Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 0.71 Mb.
|
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bob 11. INNOVATSION SIYOSAT KONSEPSIYANING ASOSIY TAMOYILLARI VA YO‘NALISHLARI
- 11.1. Hozirgi jamiyatda innovatsion siyosat: tamoyillar va amalga oshirish xususiyatlari
Nazorat va muhokama uchun savollar
Ilmiy tashkilotning ta’rifini bering. Ilmning turli sohalaridagi tashkilotlarga misollar keltiring. Ularning faoliyati o’rtasidagi tub farqlar nimada? Ilmiy tadqiqotlar tabiati (fundamental, amaliy) ilmiy tashkilotning tashkiliy, moliyaviy va sarmoyaviy jihatlariga qanday ta’sir qiladi? O’zbekiston Fanlar akademiyasining shakllanishi va rivojlanishining tarixiy xususiyatlarini aytib bering Ta’lim tizimining tuzilishini aytib bering. Oliy, o’rta va boshlang’ich kasb-hunar ta’limi sohalari bugungi kunda qanday taqqoslanadi? Va ularni saqlash uchun federal byudjet xarajatlari haqida nima deyish mumkin? Tushuntirib bering. Davlat va nodavlat ta’lim sektorining tashkilotlar soniga nisbati qanday? Ta’limga sarflanadigan xarajatlarning umumiy hajmida byudjetdan tashqari fondlar ulushining o’sish tendensiyasini qanday izohlashingiz mumkin? Ta’lim tizimi samaradorligini pasayishining eng muhim salbiy oqibatlari qanday? Sizningcha, ta’lim muassasalari faoliyatidagi mavjud salbiy tendensiyalarni qanday qilib bekor qilish mumkin? Bob 11. INNOVATSION SIYOSAT KONSEPSIYANING ASOSIY TAMOYILLARI VA YO‘NALISHLARI 11.1. Hozirgi jamiyatda innovatsion siyosat: tamoyillar va amalga oshirish xususiyatlari 11.2. Davlat innovatsion siyosatning maqsadi va mazmuni 11.3. Hududiy innovatsion siyosat 11.1. Hozirgi jamiyatda innovatsion siyosat: tamoyillar va amalga oshirish xususiyatlari Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasi singari O‘zbekiston hududida ham innovatsiyalarni joriy qilish va uni aholi orasida keng yoyish masalasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki mamlakatning iqtisodiy barqarorligi, kadrlar raqobatbardoshligi va jamiyatning ijtimoiy farovonligi darajasi sohalarga innovatsiyalarni joriy etish bilan yuksaltirish mumkinligi hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Shunday sharoitda mamlakatimizda innovatsion siyosat qanday va u qay darajada amalga oshirilmoqda? Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” gi PF-5264-sonli Farmonini alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Unga ko‘ra Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi va bugubgi kunda yurtimizda har qanday innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi yagona tizim barpo etildi va vazirlik bugungi kunda turli xil tamoyillar asosida mamlakatimizda innovatsion faoliyatni amalga oshirib kelmoqda. Innovatsion siyosatning asosiy tamoyillari quyidagilar: davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendensiyalarini lozim darajada kompleks tahlil qilish va o‘rganish; fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishning hozirgi ahvoli innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish va amaliy joriy etish uchun lozim darajadagi sharoitlarni ta’minlash; yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash bo‘yicha faoliyatni tashkil etish; ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy etish; innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikni tatbiq etish, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirish; innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida yuqori tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik, shuningdek, ulardan butun mamlakat fani, sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda foydalanish. Umuman olganda yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy hal qiluvchi rolni innovatsiya egallaydi. Chunki iqtisodiyot, ishlab chiqarish, fan, ta’lim, ijtimoiy soha, qurilish, bandlik umuman mamlakatda mavjud barcha sohalarga innovatsiyani joriy etish orqali uchinchi renessansni yarata olishimiz mumkin. Bu borada mamlakatimizda innovatsion faoliyatni amalga ishirishning bir qancha xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar: innovatsion faoliyatning erkinligi; innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan teng foydalanilishini ta’minlash; innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi; raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish; axborotni erkin almashish; innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish; fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik. Innovatsion siyosat O‘zbekiston Respublikasida to‘lig‘icha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshiriladi Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling