Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Muzokaralar olib borishning quyidagicha soddalashtirilgan sxemasi taklif qilinadi


Download 1.06 Mb.
bet153/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   195
Muzokaralar olib borishning quyidagicha soddalashtirilgan sxemasi taklif qilinadi:
salomlashish va muzokaralar mavzuining debochasi;
mavzu tavsifi va muzokaralar yuritish bo‘yicha takliflar;
tomonlarning o‘z mavqelarini bayon qilishi;
munozara yuritish;
muammoni hal qilish;
yakuniy hujjat tayyorlash va yakunlash.
Muzokaralar muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun, ular boshlanishi bilanoq suhbatdosh bilan umumiy nuqtalarni topishga intilish zarur. Munozarani mavzuning eng muhim jihatlaridan boshlash va asosiy masalalar bo‘yicha umumiy xulosaga intilish va shundan keyingina tafsilotlarga o‘tish taklif qilinadi. Muzokaralar boshlanishida mavzuning munozaraga sabab bo‘lmaydigan aniq jihatlari ko‘rib chiqiladi, bu esa munozarani rivojlantirish uchun asos yaratishga ish qiladi. Shundan keyin nisbatan osonroq hal qilinishi mumkin bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqishga o‘tiladi. Undan keyin esa batafsil muhokama talab qiladigan asosiy masalalarni ko‘rib chiqishga o‘tiladi. Agar bu masalalarni ko‘rib chiqishga muhokama boshidayoq kirishilsa, unda muzokaralar mutlaqo barbod bo‘lishi mumkin. Agar qarashlardagi tafovutlar jiddiy bo‘lsa, ularga urg‘u bermaslik lozim, aks holda bu muzokaralarning rivojlanishiga xalaqit beradi.
Mabodo, murakkab masalalarni ko‘rib chiqishga asta-sekin kirishish tamoyiliga erishib bo‘lmasa, muzokaralar ikkinchi darajali masalalarda o‘ralashib qolishi, asosiy mavzular bo‘yicha esa tomonlar umumiy kelishuvga erisha olmasliklari mumkin. Bunday holatda erishilgan bitimlarni qayd etish va ular asosida muhokama qilinishi lozim bo‘lgan navbatdagi masalalarni belgilash lozim. Muzokaralar muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz o‘tganidan qat’iy nazar, ularning natijalarini batafsil tahlil qilish zarur.
Demak, muzokaralarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan nutq ifodasiga bog‘liq bo‘lib, optimal holatda u rasmiy-ish nutqining uslubi va tilidan foydalanishga, psixolingvistika, sotsiolingvistika, shuningdek, muloqot psixologiyasi fanlarining ma’lumotlariga asoslangan bo‘ladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling