Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Konfliktdagi agressiya va zo’ravonlik


Download 1.83 Mb.
bet75/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Konfliktdagi agressiya va zo’ravonlik
Konflikt vaziyatlarda ko’rincha agressiya va zo’ravonlik uchrab turadi. Agressiya va zo’ravonlikni konflikt yechimi sifatida qo’llash hollari mavjud. Ba’zilar tahdid qilish, shantaj, zo’ravonlikka o’tish orqali ziddiyat yechish mumkin deb hisoblaydi. Ammo bu noto’g’ri qarash. Zo’ravonlik konflikt yechimi bo’la olmaydi, u konfliktni zo’ravonlik va agressiyaga to’qnash keltirish degani xolos. Konfliktni zo’ravonlikdan olib chiqib ketish va uni gumanistik talablar asosida muammoga qaratish, natijada muammoni yechish – konflikt yechimi degani bo’ladi. Zo’ravonlik o’z kuchini muammoga qaratmagani, shu bilan birga, insonlar hayotiga havf tug’dirgani sababli konfliktning yechimi bo’la olmaydi. Aslida, zo’ravonlik konfliktni juda ham chuqurlashtirib yuboradi. Zo’ravonlik tomonlarni hyech vaqt bir biriga yaqinlashtirmaydi, balki uzoqlashtiradi xolos.
Xitoy faylasuflaridan Lao-Szi bu haqida shunday degan: “Ariqlar va daryochalar o’z suvini dengizga dengiz poyidan pastroq bo’lganliklari uchun beradilar. Odamlar ham, o’zini ulug’vorlik bilan tutishlari uchun, o’zini boshqalardan pastroq tutishi kerak”. Chunki Budda ta’limotida ta’kidlanganidek, “Haqiqiy g’alaba, hyech kim o’zini mag’lub etilgan deb hisoblamagan holatdagi g’alabadir”. Lev Tolstoy esa, “G’azabda boshlangan narsa, odatda, uyatda tugaydi”, deb ta’kidlagan. Zo’ravonlik – o’zini boshqalar ustidan ustun qo’yishning eng oliy va fojeali natijasidir. Shu bois, barcha, o’zini ziyoli va ma’lumotli deb anglagan odamlar, zo’ravonlikdan o’zini tiyishni hayot qonuniyatiga aylantiradilar. O’z agressiv holati va qalbida tug’yon urgan zo’ravonlik kayfiyatlarini yengib o’tish mumkin-mi?! Albatta, ha, yengib yashash mumkin!
O’z agressiyasini yengish usullari
Agressiyani yengish bo’yicha uch umumiy usul taklif etiladi. Ular: passiv usul, faol usul va mantiqiy usul.
Passiv usul – o’z kayfiyati, xissiyotlari, o’zini qiynagan masalalar borasida birovga dardini to’kib solish, o’rtoqlashish, suhbat qilishda namoyon bo’ladi. O’z xissiyotlariga erk berish, ularninig chiqib ketishiga imkon yaratish qalbdagi agressiv vaziyatning kuchayishi oldini oladi. Bu borada ayollar yig’lab-siqtab olganlaridan so’ng, ancha yengillik xis qiladilar.
Faol usul – faol usulning barcha turlari faol harakatlar olib borish asosiga qurilgan. Adrenalin – inson kayfiyatidagi tanglik xolatining tibbiy asosi bo’lgan modda – jismoniy mashqlar, harakatlar, mehnat jarayonida yediriladi. Buning oqibatida inson kayfiyatida xushnudlik holati vujudga keladi.
Mantiqiy usul – rasional, intellektual odamlarning usuli bo’lib, bu usul juda katta qalb va aql mehnatini talab etadi. O’z xissiyotlarini boshqara olish qobiliyatini egallagan odamgina mazkur usulni qo’llay oladi. Bunday odamlar masalaning mohiyatiga urg’u beradi. Uning mohiyatini tushunish esa muammoning yechimiga olib keladi. Muammoni tushunish asosida uni yechish yo’llari ochiladi va kelib chiqadi. Shu bois, bunday odamlar har vaqt o’zlarini agressiyadan ozod qilish xususiyatiga ega bo’ladilar. Bu jarayon inson ichki xissiyotlari borasida olib borilgan analitik tahlilga o’xshaydi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling