Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet28/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195
Birinchi model: “Jamiyat – ijtimoiy muammolar – ijtimoiy siyosat (xizmat ko‘rsatish muassasalarining faoliyati) – ijtimoiy ish mutaxassisi – ijtimoiy yordam olishga muhtoj inson (guruh) – individual darajada namoyon bo‘lgan muammo (nuqson) – amaliy ijtimoiy yordam ko‘rsatish – ijtimoiy munosabat (baho berish, e’tirof etish ko‘rinishlarida)”.
Ikkinchi model: “Ijtimoiy muhit – ijtimoiy ish mutaxassisi – ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmand inson (guruh) – mikromuhit – amaliy yordam ko‘rsatish – mai-shiy hayot – muammo (nuqson) – maqsadga ega bo‘lish (shakllantirish)” kabi munosabatlar majmuasi115.
Yuqoridagi modellardan ko‘rinib turibdiki, ijtiomiy ish amaliyoti uchun uning funksiyalari, tuzulishi va darajalarini belgilab berishga xizmat qiladi. Shu sababli, ijtimoiy xizmat professiogrammasini ilmiy ta’limotlar (masalan, “Ijtimoiy-faoliyatli yondashuv”; “Madaniy-sivilizatsiyaviy yondashuv”; “Individual-shaxsiy yonda-shuv”) asosida ishlab chiqish lozimki, mehnat sotsiologiyasi, mehnat psixologiyasi doirasida bu masala dolzarb hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan D.Rahmonovning nazariy modeli ijtimoiy ish xodim-larini ikki yo‘nalish bo‘yicha rivojlanishini ta’minlash uchun xizmat qilishi mumkin:
birinchidan, muassasa-tashkilot doirasida amal qiladigan talablarga mosla-shuvini samarali kechishi uchun;
ikkinchidan, kasbiylashgan jamoalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun muhim kasbiy bilimlarni, malakalarni egallash uchun.
Kasbiy axloqiylik tizimini (keyinchalik KAT) rivojlantirish o‘zida KAT kon-sepsiyasi va dasturini hamda kasbiy ta’limni qamrab oladi. KAT konsepsiyasining tarkibiy qismi, quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- ijtimoiy ish xodimining qobiliyat va ehtiyojlarining diagnostik xulosasini;
- ijtimoiy ish xodimlarning shaxsiy va kasbiy muammolarni ajrata bilish qobi-liyatini;
- an’anaviy tafakkur stereotiplarini o‘zgartirishini;
- o‘z-o‘zini baholashni ijobiylashuv darajasini;
- shaxsiy qadriyatlarning shakllanishini;
- faoliyat me’yorlarini o‘zlashtirishini;
- o‘zni namoyon etish uchun ijtimoiy-madaniy muhitni o‘rganishni;
- innovatsion xulqni tarbiyalashni.
Kasbiy axloqiylik tizimi konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etishda tashkiliy, ilmiy-uslubiy kabi omillarni muhim o‘rin tutishini inobatga olish lozimdir.
Ijtimoiy ish mutaxassislar hamda soha professional xodimlari bilan o‘tka-zilgan diagnostik suhbat natijasi asosida ta’kidlash mumkinki, yuqori kasbiy tayyor-garlikka ega bo‘lgan mutaxassislarga talab oshib boradi. Buning natijasida xodimlar bilan ishlashda quyidagi yo‘nalishlar muhim hisoblanadi:
♦ ijtimoiy ish mutaxassislarining kasbiy texnikasini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlar ahamiyatli hisoblanadi;
♦ muassasalarda yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan ijtimoiy ish xodimiga ehtiyoj oshib borishi natijasida, raqobatga ko‘p e’tibor qaratiladi;
♦ ko‘rsatilayotgan xizmatga nisbatan yuqori darajadagi talablar qo‘yiladi, natijada ilmiylik, dolzarblilik, to‘liqlik, asoslilik, predmetlilik kabi jihatlar ustun sanaladiki, bu o‘z navbatida yangi texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi;
♦ kasbiy o‘sishni rejalashtirishga e’tibor qaratiladi;
♦ kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatli kechishi kompyuter texnologiyalariga bog‘lanib qoladi;
♦ yangi texnologiyalarning yaratilishi ijtimoiy ish kasbiy ta’lim sifatini oshi-rishni taqozo etadi;
♦ ijtimoiy ish xodimlari orasida kasbiy mahoratni oshirish va uni namoyon etishda sog‘lom raqobat vujudga keladiki, bu o‘z navbatida ijtimoiy ishda boshqaruv usullarini takomillashtirishni taqozo etadi;
♦ jamoaning ma’naviy holati psixometrik va sotsiometrik uslublar asosida o‘rganishga ehtiyoj oshadi, natijada psixolog va sotsiologlar xizmatidan foydala-nishga to‘g‘ri keladi va b.
Bular o‘z navbatida muassasa doirasida qator tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, ilmiy-uslubiy mazmunga ega bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Shu asnoda ta’kidlash lozimki, gohida tizimni inqirozga keltiruvchi omillar haqida munosabat bildirar ekanmiz, turli bo‘g‘inlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy axloqsizligi tizimni inqirozga keltiruvchi omillar sirasiga kirishiga ko‘p ham e’tibor qaratmaymiz. Amaliyot natijasi asosida ko‘rsatib o‘tish mumkinki, egallab turgan lavozimiga xodimni kasbiy bilimi, kasbiy ko‘nikmasi va kasbiy malakalarini mos tushmasligi natijasida bo‘lim, bo‘linmani faoliyati tagtizim sifatida izdan chi-qadi. Bu o‘z navbatida kasbga tayyorlash masalasiga majmuaviy tarzda yondashish maqbul ekanligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda jamiyat doirasida ifodalanadigan masalalar qatorida ta’lim tizimi oldiga qo‘yiladigan talablar sonini oshib borishi kuzatilmoqdaki, bu hodisani tabiiy tarzda qabul qilish lozim. Negaki, ta’lim tizimi raqobatbardosh bo‘lishi uchun, doimiy tarzda (tizim sifatida) mehnat bozorini (ichki, tashqi va b.) talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda takomillashib borishi lozim bo‘ladi. Bu o‘z navbatida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy institutlar oldiga inson kamoloti tizimida kasbiy layoqatlilikni ta’minlash yo‘lida hal etilishi shart bo‘lgan qator vazifalarni qo‘yadi. Mazkur vazifalarni amaliyotda hal etilishi esa, ijtimoiy taraqqiyotning galdagi sifat ko‘rsatkichiga olib chiqadi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling