Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti Btu yo‘nalishi 410 guruh talabasi Abdusaitova Umida ning


Download 1.27 Mb.
bet1/3
Sana04.05.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1423943
  1   2   3
Bog'liq
9-mavzu


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti
Btu yo‘nalishi 410 guruh talabasi
Abdusaitova Umida ning
«SOTSIAL PSIXOLOGIK TRENINGLAR» fanidan
Tayyorlagan taqdimoti
MAVZU. SHAXSNI BARKAMOLLASHTIRISHGA QARATILGAN TRENINGLAR
Reja:
    • Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning tarixi
    • Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarning maqsadi
    • Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning mijozlari
    • Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning turlari
    • Shaxsni barkamollashtirishda uning “Men”i bilan ishlash

1. SHAXSNI RIVOJLANTIRUVCHI TRENINGLARNING TARIXI
Shaxsni rivojlantiruvchi (barkamollashtiruvchi) treninglarning tarixi XX asrning 60-yillari oxiriga borib taqaladi. Aql dinamikasi (“Mind Dynamics”) treningi ayni shu nomdagi kompaniya tarkibida 1968 yilda AQShning Texas shtatida yuzaga kelgan bo‘lib, uning asoschisi Aleksandr Everettdir. Aleksandr Everettning treningi “Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglaridagi turmush tarzidagi haqiqatlarni anglash, liderlik tajribalari, guruhiy effektivlik” treninglarining prototipi (timsoli) va darakchisi hisoblanadi.
2. Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarning maqsadi
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarning asosiy maqsadi – shaxs, inson potensialini har tomonlama rivojlantirish, qirralarini ochish, dunyoqarashini o‘zgartirish, uning omadli va baxtli bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi faoliyat stereotiplarini o‘zgartirishga qaratilgan psixologik treninglardir.
“Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar o‘z ishtirokchilariga nima beradi?”, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:
1
    • shaxsning o‘ziga nisbatan ishonchini oshirish imkonini beradi.

2
    • stressli vaziyatlar va krizislardan iloji boricha kamroq yo‘qotishlar bilan chiqib ketishga o‘rgatadi.

3
    • kommunikativ ko‘nikmalarni yaxshilaydi, muloqot va xulq-atvorda effektiv strategiyasini o‘rgatadi.

4
    • o‘z muammolarini, u qaysi doiraga tegishli bo‘lmasin – mablag‘, mansab, ish, o‘zaro munosabatlar, shaxsiy va boshqa masaladagi muammolarni yechishga o‘rgatadi.

5
    • Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar – shunchaki quruq informatsiyalarni qabul qilish bilangina emas, zarur hayotiy vaziyatlar “ichida” yashash orqali yangi bilimlar olishdir.

6
    • Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar o‘zi va dunyo haqidagi tasavvurlari chegarasini kengaytiradi, o‘z maqsad va qadriyatlarini, o‘zining hayotdagi o‘rnini anglashga yordam beradi.

7
    • Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar shaxsdagi tafakkur egiluvchanligini va ijodiy potensialini o‘stiradi.

8
    • Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar – turli toifadagi, turli qiziqishdagi kishilar bilan tanishish, ularning tajribalari bilan tanishish, hayotda, ishda, ijodda asqotadigan yangi g‘oyalar olish imkonini beradi.

9
    • Ishtirokchilar va treningni o‘tkazuvchi trener bilan muloqotda bo‘lish – bu boshqalar shaxsni qanday qabul qilishi, shaxs haqida boshqalarning fikrlari va samimiy munosabatlari asosida shaxsiy istaklarni o‘zgartirishga imkon beruvchi kamdan-kam uchraydigan va eng qulay usulidir

10
    • Trening jarayonidagi muloqot – bu yangi do‘stlar orttirish, o‘zining ikkinchi bo‘lagini topish uchun haqiqiy real imkondir.

11
    • Trening jarayonidagi muloqot – bu yolg‘izlikdan qutulish, o‘zining ruhiy olamiga yaqin bo‘lganlar orasiga kirish, hayotiy muhim va foydali bo‘lgan kontaktlarni kengaytirish imkonini beradi.

12
    • Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar – bu yaxshi dam olish, kuchli “energiya quvvatini” olish, yorqin hissiyotlarga ega bo‘lish, emotsional holatini yaxshilash imkonini beradi.

13
    • Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar – bu o‘ziga xos hayotiy tasavvurlarni tozalashga yordam beruvchi, kundalik ikir-chikirlar va hovliqishlardan hosil bo‘lgan ko‘ngildagi zararli “qatlam”larni tozalovchi o‘zi xos dush hisoblanib, hayotni go‘zallashtirish, qiziqarliroq qilishga imkon beradi.

14
    • Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar dunyoga nisbatan anchagina ruhiy yaqinlikni, do‘stona munosabatni hosil qilishga yordam beradi.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling