Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti Btu yo‘nalishi 410 guruh talabasi Abdusaitova Umida ning


Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning turlari


Download 1.27 Mb.
bet3/3
Sana04.05.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1423943
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu

4. Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning turlari
Shaxsga yo‘naltirilgan treninglarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
Psixologik kompetentlikni oshiruvchi treninglar
Ko‘nikmalar hosil qiluvchi treninglar
Shaxsni rivojlantiruvchi (lichnostniy rost) treninglar
Psixologik kompetentlikni oshiruvchi treninglarda guruh ishtirokchilari psixologiya va falsafaning keng olami bilan, odob va axloq borasidagi bilimlar bilan tanishadilar. Bunday treninglar, mohiyatan “nihoyatda yengil” bo‘lib, ishtirokchilarning ichki ruhiy olamini kuchli darajada o‘zgartirmaydi.
Bunday treninglar o‘z ishtirokchilariga mashg‘ulotlar jarayonida iliq va samimiy muhitni hamda ochiq va dildan gaplashish imkonini beradi, shuningdek trening mavzulari yuzasidan guruhiy munozaralarning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlaydi. Bularning natijasida esa shaxs dunyoqarashning rivojlanishi va unda psixologik kompetentlikning oshishi kuzatiladi.
Ko‘nikmalar hosil qiluvchi treninglar – o‘zining hayotini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar va hayotda nima qilishini aniq biladiganlar uchun tashkil etiladigan juda keng qamrovli treninglardir. Bunday treninglar o‘z ishtirokchilarida turli xil ko‘nikmalarni (kommunikativ, o‘ziga ishonch, liderlik, o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini) hosil qilishga qaratilgandir.
Shaxsni rivojlantiruvchi treninglar guruhini o‘ziga xos holda quyidagi guruhchalarga bo‘lish mumkin:
MEN va ULAR – jamiyat, jamoa, notanish kishilar bilan o‘zaro munosabatga kirishish. Bunday guruhchaga “Muloqot mahorati” treninglari kiradi.
U (ON) va U (ONA) – qarama-qarshi jins vakili bilan o‘zaro munosabatga kirishish. Bunga: Oilani yuritish, Sevgi va Do‘stlik, Keling do‘stlashamiz, Seksologiya va shu kabi muammolarga oid treninglar kiradi.
MEN va BIZNES – o‘z ishini, mavqeini, mansabini rivojlantirish va foyda ko‘rish maqsadida boshqalar bilan ishga oid (деловое) o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga o‘rgatish. Bunday guruhchaga: Pullar bilan munosabat, Omad va muvaffaqiyat texnologiyasi, Ishbilarmonlikka oid hamkorliklar, Sotish texnikasi, Ishga qanday joylashish mumkin va shu kabi treninglar kiradi.
Shaxsni rivojlantiruvchi treninglar shaxsning ichki rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning ko‘nikmalar hosil qiluvchi treninglardan farqi shundaki, bu treninglarda insonning ichki mohiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, uning dunyoqarashi kengayadi.
«Men obrazi» nisbatan turg‘un psixologik hodisa hisoblansada, uning shakllanishi asosan, insonning ichki o‘z-o‘zini rivojlantirish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z-o‘zini rivojlantirish – insonning o‘zini shaxs sifatida iloji boricha to‘liqroq namoyon qilishga qaratilgan ongli faoliyatdir. U aniq hayotiy maqsad, ideallar, shaxs ustanovkalari mavjudligini taqozo etadi.
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar aynan shu «Men obrazi»ni muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan ekan, shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning ahamiyati ham beqiyos ekanligini tushunish qiyin emas, shunday ekan trening bo‘yicha har bir mutaxassis bu yo‘nalishdagi treninglarni puxta bilishi zarur.
Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling