Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Axloqiy tizimlar klassifikatsiyasi (absolyutistik va relyativistik, ratsionalistik va sensualistik, deterministik va indeterministik)
Download 1.06 Mb.
|
3. Axloqiy tizimlar klassifikatsiyasi (absolyutistik va relyativistik, ratsionalistik va sensualistik, deterministik va indeterministik)
Inson mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida inson-ning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti-harakati o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzotning xunuklikdan chiroylilikka nodonlikdan oqil-likka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy hol. Demak, uning axloqiy xatti-harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma-xil ko‘rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo‘ladi, ya’ni axloqiy xatti-harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo‘linadi. Ulardan biri – obro‘parvar (avtoritar) axloq, ikkinchisi ‒ insonparvar (gumanitar) axloq. Ko‘p asrlar davomida, antik davrlardan boshlaboq mutafakkirlar axloq haqida juda ko‘p asarlar yozdilar. Ular axloqning mohiyatini tushunishga, tushuntirishga harakat kildilar. O‘tgan uzoq tarixiy taraqqiyot davrida axloq quyidagicha talqin qilib kelindi: - kundalik hayot aqliy tajribasi; - individning o‘z xulq-atvoridan qoniqishi; - burchga sadoqat ramzi; - ijtimoiy stabillik va tartibni saqlash vositasi; - ijtimoiy foydani talab qiluvchi ijtimoiy hodisa; - jamiyatda adolatni qaror toptiruvchi vosita; - insonlarning o‘zaro hamjihatligini ta’minlovchi vosita; - vijdon ovoziga bo‘ysundiruvchi vosita; - inson hayotining oliy ma’nosini anglash yuli. Axloqning tarkibiy tuzilishi murakkab bo‘lib, quyidagi elementlardan iborat: axloqiy amaliyot ‒ axloqning muhim va belgilovchi komponenti bo‘lib, inson-ning xatti-harakatlari orqali namoyon bo‘ladi. Faqat inson xulq-atvorining xatti-harakatlarda namoyon bo‘lish orqaligina uning axloqiyligi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Insonning faoliyati, inson tomonidan axloq normalari va prinsiplarining ama-liyotga tatbiq qilishi uning axloqiy tarbiyasi, axloqiy madaniyatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ma’lumki, har bir faoliyatda aniq bir maqsadni ko‘zlab, tegishli vositalar, usullar orqali harakat qilinadi va ma’lum natijalarga erishiladi. Har qanday maqsad, albatta, axloqiy mazmunga ega bo‘ladi. Bu maqsadlar ma’lum vositalar axloqiy mazmuniga ko‘ra, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan vositalarga ajratilishi mumkin. Axloqiy munosabatlar ‒ ijtimoiy munosabatlarning ko‘rinishi sifatida insonlar tomonidan axloqiy (axloqsiz) xatti-harakatlarni sodir etish jarayonida vujudga keladi. Axloqiy munosabatlarning obyektiv va subyektiv tomoni mavjud. Subyektiv tomoni, bu ‒ insonning qiziqishlari, hissiyotlari. Obyektiv tomoni esa inson uchun imperativ xarakterga ega bo‘lgan normalar, ideallar, urf-odatlar, an’analar va boshqa ijtimoiy faktorlar hisoblanadi. Kishilar axloqiy munosabatga kirishar ekanlar, o‘z zimmalariga muayyan axloqiy majburiyatlarni oladilar va muayyan axloqiy huquqlarga ega bo‘ladilar. Ijtimoiy ishda axloqiy munosabatlarning shakllangan tizimi mavjudligi ijtimoiy guruh (xizmat jamoasi)da mo‘tadil axloqiy ruhiy iqlimni belgilaydi. Xizmat ko‘rsatish jamoalaridagi axloqiy munosabatlar 3 darajaga bo‘linadi: 1) boshliqlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar; 2) hamkasblar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar; 3) mijozlar bilan bo‘ladigan axloqiy munosabatlar. Ma’lumki, axloqning pirovard natijasi esa insonni haqiqatga olib borish, uni komil mavjudot qilib tarbiyalashdir. Ana shu nuqtada axloq va fan bilvosita munosabatga kirishadi. Ayni paytda ilm-fanda erishilgan olamshumul yutuqlar insoniyat jamiyati oldiga yangi-yangi axloqiy vazifalar va muammolarni qo‘yadi. Chunonchi, so‘nggi paytlarda fan-texnika taraqqiyotining yuksak darajasi va ekologik buhronlarning yuzaga chiqishi sababli ekologik axloqshunoslik singari axloq olamining yangi yo‘nalishlari vujudga keldi; noosferadan yoki boshqacha aytganda texnosferadan etosferaga ‒ axloqiy muhitga o‘tish zarurati insoniyat jamiyati axloqiy madaniyati oldidagi eng dolzarb vazifa sifatida qo‘yilmoqda. Shu bois ijtimoiy ish sohasidagi fanlar taraqqiyotining navbatdagi bosqichlari faqat axloq talablariga mos, ta’bir joiz bo‘lsa, axloqiy nazorat ostida amalga oshmog‘i lozim. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling