Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi
Download 1.83 Mb.
|
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI
3. Konfliktologiya va marksizm
XIX asrning oxiri va XX asrning boshida konfliktologlar orasida K.Marksning (1818-1883) sosiologik nazariyasiga bo’lgan qiziqish yaqqol namoyon bo’la boshladi. Bunga sabab markscha sosiologiya jamiyat taraqqiyoti jarayonlari haqidagi mavjud tasavvurlarga jiddiy o’zgarishlar kiritgan edi. K.Marks “Siyosiy iqtisodga tanqid“ kitobiga yozgan so’zboshisida (1859) tarixni materialistik tushunishga asos solgan edi. Uning fikricha, jamiyatda insonlar o’z erklariga va onglariga bog’liq bo’lmagan holda bir-birlari bilan zarur munosabatlarga kirishadilar. Bunday munosabatlarning mavjudligi ularning ijtimoiy mohiyatini belgilaydi. Marks jamiyatning tuzilmasini quyidagi 4 ta asosiy elementdan iborat deb bilgan : ishlab chiqaruvchi kuchlar – ishlab chiqarish munosabatlari – siyosiy ustqurma - ijtimoiy ong shakllari. Bu elementlarning o’zaro ta’siri va mutanosibligining tartibga solingan tizimi marksizm umumiy sosiologik nazariyasining asosini tashkil etadi. Shu bilan birga, Marks umumiy sosiologik nazariyani ilmiy asoslantirib berishdan tashqari konfliktlar nazariyasining barqaror tizimini ham ishlab chiqdi. Ijtimoiy jarayonlarni bilishning barcha darajalarida marksizm ijtimoiy konfliktlar, kolliziyalar va antogonizmlarni ro’y berishi mumkin bo’lgan, keskin sinfiy kurash sharoitida esa, jamiyat hayotining muqarrar ravishda sodir bo’ladigan voqyeliklari deb tan olgan. Shu bilan birga marksizm o’z davrini tushunish chegarasida qolib ketgan. Marks kelgusida jamiyat hayotida ijtimoiy konfliktlarni istisno qilinishi mumkinligiga ishongan. Siyosiy inqiloblar yo’q bo’lishi, moddiy ne’matlarning to’kinligi ijtimoiy munosabatlarning tabiatini keskin o’zgartirishi, konfliktlar faqat sanoat fabrikasi doirasida o’zaro munosabatlar darajasida qolishi mumkinligi haqida fikr bildirgan. Marks va Engels o’sha davrdagi burjuaziya va proletariatning sinfiy manfaatlari qarama-qarshiligini faqatgina ijtimoiy inqilob jarayonidagina hal qilinishiga ishonganlar. Bunday ishonish ularni bu inqilobni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan aniq masalalarni ishlab chiqishga undagan. Bu holat konflikt muammosiga bevosita aloqador bo’lgan boshqa bir qator masalalarni ham keltirib chiqardi. Inqilobning harkatlantiruvchi kuchlari va ular o’rtasidagi munosabatlar dialektikasi, qurolli qo’zg’olonga rahbarlik qilish san’ati va ishchilar sinfi tarafiga ittifoqchilarni jalb etish siyosati, aksilinqilobning oldini olish va tinch sharoitda ishni tashkil etish kabi ko’pgina masalalarni kun tartibiga qo’yish va hal etish turli konfliktli vaziyatlarni markscha nuqtai nazardan aniq tahlil etishning tarixiy tajribasiga misol bo’la oladi. Marks inqilobiy harakatga yaqqol ustunlik bergan. Uning bu inqilobiy jo’shqinligi uni burjuaziyaning muqarrar o’limga mahkumligi haqida noto’g’ri xulosalar chiqarishga va islohotlarga inqilobning qo’shimcha mahsuli deb qarashga olib keldi. XX asrning birinchi yarmida fanda yana bir yo’nalish shakllandiki, uning vakillari V.Pareto, G.Moski, J.Sorel, F.Oppengeymer, A.Bentli kabilar jamiyat hayotida sodir bo’ladigan o’zgarishlar va konfliktlarni o’rganish zarurligiga e’tiborni qaratdilar. Italiyalik tadqiqotchi Vilfredo Paretoning (1848-1923) fikricha, elitalarning almashib turishi va ular o’rtasidagi kurash jamiyatning mohiyatini tashkil etadi. Ko’p sonli va turli konfliktlar jamiyatning rivojlanish jarayoni bilan bog’liq holda muntazam ro’y beradi, biroq ularning roli va ahamiyati hukmron elita rivojlanishining muayyan bosqichiga bog’liq. Ular dinamik muvozanatni ta’minlab, siyosiy tizimning barqarorligiga xizmat qilishlari mumkin, biroq revolyusion xarakterdagi tub o’zgarishlarga ham olib kelishlari mumkin, bunda elitalarning hukmronligi almashishi ro’y beradi. Italiyalik yurist Gaetano Moski (1858-1941) jamiyatni ikki sinfga : barcha davlat funksiyalarini o’z qo’liga oluvchi va shu bois imtiyozlarga ega hukmron “siyosiy sinf“ga hamda uyushmagan ko’pchilikni tashkil etuvchi boshqariluvchi sinfga bo’linishini abadiy deb hisoblagan. Haqiqiy hokimiyat doimo “siyosiy sinf“ qo’lida bo’lgan. Xalq hokimiyatchiligi, haqiqiy demokratiya va sosializm jamiyat qonunlari va inson tabiati bilan sig’ishmaydigan utopiyadir. Hokimiyat hyech qachon xalq hokimiyati bo’lmagan, eng yaxshi holatda faqat xalq manfaatlariga xizmat qilishi mumkin. U hukmron elita qo’lida muhim qurol bo’la oladigan, vaqti yetib hukmron sinfni mulkiy asosda emas, balki aql, qobiliyatlari, ma’lumoti, xizmat ko’rsatish xususiyatlari asosida shakllanishini, hokimiyat tepasida shunga loyiqlar bo’lishini ta’minlay oladigan “ilmiy siyosat“ni ishlab chiqishga intilgan. Bu davrgacha tarix sinflar kurashidan iborat bo’lib qolaveradi, bunda zo’rlik va konfliktlar ijtimoiy barqarorlik va ijtimoiy o’zgarishlar jarayonida muhim rol o’ynaydi. Fransuz faylasufi Jorj Sorel (1847-1922) ijtimoiy taraqqiyot jarayonida muhim o’rinni siyosiy kurashga va zo’rlikka ajratgan. U zo’rlikni boshqaruvning boshlang’ich asosiy shakli va tarixning eng oliy ijodiy asosi deb hisoblagan. Konfliktlarning siyosiy konsepsiyasini bir muncha boshqa tipi germaniyalik Frans Oppengeymer (1864-1943) tomonidan ishlab chiqildi. Uni ko’proq davlatning kelib chiqishi masalalari va unda kechadigan ijtimoiy jarayonlar xususiyatlari qiziqtirgan. Uning fikricha, davlatning vujudga kelishida iqtisodiy sabablar hal qiluvchi rol o’ynamagan. U davlatni - “ bir guruh kishilar - bosqinchilar tomonidan boshqa guruh kishilarga - bosib olinganlarga nisbatan zo’rlik bilan qo’llanilgan huquqiy institut “ deb tushungan. U sinflar va davlatning kelib chiqishini ichki ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish omillari bilan tushuntiruvchi nazariyani keskin tanqid qilib, ularni “nazariya va amaliyotdagi barcha ijtimoiy illatlarning manbai“ deb e’lon qilgan. Davlat faqat odamlarni bo’ysundirish va qullikka solish yo’li bilan vujudga kelishi mumkin. Shu vaqtdan boshlab sinflar o’rtasidagi munosabatlar mohiyati o’zgarmay qolaveradi. Faqat ekspluatasiya shakllari - jismoniy zo’rlikdan to iqtisodiy va siyosiy majburlovga qadar - o’zgaradi. Shunday qilib, XIX-XX asrlar arafasida ijtimoiy taraqqiyotning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy konsepsiyalarida konflikt muammosiga bo’lgan nazariy qiziqish yaqqol ko’rinadi. Uning tahlili asosan ijtimoiy darvinizm va marksizm, g’arb sosiologiyasi, siyosatshunosligi va yurisprudensiyalarining metodologik qoidalari asosida amalga oshirilgan. Bu ilmiy yo’nalishlarning metodologik xususiyatlari muayyan darajada konflikt kabi murakkab hodisaning mohiyatiga kirib borishdagi ham kuchli, ham zaif tomonlari bilan belgilanadi. Bu davr ijtimoiy taraqqiyot nazariyalarida bildirilgan asosiy g’oyalar haqida so’z yuritganda umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan va yuridik konfliktning hozirgi zamon konsepsiyalari uchun o’z dolzarbligini saqlagan g’oyalarni ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir, ya’ni : 1) konfliktni odatdagi ijtimoiy voqyelik ekanligiga qat’iy ishonish. Inson va jamiyat tabiatining o’ziga ko’pgina va turli konfliktli vaziyatlarni muqarrar tarzda yuzaga keltiruvchi biologik, ruhiy, ijtimoiy , siyosiy va boshqa qator omillar xosdir; 2) konfliktlar ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qator ijobiy funksiyalarni bajaradilar. Ular jamiyat hayotining umumiy taraqqiyotini ta’minlaydilar, ijtimoiy tuzilmalar birligini saqlashga, umumahamiyatli normalar va ijtimoiy qadriyatlarning qaror topishiga yordam qiladilar; 3) ijtimoiy taraqqiyotning konfliktli vaziyati bilan bu holatni yuzaga keltirgan ijtimoiy tuzilma tipi o’rtasidagi bog’liqlik va aloqadorlik tushuniladi, ya’ni tuzilmaviy konflikt holati aniqlanadi; 4) hukmron ozchilik bilan boshqariladigan tobe ko’pchilik o’rtasidagi qarama-qarshilik muqarrar va abadiy hodisa bo’lib, uning har qanday kelishmovchiliklar, kolliziyalar, konfliktlarni yuzaga keltirishi haqidagi tezis ilgari suriladi; 5) jamiyat hayotining iqtisodiy , siyosiy, ma’naviy sohalaridagi o’zgarishlar bilan bu o’zgarishlar natijasida vujudga keladigan konfliktli vaziyatlar o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqlik mavjudligi, ya’ni funksional konflikt holati aniqlanadi ; 6) muayyan ijtimoiy muvozanatni yaratuvchi konfliktlar yordamida turli ijtimoiy guruhlarning bir xil bo’lmagan manfaatlari o’zaro tenglashtirilgan vaqtda ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi dinamik muvozanat holati tadqiq etiladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling