Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti Btu yo‘nalishi 410 guruh talabasi Abdusaitova Umida ning


Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning mijozlari


Download 1.27 Mb.
bet2/3
Sana04.05.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1423943
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu

3. Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning mijozlari
A.Yassaviyning nuqtai nazari bo‘yicha, inson hayoti nechog‘lik o‘tkinchi, kulfat va mashaqqatlarga to‘la bo‘lmasin, u komillikga intilishi shart. Kamolot yo‘liga tushgan insonni vijdon ruhiy og‘riqlarga giriftor etib, amalga yuzma-yuz qilib qo‘yadi, yurakni qo‘rquv va gunoh, shubha va ishonch oralab o‘tadi. Uyg‘oq vijdon eng oxirgi chegaragacha odamni yolg‘izlantiradi. Shundan boshlab, o‘lim cheklanadi.
Naqshbandiya tariqati asosida esa har bir insonning halol, pok bo‘lishi, o‘z mehnati bilan hayot kechirishi kerakligi, shuningdek, sabr-qanoatli, kamtar bo‘lishi, iymon va e’tiqodini mustahkam tutishi, dilida xudoni jo etib, amalda xalq bilan birga bo‘lish kabi olijanob xislatlarni tarkib toptirish yotadi.
Shaxsni barkamollashiruvchi treninglarning ishtirokchilari kimlar bo‘ladi? Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarga turli xil toifadagi kishilar buyurtmachi bo‘lishadi yoki tashrif buyurishadi.
Aleksandr Everettning ta’kidlashicha, “Aql dinamikasi” treninglari o‘z ildizlariga ko‘ra ruhiy va shaxsiy barkamollik yo‘nalishidagi g‘oyalarni o‘rganish asosida rivojlangan.
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar shaxsdagi faoliyat mahsuli bo‘lgan va hayotiy tajribalardan kelib chiquvchi ichki chuqur ustanovkalarni, dunyoqarashlarni va munosabatlarni o‘zgartirishga yordam beruvchi mashg‘ulot hisoblanadi. Bunday trening ishtirokchisi bo‘lgan shaxsda kuchli ilhomlantiruvchi va shijoatli ustanovkalar paydo bo‘ladiki, u bular yordamida ekstraordinar (o‘zi ham kutmagan, g‘ayrioddiy) natijalarga erishadi.
Hayotiy tajribalardan ma’lumki, yashash davomida ko‘p narsaga erishishni istaydigan kishilar o‘zini shaxs sifatida rivojlantirish uchun vaqt, pul va ma’lum bir kuchlarni sarflashga qizg‘onishmaydi, chunki ular o‘zlari sarflagan investitsiyasi (mablag‘i) bir necha barobarga ko‘paygan holda o‘ziga qaytishini tushunadilar.
Aynan shu tipdagi kishilar shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarning ishtirokchilari bo‘lishadi. Bu trening ishtirokchilari bo‘lgan kishilar – turli xil mutaxassislar, turli yoshdagilar, iqtisodiy jihatdan turli xil darajadagilar bo‘lib, ular o‘zining turli qirralarini kengaytirishni, hayotiy energiya va zaxiralarini oshirishni, hayotini yorqin voqealar bilan bezashni istaganlardir.
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarning maqsadi – shaxsni psixologik jihatdan barkamollikka erishtirishdir. Boshqacha aytganda, har qanday muammoli vaziyatda shaxsni faqat o‘zidan yordam olishga o‘rgatishdir. Masalan, talabalar orasidan kimdir o‘zini “Talabalikda berilayotgan barcha bilimlarni yaxshi egallayapman, men kelajakda yaxshi mutaxassislardan biri bo‘la olaman” deb hisoblaydi va bunga ishonadi. Kimdir esa butunlay buning aksi, ya’ni bunday gapni aytish uchun o‘ziga ishonmaydi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling