Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi
Muloqotni “sovuqlashtiruvchi” omillar
Download 1.83 Mb.
|
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbatni doimiy saqlab turish bu oson ish emas.
Muloqotni “sovuqlashtiruvchi” omillar
Muloqot madaniyatida keng tarqalgan xatolardan bir shundaki, gapirib turgan odamning so’zi nihoyasiga yetmasdan turib, unga yangi savollar beriladi. Siz bunday qilganingizda suhbatdoshingizni qiyin ahvolga solib qo’ygan bo’lasiz. Chunki u birinchi savolingizga xali to’liq javob ayta olmagan. Siz bo’lsa, yangi savollar berayotirsiz. Siz uni dovdiratib qo’yasiz. Nima muhimu, nima muhim emas, u idora qila olmay qoladi. Agar u savollaringizga javob bermasa, siz uni omi, bilimsiz, didsiz, ilmiy salohiyatsiz odam sifatida baholashingiz mumkin. Demak, savol berilgandan so’ng, to’laligicha mazkur savolga javob berish imkoniyatini ham yaratish lozim. Bunday odamlar suhbatida ko’proq qo’nimsizlik, sabr va birovni tinglash qo’nikmasi yetishmaydi. Ular ko’proq sizning fikringizni bilish uchun emas, balki o’z fikrini o’tkazish uchun suhbat quradi. Natijada, siz o’zingizni bunday odam bilan qanday tutishni bilmay qolasiz. Odam faqat o’zining fikrlarini bildirish asosiga muloqotni tuzadigan bo’lsa, u boshqalar fikrini bilishdan mahrum insonga aylanadi. Odam esa o’z psixologiyasiga ko’ra, ko’proq o’zining eshitilishini istaydi. Suhbatdagi keskinlik, formalizm, xulosalarning qat’iyligi (kategorichnost), yodlab olingan jumlalar va fikrlar, birovlarning qarashlarini takrorlash, samimiyliksiz gapirish, o’zini soxta tutish kabilar suhbatni rivojlantirmaydi, balki uni so’ndiradi. Suhbatni doimiy saqlab turish bu oson ish emas. Muloqotni saqlash ham shunday. Bu har ikki tomondan ma’lum bilim va ko’nikmalarni talab etadi. Agar siz o’zingizni ma’lum doirada begona his qilsangiz, nimalar haqida gapirishni bilmasangiz, o’zingizning yaxshi suhbatdosh bo’la olishingizga shubha qilsangiz muloqot jonli emas, balki rasmiy va sun’iy o’tadi. Shu bilan birga, ba’zi odamlar o’z psixologiyasi va tarbiyasiga ko’ra muloqotni “barbod” (sabotaj) etuvchilar qatoriga qo’shiladilar. Mana shunday odamlar so’zlarida ko’pincha tahdid ovozlari va kayfiyatlari sezilib turadi. Ular buyruq berib gapiradilar. Ular asosan negativ axborot tarqatishga moyil bo’ladilar. Birovlar, yoki hodisalar tahlilida asosan tanqid ustun turadi. Ijobiy gapirish, ijobiy baho berish ular uchun tabiiy qiyinchilik tug’diradi. Ular ko’pincha birovlarni ayblab, yoki ularga laqab tirab, kesatib gapiradilar. Ular o’zini “hamma ularga qarzdorday, ammo qarzlarini qaytarmayotganday” tutadilar. Ko’pincha ular muhim ahamiyatga ega bo’lgan axborotlarni yashiradilar. Ular o’zini “ichimdagini top, agar topa olmasang, sen aybdorsan” kabilida tutadilar. Ular axborot o’rtoqlashishni xush ko’rmaydilar. Ba’zilar o’z suhbatini tergovday olib boradi. Ular so’zlari tahdid, shubha, busaramjonlik bilan to’lgan bo’ladi. Ba’zilar esa, avval maqtab turib, so’ng biror ishni zimmangizga yuklash payidan bo’ladi. Sizning qalbingizda esa, xuddi aldanib qolgandek xissiyot uyg’onadi. Ba’zilar nima to’g’rida gapirilsa ham, asosan maslahat berishga o’tib ketaveradi. Kamdan kam odam o’z suhbatini hamkorlikda biror yechimni qidirishga yo’naltira oladi. Ko’pchilik uchun o’z xissiyotlari, o’z qarashlari, o’z fikrlari eng to’g’ri, eng aniq va eng o’ylangandek tuyuladi. Ba’zilar esa suhbatlashishni bahs qilish, ko’p gapirish, birovlarning og’zidan so’zini olib qo’yish deb anglaydi. Ular suhbatdoshi bilan xuddi so’zlashishida musobaqa o’tkazayotganday o’zini tutadi. Ba’zilar esa buning aksi, birovning so’zlarini eshitish, faqat uni tinchlantirishdan iborat deb, nuqul “Hafa bo’lma”, “Asabiylashma”, “Hamma narsa o’tib ketadi” qabilida suhbat quradilar. Ammo ularning suhbatdoshiga tinchlantirish emas, ularning so’zlari, mana shu so’zlar ortida turgan xissiyotlarni hamdard bo’lib eshitish talab qilinadi. Yuqorida ta’kidlangan barcha holatlarda bir tomon ikkinchi tomonga nisbatan “sabotajlik” munosabatida bo’ladi. Inson shunday tuzilganki, unga uning so’zlariga qilingan munosabat, ya’ni uning shaxsiyatiga bo’lgan boshqa odam reaksiyasi juda muhim hisoblanadi. Muloqot aslida faqat so’zlar orqaligina emas, balki yuqorida ko’rilgan barcha muloqot komponentlari orqali olib boriladi. Ammo suhbat, ya’ni so’zlar eng katta axborot almashuvga asos bo’ladi. Shu bois, siz “sabotajlik” usulidan foydalangan holda suhbat qursangiz, suhbat jarayoni har ikki tomonga ham qoniqish olib kelmasligi mumkin. Agar siz suhbatdoshingizni asli hurmat qilmasangiz, u sizning mimikangiz, ovozingiz, istehzoingiz orqali baribir mana shu asl munosabatni sezib, anglab turadi. Shu bois, muloqotni barcha sanab o’tilgan xususiyatlarni nazarga olgan holda olib borish talab etiladi. Agar siz atrofingizdagi odamlar bilan do’stona va iliq muomala qilmoqchi bo’lsangiz, kuyidagi talablarga alohida e’tibor qaratmog’ingiz lozim: Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling