Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети
Tutash muhitlar modellari va kvazigomogen modellar
Download 2.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи
Tutash muhitlar modellari va kvazigomogen modellar. Bilish
jarayonining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri bu ifodalash tilining o„zgarishi bilan bog„liq modelni soddalashtirishdir. Shunday holat bo„ladiki, sistema murakkablashganda uning tavsifi asta-sekin murakkablashadi, keyin esa qaysidir holatda u birdaniga soddalashadi, bunda sistema boshqa tilda boshqacha ifodalanadi. 1.16-misol. Juda murakkab shakldagi idishga joylashtirilgan bitta 42 molekulaning harakatini tasvirlash unchalik qiyin emas. Agar 2 ta molekula bo„lsa, tavsifning murakkabligi kamida ikki barobar oshadi. Agar 100 ta molekula bo„lsa, unda tavsif juda murakkab bo„ladi; Hamma 100 molekulaning trayektoriyasini "kuzatib borish" juda qiyin. Agar molekulalar soni 1020 bo„lsa, u holda uni ifodalash juda oddiy bo„ladi, ya‟ni: Ammo bu ifodalash molekulalar tilida emas, balki gaz fazasi tilida bo„ladi. Ma‟lumki, fanning ba‟zi tarmoqlari, jumladan gidromekanika, termodinamika, issiqlik o„tkazuvchanlik va diffuziya nazariyasi, formal kimyoviy kinetika va h.z.lar o„ziga xos xususiyatlarigaega. Ularda moddaning xossalari molekulalardan tashkil topgan emas deb ifodalanadi. Gidrodinamikada suyuqlik harakati ko„rib chiqiladigan bo„lsa, u holda alohida molekulalarning harakati haqida gap bormaydi. Bundan tashqari, bu holda ham fizik sxema, ham matematik ifoda, asosan, oqayotgan suyuqlikning parametrlari (masalan, tezlik) bir nuqtadan ikkinchisiga doimiy ravishda o„zgarib turadi degan fikrga asoslanadi: agar differensiallash protsedurasi qo„llanilsa, uzluksizlik zarur. Parametrlari doimiy ravishda o„zgarib turuvchi moddaning moduliga asoslanib, fizika bo„limlari (va kimyoning qo„shni bo„linmalari) tutash muhitlar fizikasi nomi bilan birlashtirilgan. Bu bo„limlarning har birining mavzusi, qoida tariqasida, molekulyar tushunchalar asosida ifodalanishi mumkin. Ammo ifoda juda murakkab bo„ladi. Tutash muhitlar fizikasi modeli differensial va integral hisob kabi kuchli matematik apparatdan foydalanilganda qulaydir. Hatto, tutash model bilan bir qatorda, yaxshi yaratilgan molekulyar model mavjud bo„lsa, u birnchi modelni siqib chiqarmaydi, balki uni to„ldiradi (termodinamika va statistik fizikani solishtiring). Tutash muhitlar modeli qo„llanilganda qulayliklar shunchalik kattaki, unda molekulalardan tashkil topgan emas, balki ancha katta zarrachalardan iborat ob‟ektlar qarab chiqiladi. Masalan, quvurdagi emulsiya oqimini, ma‟lum darajada, yopishqoqligi bilan tavsiflanadigan, 43 bir hil suyuqlik oqimi sifatida ta‟riflaymiz, bu murakkab tarzda zarralar fazalari va fazalari nisbatiga, shuningdek, o„lchami va shakliga bog„liq. Katalizator (murakkab konglomerat, uning g„ovaklar devorlarida reaksiyaga kirishadigan modda g„ovaklari bo„ylab difuziyaga uchraydi) donasi tutash muhit sifatida tasvirlanishi mumkin. Ko„p fazali sistemani bir hil deb ifodalashni soddalashtiradigan bunday sxemalarga Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling