatlilik.

1. Kasbiy axloqning zamonaviy jamiyat axloqiy fanlar tizimidagi o‘rni va roli
Axloq eng qadimgi ijtimoiy hodisalardan biridir. Uzoq vaqtlar davomida u jamiyatda yagona tartibga solib turuvchilik vazifasini bajarib keldi.
Axloq qaysi vaqtda shakllanganligi haqida turli tuman nuqtayi nazarlar mavjud. Nima bo‘lganda ham, u ibtidoiy jamiyatdayoq paydo bo‘lgan. Axloq shu vaqtda paydo bo‘ldiki, unda inson nima bor-u, nima bo‘lishi kerakligining farqiga borgan edi. Eng qadimgi zamonlardan boshlab barcha falsafiy ta’limotlar ko‘proq yoki ozroq darajada tartibga keltirilgan axloqiy qarashlar tizimini, albatta, o‘zida mujassamlashtirgan edi.
Ma’lumki, kasbiy axloqiy fazilatlar va axloqiy munosabatlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Chunki, axloq, avvalo, ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida inson kasbiy kamoloti ham muhim ahamiyatga ega. Bu xususda akademik E.Yusupov: “Axloq insonning konkret sharoitlarda bo‘layotgan voqea va hodisa-larga mustaqil baho berishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi hamdir,‒deydi. ‒ Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir. Axloq yo‘q joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi. Faqat yetuk axloq zaminidagina kishilarda hayotning mazmuni va maqsadi, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati, baxt, diyonat, yaxshilik va yomonlik, yovuzlik, haqli-lik va nohaqlikka nisbatan muayyan munosabat shakllanadi”104.
Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi sifatida inson kasbiy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, xulq ikki ko‘rinishda namo-yon bo‘ladi. Birinchisi ‒ yaxshi, chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik, muloyimlik, halollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, sabr, ilmlilik, g‘ayrat, riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, insonpar-varlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy tuyg‘ular kiradi. Bular o‘z navbatida insonni axloqiy jihatdan kamolotga yetkazadi.
Ikkinchisi-yomon, xunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik, ta’magirlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik, badjahllik, bachkanalik, dilozorlik, andishasizlik, bevafolik, berahmlik, tovlamachi-lik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari yetaklaydi va ma’na-viyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan kishilar umumtasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi va kasbiy faoliyatga salbiy ta’sir etishi bilan birga axloqiy me’yor va kasbiy huquqda deviatsiyaga olib keladi. Bu xususda ma’rifatpar-var alloma Abdulla Avloniy shunday degan edi: “Bu sanagan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila ta’qiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomon-larini anglab, hazar qilmak, lozimdur. Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni eshitub va ko‘rub hissa olmak, yomon va zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak, qo‘ldan kelgancha xalq va millat foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik otini olub ketmakdadur”105.
Inson hayotida kasbiy axloqiy me’yorlarning ahamiyati katta. Faylasuf olim Abdulla Sher “Axloqshunoslik” kitobida muhim axloqiy me’yorlarni ko‘rsatib, ular axloqiy tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli ekanligi-ni, axloqiy me’yorlarni kundalik hayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillarning amal-ga oshish murvatlari ham deyish mumkinligi, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqishini ta’kidlaydi106.
Insoniyat paydo bo‘libdiki, u har doim o‘zini boqish, ehtiyojlarini va man- faatlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda. Inson o‘z ehtiyojlarini, eng avvalo, oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechaklarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniylashib borgan sari o‘z ehtiyojlariga kerak bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Kasb inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Insoniyat hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish davomida yangi kasblar ham paydo bo‘lib bormoqda. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming), O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud107. Shuni aytish kerakki, kasb-hunar va uning egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan. O‘zbekistonda hozirda bilimdon, o‘z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o‘z kasbiga ijodiy yondashuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko‘proq talab qilinmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ish mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb va katta e’tibor berilayotgan masalalardan biri bo‘lib turibdi. Shu bois 1-chizma orqali yaxshi kasb egasi bo‘lishning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishimiz mumkin:


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling