Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
birinchidan, tabiiy va tarixiy (yoki tabiiy-tarixiy) – fundamental-tarixiy bilim; ikkinchidan
Download 1.06 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy egoizm (xudbinlik)”.
birinchidan, tabiiy va tarixiy (yoki tabiiy-tarixiy) – fundamental-tarixiy bilim;
ikkinchidan, tabiiy va istiqbolli (yoki tabiiy-istiqbolli) – fundamental-prognostik bilim; uchinchidan, sun’iy va tarixiy (yoki sun’iy-tarixiy) – texnologik-tarixiy bilim; to‘rtinchidan, sun’iy va istiqbolli (yoki sun’iy-istiqbolli) – texnologik-prognostik bilim. Natijada “Fundamental (kasbiy) bilim – Texnologik bilim – Prognostik bilim – Tarixiy (sohaviy) bilim” kabi to‘rtlik birikmasi vujudga kelib, pedagogik jarayon haqida mukammal ma’lumot asosida aniq tasavvur shakllanadi. Mazkur masalani bilimlarning integratsiyalashuvi deb ham ko‘rsatish mum-kin. Natijada, ilmiy munozaraning mavzusi kengayib, ta’lim psixologiyasidan, ta’lim falsafasi va fan metodologiyasiga o‘tib ketish mumkin. Metodologik nuqtayi nazardan fundamental (kasbiy) – texnologik – prognostik va tarixiy (sohaviy) bilimlarning integratsiyasini ta’minlashda falsafa integrativ funksiyani bajaradi. Uni xususiy yo‘nalishini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin: ♦ strukturaviy-funksional (tabiiy va ijtimoiy borliqning unversal tavsifini (termodinamik, mexanik, fizikaviy-kimyoviy va kibernetik kabi xossalarini) belgilash) yo‘nalishda; ♦ genetik (tabiiy va ijtimoiy borliqning tarixiy va prognostik (planetar, geologik, biologik, ijtimoiy va avtotrof (ijtimoiydan keyingi bosqich) tavsifini belgilash) yo‘nalishda; ♦ strukturaviy-funksional va genetik yondashuvlarni kesishmasini ta’minlash (borliqning tarixiy-universal va prognostik-universal xususiyatlarini belgilash va bu bosqichda yangi fundamental bilimlarni shakllanishini ta’minlash) yo‘nalishida. “Mantiqiy egoizm (xudbinlik)”. Egoizm-xudbinlik, yorqin shaxslarning o‘ziga xosligini yo‘qotmaslik, shaxsiy manfaatlarni Vatan va xalq manfaatlaridan ustun qo‘yishdir. Egoizm xususida D.Didro “oqilona egoizm” g‘oyasini ilgari surib, “bu dunyoda shaxsiy baxt-saodatimiz uchun oxir-oqibatda halol inson bo‘lishimiz ma’qul”, degan xulosaga keldi. U insondagi “tabiiylik” va “oqilona egoizm”ga nisbatan ustunroq bo‘lgan rigoristik (qat’iy) axloqiy imperativ(qonun)ning zarurligi haqida ham fikr yuritadi. Chernishevskiy umumiy ish muvaffaqiyatidan oxir-oqibatda individning shaxsiy manfaatlari ham yutishidan kelib chiqqan holda, shaxsiy foydani umumiy ishga o‘z xohishi bilan bo‘ysindirish g‘oyasini ilgari surgan va buni “oqilona egoizm” deb nomlagan edi. Shuningdek, I.Shtirner va Nitsshe, Sartr, Bergson va Yaspers qarashlarida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan. Jumladan, K.Yaspersning yozishicha, psixopatologik hodisalar inson shaxsining yemirilish jarayonini aks ettirmaydi, balki insonning o‘z individualligini topish uchun jadal izlanayotganligidan dalolat beradi. U buyuk shaxslarning ijodiy evolyutsiyasini psixopatologik nuqtayi nazardan tahlil qilish natijasida olamning har qanday ratsional asosda ko‘rilgan ilmiy manzarasi ‒ ijodkor shaxslar yashirin ruhiy intilishlarining boshqacha ko‘rinishidir, degan xulosani ilgari surgan. Shu o‘rinda “egotsentrizm” va “egoizm” tushun-chalarini farqlash lozim. Egoist inson shaxsiy istaklariga muvofiq faoliyat yuritib, o‘zgalarning qiziqishlarini mensimaydi va bunday xulq shaxsning axloqiy nuqtayi nazariga, o‘ziga xos hayotiy falsafasiga aylanadi. Egotsentrizm esa insonning bevosita bilish jarayonlari bilan bog‘liq hodisadir. Egotsentrik inson boshqalar fikrining maqsad-muddaolarini, ularning manfaatlari nimaga asoslanganini tushunishga qodir bo‘lmaydi. Bundan tashqari, egotsentrizm shizofreniya, jazava, vasvasa kabi ruhiy kasalliklarga chalingan kishilar orasida ham uchraydi. Agarda egotsentrik xususiyatga ega bo‘lgan ikki insonning suhbatini kuzatadigan bo‘lsak, bunday vaziyatda hamsuhbatlik hissi yo‘qolganining guvohi bo‘lamiz, ya’ni ular bir-birini eshitmasdan, suhbatdoshining fikrini idrok qilmasdan faqatgina o‘z fikrini bayon etish va tasdiqlash bilan ovora bo‘ladi. Egotsentrizm muammosi bilan J.Piajedan tashqari L.S.Vigotskiy, Sh.Byuper, V.Shtern, G.Ayzenk kabi olimlar ham shug‘ullangan. Egotsentrizm insonning o‘z “Men”ini anglashga qaratilgan ma’naviy tushunchadir. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling