Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети
Loyihalash va tekshirish hisoblari
Download 2.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи
Loyihalash va tekshirish hisoblari. Kimyoviy texnologiyadagi bu
ikki turdagi hisob-kitoblar hisoblanadigan qiymatlarning tanlanishi bilan farq qiladi. Loyihalash hisobi deb berilgan ko„rsatkichlarga erishish mumkin bo„lgan apparatning kerakli o„lchamlarini aniqlash maqsadida o„tkazilgan hisoblashlarga aytiladi. Tekshirish hisob-kitobi deb apparatning o„lchamlari berilgan holda qanday ko„rsatkichlarga erishish mumkinligini g„isoblashiga aytiladi. Ko„p hollarda, loyihalash hisobini tekshirish hisoblari to„plamiga olib kelish maqsadga muvofiq: bir hil o„lchamli qurilmalarni qator o„rnatish, ularning har biri uchun erishish mumkin bo„lgan ko„rsatkichlarni hisoblash va keyin ular ichidan eng yaxshi o„lchamni tanlash. Bu protsedura, ayniqsa, kompyuterdan foydalanganda juda oddiy. 48 II BOB. OQIMLARNING GIDRODINAMIK STRUKTURALARINI MATEMATIK IFODALASH 2.1. Oqimlarning gidrodinamik strukturalari Odatda kimyoviy-texnologik jarayonlar harakatdagi oqimlarda boradi, ularni siljishining gidrodinamik qonuniyatlari kimyoviy ishlab chiqarishning samaradordligiga ahamiyatli ta‟sir etadi. Shuning uchun ham KTJ matematik modellarini tuzishda moddalar oqimi harakatini ifodalash katta ahamiyat kasb etadi. Harakatdagi oqim ham bir fazali ham ko„p fazali bo„lishi mumkin va odatda murakkab strukturaga ega. Gidrodinamikada juda ko„plab tenglamalar mavjud bo„lib, ular yordamida muhitning harakatini ifodalash mumkin (masalan, Nave-Stoks tenglamasi, oqimlarning bo„linmasligi tenglamasi va boshqalar). Kimyoviy-texnologik jarayonlarga klassik gidrodinamika qonunlarining qo„llanilishi haqiqiy oqimlar gidrodinamikasi tenglamalarining murakkabligi qiyinchilik tug„diradi. Shuning uchun gidrodinamik oqimlarning matematik modellarini tuzishda amaliyotda odatta ularning ichki tuzilishi haqidagi oddiyroq yaqinlashuvdagi tasavvurlar ishlatiladi. Texnologik muhit harakatining strukturasi oqim zarrachalarining aralashish darajasi bilan harakterlanadi, u konsentratsiya maydini va temperatura gradiyentini aniqlaydi. Bu harakatlanadigan oqimlar ba‟zi tip modellarini aralashtirish belgisi bo„yicha o„rnatish uchun asos vazifasini o„taydi. Qo„llaniladigan texnologik qurilmaning 49 konstruksiyasiga yanada javob beradigan turli murakkablikdagi oqimlarning gidrodinamik modellarini tuzish mumkin. KTJning matematik modellarini tuzishda odatda alohida fazalar oqimlari harakatining strukturasi haqidagi takminiy tasavvur (modelli) ishlatiladi. Bular quyidagi gidrodinamik modellar: ideal aralashish; ideal siqib chiqarish; diffuzli (bir- va ikki parametrli) modellar; yacheykali modellar; kombinirlangan modellar. Oqimlar strukturasining modellarini tuzishda quyidagi talablarni hisobga olish lozim: model haqiqiy oqimning fizik mohiyatini aks ettirishi kerak va bunda matematik ifodalash yetarli darajada oddiy bo„lishi lozim; uning parametrlarini hisoblash yoki tajribaviy usullarda aniqlashga imkoniyati bo„lishi kerak; aniq KTJ hisoblashda foydalanish uchun qulay bo„lishi kerak. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling