Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Ziddiyatni keltirib chiqarishga moyil bo’lgan odamlar tipologiyasi


Download 1.83 Mb.
bet80/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Ziddiyatni keltirib chiqarishga moyil bo’lgan odamlar tipologiyasi
Ko’p konfliktlar hayotda ba’zi bir odamlarning murakkab xarakteri, ularning o’z xarakterini uddalay olmasligi oqibatida vujudga keladi. Shu bois, konfliktologiyada ziddiyatga moyil odamlar tipologiyasi belgilangan bo’lib, bunday odamlarning o’zini tutishini bilish ular bilan faol munosabatlar o’rnatish uchun imkon yaratadi.

“O’zini ko’rsatishga intiluvchilar”


O’zini barcha vaziyatlarda odamlar diqqat markazida tutishga intiluvchi odamlar. Ular doim muvaffaqiyatli ekanligini ko’rsatishga harakat qiladi. O’z muvaffaqiyatlaridan g’ururlanib yashaydi. Ba’zan o’z manfaatlarini ko’rsatish va boshqalar diqqatini o’ziga qaratish maqsadida konfliktlarni keltirib chiqaradilar.

“Sharoitga qarab moslasha olmaydiganlar” (Rigid holatdagilar)


Ular o’zini katta tutadilar, o’ziga bino qo’ygan odam bo’ladilar. Birovga moslashishini o’ziga ep ko’rmaydilar va mag’lubiyat sifatida baholaydilar. O’zgalar fikriga bepisandlik bilan qaraydilar. Ularning bu xarakteri ko’pchilik holatlarda boshqalar manfaatlari bilan ma’lum to’qnashuvlarni keltirib chiqaradi. Ular o’zlarini qo’pol, burovlarga behurmatlik, jizzakilik, ko’pirish asosida tutadilar va buni oddiy holat deb hisoblaydilar. O’zlarining qo’polligini tan olmaydilar, birovning kichkina tergov, yoki tanqid so’zini ham juda qattiq e’tiroz bilan qabul qiladilar.

«Boshqarib bo’lmaydiganlar»


Bunday odamlar xarakteri impulsiv bo’lib, uning emosional holati doimo o’zgarib turadi. Buning oqibatida bir odam o’zida bir necha xarakter tamoyillarini mujassam etadi hamda ularni bir to’xtamga keltirish juda qiyin bo’ladi. Ularning harakatlari va so’zlari asossiz, betayin, qarama-qarshi fikrlarga to’la, o’z o’zini nazorat qilishdan yiroq bo’ladi. Ular agressiv muloqotga eng moyil odamlardir.

«Juda aniq va cho’rtkesar odamlar»


Aniqlik va to’g’rilikka intilgan odamlarning ko’pchiligi o’ziga va atrofidagilarga juda katta talab qo’yadilar. O’zlari juda katta mehnat qiladilar, o’zgalarning yalqovligi ularni kattiq ranjitadi. Ular ko’p hollarda juda katta tanqidchi bo’ladilar. Tanqidni yoqtiradilar va kezi kelgan holda boshqalarni miriqib tanqid qiladilar. Tanqid paytida ular odamni ayamaydilar. O’zlari birovlarni boplab tanqid qilganliklari bois, boshqalardan ham tanqid kutadilar. Shuning uchun tahlikali, besaramjon, birovlarga tahdid bilan qaraydilar. Ular tanqidga doim tayyor bo’lganliklari uchun ham o’zini yo’qotib qo’ymaydilar, balki aks ta’sir o’tkazishga juda usta bo’ladidar. Ular har doim o’zlari uchun qulay vaziyatni yaratishga ulgurishadi. Ammo ular boshqalarga bo’ysunib yashaydigan odamlar turiga kirmaydi.
«Rasionalistlar»
Rasionalistlar hamma sharoit va xususiyatlarni o’z manfaatlariga bo’ysundirishga o’rgangan odamlardir. Agar konflikt vaziyat ular uchun foyda keltirsa, ular karerasi uchun xizmat qilsa, ular qo’rqmay ziddiyatni o’zlari keltirib chiqaradilar. Uzoq vaqt ular o’z asl maqsadlarini yashirib yurishlari mumkin, ammo ular o’sishi va rivojlanishi uchun kulay vaziyat pishib yetilgan bo’lsa, ular hammani “sotib” bo’lsa ham o’z maqsadlariga erishish yo’lidan boradilar.
«Irodasiz, qat’iyatsizlar»
Irodasiz odamlar ko’pincha boshqa odamlar qo’lida qo’g’irchoq bo’lib qolganliklari uchun ham ziddiyatli vaziyatlarda ulardan ustamonlik bilan foydalanib qolishadi. Ular konfliktlarda biror tomon uchun juda katta xizmat qilib berishi mumkin bo’ladi. Ularda shaxsiy fikr, munosabat bo’lmaydi. Shu bois, ular boshqa guruh, yoki insonlar atrofida o’ralashib yurishadi. Ular o’zlari zimmasiga majburiyat olishdan qo’rqadilar. Shu bois, boshqalarning qarorlariga so’zsiz itoat etadilar. Ulardan keladigan havf shundaki, ularni ko’pchilik “rahmdil”, “mehribon” odam sifatida qabul qiladi. Ularga aldanib qolish mumkin. Ularga kuchliroq odamlar sslida buyursa, ular kutilmagan holda juda katta ziyon keltirishi mumkin bo’ladi. Shu bois, bunday odamlardan foydalanib, ular konfliktda biror fikr ayta boshlasa, ko’pchilik “Bu odam yaxshi. Demak u to’g’ri aytayapti”, deb aldanib qoladi. Irodasiz va qat’iyatsizlarning boshqa barcha ziddiyatli tiplardan farqi shundaki, ular konfliktga o’zlari mustaqil bormaydilar, ular ziddiyatga borishga majbur bo’ladilar. Yuqorida sanab o’tilgan boshqa barcha tiplar mustaqil ravishda ziddiyatni uyushtiruvchi va unday foydalanadigan tiplar hisoblanadi. Irodasiz va qat’iyatsiz odamlar esa konflikt vaziyatlarni o’zlari keltirib chiqarmaydilar.



Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling