Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Ikkinchisi – evolyutsion yondashuv
Download 1.06 Mb.
|
Ikkinchisi – evolyutsion yondashuv bo‘lib, unga ko‘ra, axloq avvaliga primitiv shaklda paydo bo‘lgan va keyinchalik turlicha ko‘rinish olib, murak-kablashib borgan; turli davrlarda yashagan insonlarning maqbul ijtimoiy muno-sabatlar haqidagi qarashlarini (istak va idealini) o‘zida ifodalab kelgan me’yorlardir. Bu o‘rinda me’yorning axloqiyligi uning ijtimoiy munosabatlarni qanchalik to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘ya olgani, insonlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlay olgani bilan belgilanadi. Axloq me’yoriy xarakterda bo‘lgani bois, kishilar xatti-harakatiga ta’sir etib uni yo‘naltirib tursa-da, vaqti-vaqti bilan sharoit yetilgach, o‘zi ham o‘zgara boshlaydi.
Kichik jamoalar kattalashib, urug‘lar, qabilalar, davlatlar paydo bo‘lishi, ishlab chiqarish va iste’mol munosabatlarining murakkablashuvi insonlarni yangi sharoitga moslashishga majbur qilgan. Avvaliga o‘z tug‘ishganlari bilan aloqa qilgan inson begonalar bilan to‘qnash kelgach, o‘z-o‘zidan yangicha me’yorlar shakllanadi. Sharoitga moslashuv esa axloqiy me’yorlarga ta’sir etmay qolmaydi, albatta. Bunda, ayniqsa, islohotchi hukmdorlar, faylasuflar va yangi vujudga kelgan dinlar muhim rol o‘ynagan. Sharoit pishib yetilgach, avvalgi qarashlar axloqsizlik deb baholangan va yangicha qadriyatlar kuchga kirgan. Axloqni vujudga keltirgan omil insondagi jamoaviylik va ayni shu jamoaviy tartibotga bo‘ysunib yashayotgan insonlarning turmush sharoiti, ehtiyojlaridir. Insonlardagi jamoaviylik esa boshqa jamoaviy jonzotlarda bo‘lgani kabi tabiiy yo‘sinda vujudga kelgan. Axloqni o‘zgartiruvchi ham yana sharoit va ehtiyojdir. Zero, bir muhitda ijobiy samara bergan me’yorlar, o‘zga muhitda regressiv ta’sir etishi, ijtimoiy munosabatlarning ildamlashiga xalal berishi mumkin. Tarixda bu kabi hollar ko‘p bo‘lgan, me’yorlarni mutlaqlashtirib, ularga ilohiy tus bergan, sharoitga moslasha olmagan xalqlar yo‘q bo‘lib ketgan yoki boshqa xalqlarga qaram va qul bo‘lib qolgan. Islohotchilar – o‘sha sharoit va ehtiyoj talabining ifodachisi, o‘zi yashab turgan muhitning mevasi, xolos. Yangicha me’yorlar ham vaqt o‘tishi bilan eskira boradi. Bu bilan barcha me’yorlar birdek o‘zgarishga uchraydi, demoqchi emasmiz. Ba’zi me’yorlar turli sharoitlarga nisbatan umumahamiyatliligi bilan uzoq yashaydi. Masalan, yolg‘on gapirmaslik, o‘g‘irlik qilmaslik haqidagi me’yorlar madaniy va iqtisodiy jihatdan turlicha rivojlanish darajasiga ega barcha jamiyatlar uchun birdek zarur. Ya’ni hozirgacha birorta jamiyatda bu kabi me’yorlar regressiv ta’sirga ega bo‘lmagan. Biroq boshqa me’yorlar ham borki, umri u qadar uzun emas. Masalan, qachonlardir hukmdorlar, diniy rahnamolar-u avliyolarni tanqid qilish axloqsizlik, hatto jinoyat sanalgan. Biroq ilm-fan taraqqiyoti, demokratik va ochiq jamiyatning vujudga kelishi so‘z erkinligi, tanqidiy va xolis tafakkur ahamiyatini ko‘rsatib berdiki, endi yuqoridagi kabi me’yorlarga amal qilish jamiyatda turg‘unlikni vujudga keltirishi oydinlashib qoldi. Xudolarga insonni qurbon qilish, irqchilik va quldorlik o‘z vaqtida axloqan neytral xatti-harakat sanalgan bo‘lsa, bugun – mutlaqo aksi. Ayollar huquqlari, o‘zga din va til vakiliga teng munosabatni talab qiluvchi me’yorlarni inkor etuvchilar soni ozayib bormoqda. Vaholanki, bu kabi me’yorlar qadimda o‘z qavmiga xoinlik va munofiqlik sanalgan. Nafaqat axloqiy me’yorlar, shu bilan birga axloqiy qadriyat va tushunchalar ham o‘zgaradi, ayrimlari qadrsizlanadi, yana qaysidir birlari yangicha talqin qilinadi. Yoki turli qadriyatlarning ahamiyati bir-biriga nisbatan oshib yoki kamayib turadi. “Qahramonlik”, “vatanparvarlik”, “xiyonat” kabi tushunchalar hamma zamon va hamma makonda doim bir xil tushunilmagan. Qaysidir davrda harbiy qahramonlik deya olqishlangan harakatlar boshqa bir davrda jinoyatga tenglash-tirilgan. Qachonlardir dushmanni butkul qirib tashlash vatanparvarlik, jasorat hisob-langan. Vaqt o‘tib urushga munosabat o‘zgarishi bilan bu kabi harakatlar urush jino-yati deb atala boshladi. Umuminsoniy qadriyatlar, jumladan, dini, millati, irqidan qat’iy nazar, barcha insonlar teng qadr-qimmatga egaligi haqidagi axloqiy tushun-chalar shakllangach, juda ko‘p qahramonliklar genotsid, qatliom nomini oldi. Hatto vatanparvarlikning o‘ziga-da istehzoli munosabat mavjud. Shularni hisobga olib, axloqni zamonga muvofiq o‘zgarib boruvchi dinamik hodisa deyish mumkin. Doim shunday bo‘ladi deb bashorat qilish fikridan yiroqmiz. Ammo bugungacha bu jarayonni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmagan. To‘xta-tishga qattiq bel bog‘lagan millatlar tanazzulga uchragan yoki taslim bo‘lgan. Bu kabi o‘zgarishlar, hatto eng konservativ kuch sanaluvchi dinda ham kuzatiladi. Bu ko‘pincha diniy matnlarni qayta talqin qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan, zid-diyatli, mo‘tadil va radikal diniy jamoalar o‘rtasida mojarolarga sabab bo‘luvchi jarayondir. Radikallar asta-sekin kamayib boradi va kamaygani sari yanada radikal-lashib, qat’iy choralar ko‘rish yo‘liga o‘tadi. Bu jarayon bugunning hodisasigina bo‘lmay, insoniyat shunday o‘zgarishlarni ko‘p bora boshdan o‘tkazgan. Radikallar aksar hollarda yengilgan, yengib chiqqanda esa butun qavmini turg‘un holatga tushi-rib, o‘zga xalqlarga qaram qilib qo‘ygan. Qachonlardir sha’niga sal nojo‘ya so‘z aytganlar ham o‘limga hukm qilingan Mitra-yu Yupiterlardan miflargina qolgan, xolos. Holbuki, ayni shu e’tiqod himo-yasi yo‘lida yangi paydo bo‘layotgan dinlarning ming-minglab vakillari, masalan, nasroniylar ta’qib qilingan, o‘ldirilgan. Xristianlik hukmron bo‘lgach, avvalgi din vakillari quvg‘in qilingan, o‘ldirilgan. Atigi uch-to‘rt asr avval millionlab insonlar yostig‘ini quritgan, qanchadan-qancha hurfikrli insonlarning o‘tda yonishiga sabab bo‘lgan e’tiqodlar bugun komik aktyorlarning sevimli predmetiga aylanib qoldi. Bugungi islom olamidagi janjallar, shia-sunniy xunrezliklari, yosh bir ayolni o‘rtaga olib toshbo‘ron qilib o‘ldirayotgan erkaklarni ko‘rganimizda, bir narsa xayolga keladi: eskicha me’yorlar yangi sharoitga moslasha olmayapti. Zero, me’yor hech qachon o‘zgarmaydi, o‘zgarmasligi ham kerak deydigan o‘jar bir toifa bor. Bu yerdagi muammo axloqning dinamik, o‘zgaruvchan xususiyatga ega feno-men ekanini hisobga olmaslikdadir. Yechim esa, bizningcha, axloq tabiati va uning vujudga kelishiga doir an’anaviy teologik tasavvurlarni isloh qilish, bunda antro-pologiya, biologiya, evolyutsion psixologiya, tarix va sotsiologiyada to‘plangan inson tabiati va ijtimoiy o‘zgarishlarga doir faktlarni hisobga olish kerak. Tabiat, biz istaymizmi-yo‘qmi, o‘z hukmini o‘tkazadi. Istak va imkon doim ham muvofiq ke-lavermaydi. Ushalishi imkonsiz istak – xayolparastlik, ushalishi fojialarga sabab bo‘luvchi istak esa – yovuzlikdir. Shu o‘rinda axloqdagi progress bilan odamlarning axloqiy me’yorlarga amal qilishi boshqa-boshqa masala ekanini yana bir bor ta’kidlash joiz. Axloqiy progress axloqiy me’yorlarning umuminsoniylashuvi, jamiyatning mavjud holatiga yanada muvofiqroq kelishi bilan belgilanadi (Axloqiy progressni axloqning sharoitga adap-tatsiyasi, deyish ham mumkin). Odamlarning qanchalik axloqqa muvofiq harakat qilishini aniqlash esa juda mushkul. Biz odamlarning axloqli yoki axloqsizligi haqida hukm chiqarar ekanmiz, doimo o‘z tushunchamizdagi axloqiy me’yorlarga tayanamiz. Konservativ axloq tarafdori bo‘lgan odam uchun axloqsizlik bo‘lib ko‘ringan amal isloh qilingan yoki o‘zgacharoq axloq me’yorlarini dastaklaganlarga boshqacha tuyulishi mumkin. Bugungi inson qilayotgan ishlarni besh asr avval va besh asr keyin yashaydigan odam mutlaqo farqli baholashi tayin. Chunki ular axloq evolyutsiyasining turli bosqichi va turli miqyosidagi jamoa a’zosidir. Yuqorida bildirganimiz fikrlar yangilik emas. Yangi-yangi antropologik ma’-lumotlar, sotsiobiologiya va evolyutsion psixologiya sohasidagi tadqiqotlar va bunga qo‘shimcha insoniyat tarixiga doir faktlar shunga dalolat qiladi: axloqiy tushuncha va qadriyatlar bir vaqtda, bir avlod hayoti davomida vujudga kelmagan, aksincha, tadrijiy rivojlangan, o‘zgargan va o‘zgaradi. O‘tmishda – “oltin davr”da insonlarning hozirgidan olijanobroq, odilroq, bizdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgani haqidagi tasavvurlar esa ishonarli emas. Shunday qilib, axloq-oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloq-ning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab-avaylab, taraq-qiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z-o‘zini va iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling