Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet72/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   195
Budda etikasi. Buddachilik ham jaynchilikka o‘xshash “xudosi yo‘q” din. Uning payg‘ambari Budda ma’rifat egasi nomi bilan mashhur Siddharta Gautama (miloddan avvalgi 567-487) ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutulishning yo‘lini topish. Naql qilishlaricha, o‘z tengdoshlari bilan aysh-u ishratda umr kechirgan shahzoda Siddharta Gautama kunlarning birida sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko‘radi. Har bir kishini kelajakda kasallik, qarilik va o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarkidunyo qiladi va to‘rt ezgu haqiqatni anglab yetadi hamda uni odamlarga yetkazadi. Uning qisqacha bayoni shunday:
1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la.
2. Bu iztiroblarning sabablari bor.
3. Bu iztiroblarga barham berish mumkin.
4. Iztiroblarga barham berishga olib boradigan yo‘llar mavjud.
Buddaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtayi nazaridan muhim. U Budda o‘tgan va hammaning o‘tishi mumkin bo‘lgan nirvana (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik bilan so‘nib bo‘lgandan keyingi holat)ga yetishish yo‘lidir. U sakkiz fazilatga erishuvdan iborat: 1) to‘g‘ri qarashlar; 2) to‘g‘ri jur’at; 3) to‘g‘ri xatti-harakat; 4) to‘g‘ri nutq; 5) to‘g‘ri hayot tarzi; 6) to‘g‘ri jahd-jadal; 7) fikrni to‘g‘ri yo‘naltirish; 8) diqqatni to‘g‘ri qaratmoq. Shunday qilib, sakkiz yo‘l bir-birini taqozo etuvchi uch omil ‒ bilish, xatti-harakat va diqqatning birligidan iborat. Bilim va axloq bu o‘rinda yaxlitlikka ega; fazilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib chiqadi, shu sababdan bilimni fazilat yordamisiz takomillash-tirish mumkin emas. Bu ‒ axloqiy komillikka yetishishning tugallangan konsep-siyasi. “Kishi sochlarining fatilasi, sulolasi yoki zoti tufayli brahman bo‘lmaydi. Kimdaki haqiqat va dharma bo‘lsa, o‘sha baxtli va o‘sha brahman”, deyiladi buddhachilik axloqiy qoidalari jamlangan kitobda.222 Shunday qilib, buddachilik tomonidan vedalar obro‘si, brahmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo‘lish qoralanadi. Shubhasiz, bu axloqiy taraqqiyot ko‘rinishlaridan biri edi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling