Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Suhbatdoshi o‘z-o‘zini baholashni pasaytiruvchi fikrlar
Download 1.06 Mb.
|
2. Suhbatdoshi o‘z-o‘zini baholashni pasaytiruvchi fikrlar.
- ayblash, tanqid, muhokam. Maslahatchi mijozni salbiy baholaydi va qabul qilish; - haddan ziyod maqtash, ma’qullash. Maslahatchi tomonidan rag‘batlantirish yoki ikki yuzlamachilik bilan manipulyatsiya qilish; - uyaltirishga intilish mazah qilish. Maslahatchi, ajoyib vaziyatni yuritayotgandek ko‘rsatish va uni “tasniflash” uchun mijozni tentak qilib ko‘rsatishga majbur etish; - tashxis qo‘yish. Maslahatchi mijozga uning motivi nima ekanligini yoki bir qanchasini sanab o‘tish; - ishontirish, tinchlantirish. Maslahatchi mijoz holatini yaxshilash yoki his etishini yaxshilash, biroq bu usullar u faqat nomigagina “aytishi” mumkin, mijozning qayg‘urishi va samimiy yoki haqiqiy tuyg‘usini inkor etgan holda, u holatini yaxshilash harakat qilish; - so‘rash va izlanish. Maslahatchi ma’lumotlarni yig‘ishda mijoz gapirishni xohlamagan yoki gapirishga tayyor emas holatlarida “ta’ziq” o‘tkazish; uni ma’lumot yetkazishiga majburlash; mijozga muammosini anglashiga yordam berish yoki o‘z qarorini qabul qilishni ishlab chiqishiga yordam berish o‘rniga o‘zi qaror qabul qilish. Bahslashuvda ko‘pincha haqiqatni ifodalayotgan odam emas, balki raqibi nutqini tez va aniq tahlil qila oladigan, unga mutanosib va samarali tarzda o‘z nutqini tuza oladigan odam g‘olib chiqadi. Muloqot strategiyasi o‘z ichiga quyidagilarni (O.Y.Goyxmanga ko‘ra) qamrab oladi: - umumiy vaziyatni anglash; - unda maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazish vazifalari va asosiy g‘oyalarini aniqlab olish; - qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun vaziyat rivojlanishini rejalashtirish va tashkil etish. Muloqot strategiyasi nutq taktikasida, ya’ni muayyan vaziyatda belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradigan nutq usullaridan foydalanish orqali erishiladi. Masalan, avvaldan ishonish ma’nosini deyarli 30 xil usulda ifodalash mumkin: “taxmin qilish”, “yumshatish”, “bo‘rttirish”, “siljitish”, “aybni boshqa bir kishiga to‘nkash”, “takrorlash”, “misol keltirish” va boshqalar. Nutq taktikasiga quyidagilarni ham kiritish mumkin: kutilmaganlik, obro‘ga murojaat qilish, prognozlash, norasmiy elementlar kiritish, yumor va boshqalar. Ijtimoiy xodim uchun muayyan vaziyatga hammadan ko‘ra mosroq keladigan nutq taktikalarini tanlay bilish ko‘nikmasi juda muhim. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar uchun mijozlarning turli muammolari bo‘yicha muzokaralar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Muzokaralar dialog yoki polilog shaklida mo‘ljallangan natijalarga erishish yo‘lida o‘tkaziladigan ish muloqoti ko‘rinishidir. Ular asosan o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan har ikki tomon manfaatlariga mos keladigan bitimga erishish va barchaga manzur bo‘ladigan natijani qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladi. Yutuqqa erishish va mijoz manfaatini eng yaxshi tarzda himoya qilish uchun muzokara olib borish san’atini mukammal egallash lozim. Muzokara olib borishning mutaxassislar tomonidan tajriba asosida ishlab chiqarilgan muayyan qoidalari mavjud. Bu qoidalar haqida quyida atroflicha to‘xtalib o‘tamiz. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling