Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Siz o’z jahlingizni qanday jilovlaysiz?


Download 1.83 Mb.
bet83/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Siz o’z jahlingizni qanday jilovlaysiz?
Har birimizning o’zimizgagina xos jahlimizni jilovlash usullarimiz mavjud. O’z do’stlaringizni esga oling. Ular ichida suprasi suv ko’tarmay, juda tez jahli chiqib, hyech ham ularni tinchlantirib bo’lmaydigan, shu bilan birga tamoman behis, suv toshsa ham to’pig’iga chiqmaydiganlari ham bor, shunday emasmi?!
Kuyida jahlni jilovlashning mavjud usullaridan ba’zilari keltirilgan6. Ularni diqkat bilan o’rganib, o’zingizning tipingizni aniqlashiga harakat qiling.
Atom bombasi
Siz o’z jahlingiz va emosiyalaringizni boshqalar ustiga yog’dirasiz. Sizning g’azabingizni hamma odamlar, yoki narsalar besabab qo’zg’atishi mumkin. Agar jahl uchun sabab bo’lmasa, siz uni o’zingiz o’ylab chiqarasiz. Siz baqirishga ustasiz, sizning g’azabingiz boshqalar ustiga yog’diriladi, g’azabingiz lava kabi o’z yo’lida hamma narsani buzishga qodir, g’azabingiz bois siz o’zingizni kuchli deb hisoblaysiz.
Haykal
Achchiqlanganingizda muzdan qanchalik issiqlik chiqsa, sizdan ham shunchalik jahl chiqadi. Siz o’z xis-tuyg’ularingizni ichingizga yutasiz, boshqalar bilan bir necha kun gaplashmasdan yurishingiz mumkin. Agar sizni hafa qilgan odam ham haykal tipidagi odam bo’lsa, sizlar umrbod gaplashmasligingiz mumkin. Siz haykal sifatsiz, siz - na his-tuyg’usi bor, na ovozi, na emosiyalari, na qalbi, na fikr o’yi bor odamga o’xshaysiz. Sizda emosiyalar har doim uxlagan holatda bo’ladi. Emosiyalar borligini siz bilmaysiz. Nima uchun boshqalar bunchalik kuyinishi va besabrliligini siz tushunmaysiz. Si asli behis, bejon odamsiz.
Dimlama
Siz o’zingizning g’azabingiz va jahlingizni majburan ichga yutasiz va butun his-to’yg’ularingiz ichingizda toshib, qaynayveradi. Ba’zan birovlarga istehzo yoki ta’na bilan aytilgan so’zlar aslida ichingizdagi olovdan bir nishon, xolos. Sizni ko’pincha bosh og’riqlari, yuqori bosim kasalligi, yurak hurujlari bezovta qilib turadi.
Jafokash
Har qanday tehkirlash, istehzo va ustingizdan kulishni siz tabiiy e’tirozsiz qabul qilasiz. Jahldan portlash o’rniga o’z g’azabingiz kuchidan o’zingizni bechoragina qilib ko’rsatishida foydalanasiz. Sizning har doim o’zingizga rahmingiz keladi, shu bilan boshqalarning rahm va shavqatidan foydalanasiz. Ana shu rahm-shavqat asosida odamlarni o’z manfaatlaringizga bo’ysundirishga harakat qilasiz. Siz uchun rahm-shavqat giyohvand moddaday zarur, siz uchun o’zingizni muhtoj, qiynalgan, azoblangan, jafokash qilib ko’rsatish hayotiy maqsad va muddaoingizdir.
Batut(tramplin)
Agar kimdir Siz sababli g’azablansa, siz unga ana shunday g’azab bilan javob berishga harakat qilasiz. Agar sizga opangiz baqiryapgan bo’lsa, siz birin-ketin opangizning hamma qilgan yomonliklarni eslay boshlaysiz. Siz o’zingizning hafagarchiligingizni birovni hafa qilish orqali bosib ketmoqchi bo’lasiz. Siz «jonga jon, tanga tan» usulidan foydalanasiz.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling