Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


O’zgani anglash (eshitish) va o’zini anglatish qoidalari


Download 1.83 Mb.
bet69/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

O’zgani anglash (eshitish) va o’zini anglatish qoidalari
Konfliktlar yechimi odamlarni to’g’ri muloqot qilish qoidalariga o’rgatadi. Mazkur qoidalar o’zga odamni fikrini to’g’ri qabul qilish va o’zining fikrini ham to’g’ri bildirish qonun-qoidalarini ham o’z mazmuniga qamrab oladi. Shu bois, konfliktlar yechimi o’z nuqtai nazarini ma’lum tartiblar asosida ifoda qilinishini talab etadi. Agar konfliktdagi bir tomon qo’pollik qilsa, dag’dag’a bilan tahdid uyg’otsa, ikkinchi tomon o’zini muhofaza qilish choralarini ko’rishga majbur bo’ladi. O’zini muhofaza qilishga uni majbur qiladigan vaziyat yaratilgan bo’ladi. O’zini himoya qilish esa tabiiy ehtiyoj hisoblanadi. O’z fikrini singdirish uchun bir tomon ikkinchi tomonga taziyq o’tkazsa, unga xos bo’lmagan xulosalarni qabul qilishga ikkinchi tomonni majbur qilingan bo’linadi. Shu bois, konflikt sharoitida qarama-qarshi tomonlar e’tirozini uyg’otmagan, o’zini himoya qilishga boshqa insonni zo’rlamagan tarzda muloqot olib bora olish qobiliyati qadrlanadi.
Konflikt yechimida boshqa bir insonni eshitish hamda o’z fikrini o’tkazishni tenglik sharoitida olib borish muhim talablardan biriga aylanadi. Demak, konflikt yechimida birovni eshitish va o’zini anglatish qonuniyatlariga rioya etish zarur. Birovlarga “aql” o’rgatib, ularning qanday yashashi lozimligi ta’kidlashdan ko’ra, ularni avval eshitib, so’ng birgalikda yagona qaror qilish to’g’riroq bo’ladi. Konflikt – faol eshitish qobiliyatisiz yechilmaydi.
Eshitish diqqatning boshqa odamga o’z xohish va irodasi bilan berilishiga aytiladi. Shu bilan birga boshqa odam aytmoqchi bo’lgan fikrni anglashdir. Uni tushunishga harakat qilinishidir. Ko’pchilik uchun birovga quloq tutish – uning nima so’zlar aytayotgani va qanday aytayotgani bilan bog’liq. Ammo bu yetarli emas. Boshqa odamga haqiqiy quloq tutish – uning fikr va o’ylari, xissiyotlarini bevosita va to’g’ri anglashdir. Effektiv eshitish – boshqa odamga haqiqiy quloq solayotganligingiz isbotidir. Agar siz boshqa odamning so’zlariga haqiqiy quloq solayotgan bo’lsangiz, uning hamkori, yordamchisi aylanasiz. Bu esa tomonlar uchun konflikt yechimini muvaffaqiyatli olib borish imkoniyatini yaratadi.
Faol eshitish qobiliyati esa ham eshitish, ham o’z fikrini bildirish bosqichlaridan iborat bo’ladi. Shu bois, muloqot madaniyatini mana shu muloqotni “sovuqlashtiruvchi” yoki uni “iliqlashtiruvchi” omillarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Agar siz o’zga tomon bilan o’z munosabatlaringizni buzmoqchi bo’lsangiz, sizga muloqotni “sovuqlashtiruvchi” omillar qo’l keladi, ammo siz muloqotdan tomonlar orasidagi yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun foydalanmoqchi bo’lsangiz, demak, siz doimo muloqotni “iliqlashtiruvchi” omillardan foydalanishingiz darkor.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling