Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети
Download 2.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII BOB. MATEMATIK MODELLARNI TUZISHNING TAJRIBAVIY- STATISTIK USULLARI
Nazorat savollari
1. Kimyoviy texnologiyada qanday gomogen reaktorlarning konstruksiyalari qo„llaniladi ? 2. Kimyoviy reaktorlarning tasnifini bering. 3. Gomogen kimyoviy jarayonlarga misollar keltiring. 4. Kimyoviy reaktorlarni modellashtirishda qaysi gidrodinamik oqim modellari keng qo„llaniladi? 113 5. Kimyoviy reaktorning matematik modelini iyerarxik qurilishining mohiyati nimada? 6. Kimyoviy reaktorlarni matematik modellashtirish natijalarini amalda qo„llash nimadan iborat? 7. Gomogen kimyoviy reaktorlarning matematik modellari qanday tenglamalar sistemalarida tasvirlaydi? 8. Gomogen kimyoviy reaktorlarning matematik modellarini o„rganish uchun qanday sonli usullardan foydalaniladi? 9. Izotermik reaktorlarning matematik modellarini qurish tamoyillari qanday: ideal aralashtirish, ideal siqib chiqarish. 10. Reaktorlarning adiabatik va politropik ishlash rejimlarida issiqlik balanslari tenglamalarini tavsiflang. 114 VII BOB. MATEMATIK MODELLARNI TUZISHNING TAJRIBAVIY- STATISTIK USULLARI 7.1.Asosiy tushuncha va ta‟riflar Umuman olganda, kimyoviy-texnologik jarayonlarni (KTJ) modellashtirishda modellarning adekvatligini tekshirish uchun ularni borishining fizik-kimyoviy qonunlarini va eksperimental ma‟lumotlarni bilish kerak. Biroq kimyoviy-texnologik jarayonlarning mexanizmi va fizik- kimyoviy mohiyatini har doim ham batafsil o„rganish mumkin emas. Shu bilan birga, bunday jarayonlarni maqbullashtirish va boshqarish muammosini hal qilish kerak. Bunday hollarda empirik modellar eksperimental statistik usullar yordamida ishlab chiqiladi: ob‟ektda yuz beradigan jarayonlarning noma‟lum mexanizmi bilan tizim javobining kirish parametrlarining o„zgarishiga bog„liqligi o„rganiladi. Fizik-kimyoviy modellardan farqli o„laroq, ular real jarayonlar oqimining qonuniyatlarini hisobga olmaydi va ularni qurish eksperimental ma‟lumotlarning rasmiylashtirilgan tavsifiga asoslanadi. Bu holda ob‟ektning matematik tavsifi ob‟ektni statistik tekshirish natijasida olingan empirik bog„liqliklar tizimi bo„ladi. Ushbu modellarga statistik deyiladi va ular ob‟ektning kirish va chiqish parametrlari o„rtasidagi korrelyatsiya yoki regressiya munosabatlari ko„rinishiga ega bo„ladi. 115 Tabiiyki, statistik modellar tenglamalarining strukturasida modellashtirish ob‟ektining fizik xususiyatlari aks ettirilmaydi. Statistik modelni tuzish uchun asosiy va zarur axborot manbai eksperiment bo„lib, eksperimental ma‟lumotlarni qayta ishlash ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari bilan amalga oshiriladi. Bu holda, texnologik ob‟ekt "qora quti" (7.1-rasm) shaklida beriladi. 7.1-rasm. Ob‟ektning sxematik tasviri Ob‟ektning matematik modeli javob funksiyasi bo„ladi: bunda – jarayonning chiqish parametri; – bog„liq bo„lmagan o„zgaruvchilar, ular tajribani qo„yilishida o„zgartiriladi; – empirik modelning koeffitsiyentlari. (7.1) funksional bog„liqlikni aniq ko„rinishi va koeffitsiyentlar qiymatlari tajriba natijalaridan aniqlanadi. Keyinchalik quyidagicha ataymiz: omillar deb – bog„liq bo„lmagan o„zgaruvchilar; omilli fazo deb – koordinatalari bo„lgan fazo; javob sirti deb – omilli fazoda javob funksiyasining geometrik tasviri. Javob sirtining tekshirilishida o„rganiladigan hodisaning mexanizmi to„liq aniq bo„lmagan holatda javob funksiyasining analitik ifodasi noaniq bo„ladi. Shuning uchun matematik model polinom ko„rinishida beriladi: ∑ ∑ ∑ 116 bunda – mos holda chizikli samaralar, o„zaro ta‟sirlar samaralari va kvadratli samaralarni harakterlovchi nazariy koeffitsiyentlar. Ular regressiya koeffitsiyentlari, (7.2) tenglama esa regressiya tenglamasi deyiladi. Regressiya koeffitsiyentlari: Murakkab ob‟ektda tajriba natijalari odatda tasodifiy kattaliklardir. Bu o„lchashdagi xatodan, ba‟zi hollarda tasoddifiy ta‟sirlardan (“shovqidan”) bo„lishi mumkin. Chiqish o„lchamlarining qiymatlari, qoidaga ko„ra, bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun tajriba natijalarining qayta ishlanishidan faqat tanlangan regressiya koeffitsiyentlari deb ataladigan koeffitsiyentlarni aniqlash mumkin. Ular nazariy regressiya koeffitsiyentlari ̅ baholashdir. Natijada chegaralangan tajribaviy ma‟lumotlar tanlovi bo„yicha olingan yaqmnlashgan regressiya tenglamasidan foydalaniladi: ̂ ∑ ∑ ∑ bunda ̂ uchun tanlangan baholash (chiqish parametrining oldindan aytilgan qiymati); – regressiya tenglamasining erkin hadi; mos holda chizikli samaralar, o„zaro ta‟sirlar samaralari va kvadratli samaralarni harakterlovchi regressiya koeffitsiyentlari. (7.3) regressiya tenglamasi kimyoviy texnologik ob‟ektlarning statistik modellarini tuzish uchun ishlatiladi. Jarayonlarning fizik- kimyoviy xossalarini tadqiq etish no„qtai nazaridan ushbu model hech qanday ma‟lumot bermaydi. Model faqat tajriba o„tkazilgan ob‟ektgagini to„g„ri. Lekin bunday modellar maqbullashtirish masalalarini yechishda keng ishlatiladi. 117 (7.1) empirik modelning aniq ko„rinishi faol yoki sust tajribalar natijalari bo„yicha aniqlanadi. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling