Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Kasbiy axloq turlari. Zamonaviy ijtimoiy xizmatchining kasbiy etikasi: umumiylik va o‘ziga xoslik


Download 1.06 Mb.
bet27/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   195
2. Kasbiy axloq turlari. Zamonaviy ijtimoiy xizmatchining kasbiy etikasi: umumiylik va o‘ziga xoslik
Kasbiy axloqda xushfe’llik, xushmuomalalik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiq-ko‘ngillik singari axloqiy me’yorlar muhim sanaladi. Bu axloqiy me’yorlardan kas-biy faoliyatda foydalanish muhim ahamiyatga ega. Negaki, bu axloqiy me’yorlar ijtimoiy ish xodimi uchun muhim hisoblanadi. Ularning ayrimlarini qarab chiqamiz:
Xushfe’llik. Ushbu axloqiy xatti-harakat ijtimoiy ish xodimi me’yoriylik nuqtayi nazaridan g‘oyat muhim. Chunki har bir kasb darajasi ma’lum ma’noda un-dagi mutaxassislarning muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi.
Xushmuomalalik. Muomalaning asosiy manbayini so‘z tashkil etishi barcha-mizga ma’lum. Shuningdek, so‘z insonning botinidan chiqishi, inson botindan chiqadigan so‘zga egalik qila olishini ham bilamiz. Biroq tashqariga chiqqan so‘z insonning o‘zini qulga aylantirib qo‘yishini doim ham bilavermaymiz. Ya’ni, og‘iz-dan chiqqan yaxshi-yomon so‘z bevosita insonning ruhiyatiga o‘rnashadi: yaxshi so‘z bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi, yomon so‘z bilan muomala qilinsa – yomonlik. Shu bois ijtimoiy ish xodimi o‘z kasbiy faoliyati davomida bu me’yorga amal qilishi muhim sanaladi. Negaki, mijoz bilan xushmuomala bo‘lish muammoni to‘g‘ri diagnostikasini amalga oshirish va hal qilish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
Muloyimlik. Muloyimlik barcha mutafakkirlar nazarida kishining maqbul sifatlaridan biri, deb e’tirof etiladi. Muomala madaniyatida muloyimlik “hilmli”, “yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir ma’noni anglatadi. Ijtimoiy vaziyat va holatni to‘g‘ri baholashda hamda kasbiy stresslarni oldini olishda muhim sanaladi.
Beozorlik. Insonlarning tabiatidagi xusumat, adovat, g‘azab kabi illatlar bu kabi odamlardan xoli. Ular barcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olsalar-da, birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalarning zimmasiga yuklamay-dilar. Beozor mutaxassis kadrlar matonatli bo‘la turib, o‘zidan ojiz kishilarga qahr bilan muomala qilmaydilar. Bu esa ijtimoiy ish faoliyatida alohida amaliy ahami-yatga ega.
Har bir kasbning o‘ziga xos tomonlari, insonlarni o‘ziga jalb qila oladigan qir-ralari mavjud bo‘lib, inson bu jarayonlarni kuzatib borib, shu kasbni egallashga intiladi. Bu jarayonlarda inson o‘zining ruhiyati bilan shu kasbga xos bo‘lgan psixologik tomonlarni ham shakllantirib boradi. Jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlarni ham kasb tanlashda o‘ylantirib qo‘ymoqda. Hayotiy jarayonlar, yashashga beriladigan imkoniyatlar, kasbga bo‘lgan intilishlar tabiiy ravishda ijtimoiy ishga bo‘lgan talabni zaruriy qilib qo‘ydi va bu fanning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ho-zirda O‘zbekistonda bu fan endi rivojlanish arafasida turibdi. Shu bois yoshlarga ijtimoiy ish kasbini tanlashlari uchun yo‘l-yo‘riqlar berish, keyinchalik professional mutaxassis bo‘lishga yordam berish muhim. Bunda bo‘lg‘usi kasb egalariga axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishga e’tibor qaratish lozim.
Demak, kasb axloqi-jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmuyi, umumiy ax-loqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.
O‘qituvchilik ixtisosiga qarab – pedagog axloqi; tibbiyot ixtisosiga qarab – shifokor axloqi; huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab-yurist axloqi; xizmat ko‘rsatish ixtisosliga qarab – xizmat ko‘rsatish etikasi kabi atamalar qo‘llanilishi ham bejiz emas. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, masalaga kontent tahlilni amalga oshirgan holda ijtimoiy ish xodimining kasbiy axloqi to‘g‘risida munosabat bildirish lozim.
Ijtimoiy ishda kasbiy axloq mutaxassislik, muassasa, uning a’zolarining nufu-zini oshirish uchungina emas, balki jamoa manfaatlarini himoyalashga, jamoaviy va shaxsiy darajalarda mavjud ehtiyojlarni qondirish uchun, kasbiy muvaffaqiyatga erishish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy sherikchilik tizimi rivojlanib borayotgan bir davrda, mehnat bozorini egallash va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bozorini ta’minlash maqsadida har qanday muassasa, xoh ishlab chiqarish, xoh loyihalash-tiruvchi, xoh ta’lim-tarbiya muassasasi, xoh ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘lmasin, o‘zining jamoasi safida yetuk mutaxassislarni faoliyat yuritishidan manfaatdordir. Negaki, mavjud kasbiy nufuzni saqlab qolish, saralar qatorida turish uchun bu shartli talab hisoblanadi. Shunga qaramasdan o‘zining rivojlanish strategiyasini takomil-lashtirib borish tavsiya etiladi. Buning uchun asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni bajarish maqbul hisoblanadi:
♦ ijtimoiy ish xodimlarning kasbiy tayyorgarligini doimiy oshirib borish uchun muassasa doirasida xodimlar reytingini ishlab chiqish;
♦ ijtimoiy ish bo‘yicha tayyorlanadigan kadrlar tizimini kasbiy manfaatdorlik jihatidan nazoratga olish va takomillashuvini ta’minlashga erishish;
♦ tayanch hisoblangan kasbiy mahoratlar besh yil mobaynida raqobatbar-doshligining yo‘qotishini inobatga olib, kasbga yollash va kasbga tanlov o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish;
♦ ijtimoiy ish xodimlarida muassasa jamoasiga taalluqli ekanligi bilan g‘u-rurlanish hissini shakllantirish uchun turli psixologik, iqtisodiy va ma’rifiy tadbir-larni joriy etish va b.
Nazariy jihatdan, kasbiy axloq aniq kasb misolida metrik uslublar asosida o‘r-ganiladi, fanda uni muammoga institutsional yondashuv deb yuritiladi. Garchi, kas-biy axloq masalasiga institutsional, funksional yondashuvlar asosida ayrim tadqi-qotlar o‘tkazilgan bo‘lsada, biroq ijtimoiy ishning nazariy modeli yaratilmagan. Shu sababli, D.Rahmonov tomonidan ilgari surilgan quyidagi ikkita nazariy modelni keltirish mumkin:

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling