Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Download 1.83 Mb.
bet25/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

tinchliksevarlik : adovatni to’xtatish va bitimga erishish maqsadida zarur bo’lganda diplomatik, siyosiy va harbiy choralardan foydalangan holdagi aralashuv;
tinchlikni qo’llab-quvvatlash: bitimning bajarilishini zarur bo’lsa kuch ishlatish yo’li bilan ta’minlash va kuzatish;
tinchlikni barpo etish : uzoq muddatga mo’ljallangan barqarorlik va adolatni ta’minlash maqsadida konflikt sabablari va o’tmish arazlarini yo’qotish bo’yicha dasturni amalga oshirish”1.
Shunday qilib, konfliktning tugatilishi deb barcha qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarning o’zaro harakatlarining to’xtatilishiga aytiladi.
Konfliktning ichki tizim chegaralari - har qanday konflikt muayyan tizim ichida: oilada, xizmatdoshlar guruhida, davlatda, xalqaro hamjamiyatda bo’ladi. Ichki tizim aloqalari murakkab va turlichadir. Bir tizimga kiruvchi taraflar o’rtasidagi konflikt juda chuqur, keng ko’lamli yoki qisman va cheklangan bo’lishi mumkin. Davlatlararo konfliktlarda keskinlashgan o’zaro munosabatlarning yoyilib ketishi, tarqalish xavfi faqat hududda emas, shuningdek ijtimoiy, milliy, siyosiy jihatdan ham kuchayishi hamda bunday konflikt jamiyatning eng keng qatlamlarini ham qamrab olishi mumkin.
Konfliktning ichki tizim chegaralarini aniqlash uning barcha ishtirokchilarining ichidan aynan konfliktlashuvchi taraflarni aniq ajratib olish bilan uzviy bog’liqdir. Bevosita qarama-qarshi kurashuvchi taraflardan tashqari konflikt ishtirokchilari bo’lib konfliktga to’g’ridan-to’g’ri aralashmagan uning qiziqtiruvchilari, yordamchilari, tashkilotchilari kabi shaxslar, shuningdek, konfliktlashuvchi shaxslarning maslahatchilari, tarafdorlari va raqiblari, hakamlik sud’yalari ham bo’lishlari mumkin. Bu shaxslar yoki tashkilotlarning barchasi tizim elementlari sanaladi. Shunday qilib, tizimdagi konflikt chegaralari unga jalb etilgan ishtirokchilar doirasining katta-kichikligi bilan belgilanadi. Konfliktning ichki tizim chegaralarini aniqlash bo’layotgan jarayonlarga ta’sir qilish, xususan, tizimni buzilishdan saqlash uchun muhimdir.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling