Ayollarga nisbatan qo’llaniladigan oilaviy zo’ravonlik
Oilada ko’pincha ayollarga nisbatan zo’ravonlik qo’llaniladi. Ammo ayollar bunday zo’ravonlikni odatda sir tutishadi, chunki bunday zo’ravonlik uning eng yaqin kishisi, otasi, akasi, yoki eri tomonidan amalga oshiriladi. Bu holatlarda erkaklar o’z jismoniy baquvvatligidan foydalangan holda o’z agressiyalarini zo’ravonlik orqali ayollarga nisbatan qo’llaydilar. Aslida bu zo’ravonlikning ochiq namoyon bo’lishidir. Zo’ravonlik faqat jismoniy zo’ravonlikdan iborat emas. Uning bir necha turlari mavjud:
1. Jismoniy zo’ravonlik
Turtish, urish, itarib yuborish, tufurish, ushlab olish, qo’lidan tutish, turli narsalar, musht, yoki qo’llar bilan zarbalar berish, yiqitish, do’pposlash, majburiy ushlab turish, bo’g’ish, muntazam yuz va ko’zlarga zarbalar berish, oyoqlar bilan tepish, quroll bilan (pichoq, nayza, bolta) do’q qilish, kuydirish (masalan, yonib turgan sigaret bilan, qo’l barmoqlarini, yuzni), o’z zulmidagi odamning tibbiy yordam olishiga to’sqinlik qilish
Psixologik zo’ravonlik
So’zlar bilan haqorat qilish, shantaj, o’z xotinini to’liq nazorat qilish maqsadida bolalarga aziyat yetkazish yo’li bilan uni qo’rqitib olishga urinish, “o’zimni falon narsa qilib qo’yaman” deb zo’rlik va shantaj qilish, o’z maqsadiga yetishish uchun uy-ro’zg’or buyumlarini sindirish, o’ziga bo’ysungan odamning hatti-harakatlarini to’liq nazorat ostiga olishga erishish (masalan, uning qachon, qayerda bo’lishini nazorat qilish, barcha telefondagi gaplari bo’yicha ma’lumotlar talab qilish, kuniga necha marta telefonda gaplashishi mumkinligini o’zi xohlagan tartibda o’rnatish, boshqalar unga telefon qilishini ta’qiqlab qo’yish), jabrlanuvchining barcha tanishlari bilan muloqotini nazorat ostiga olishga harakat qilish, turli resurslarga bo’lgan jarblanuvchining ehtiyojlarini inkor etish (uning o’zi istagan tanishlari, qarindosh-urug’lari bilan uchrashishi, jabrlanuvchining tibbiy ehtiyojlari, ta’lim olishi, ishlashi, uydan beso’roq chiqib ketishi, uning qiziqishlari, uni tinchlantiradigan amallar bilan shug’ullanishi v.b.), xissiy-emosional zo’ravonlik, uning xursandligi, yaxshi kayfiyati, tinchligini ko’ra olmaslik, jabrlanuvchini uning nafsoniyatini yerga uruvchi amallar qilishga majbur etish (masalan, “sen jinnisan”, “sen kasalsan”, “sen majruhsan” deb, bu so’zlarni bir necha marta takrorlashga majburlash va bundan lazzatlanish), uning kun tartibini o’zi belgilab berish va mazkur kun tartibining so’zsiz amalga oshirilishini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |