Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Mavzu; IJTIMOIY SIYOSAT MAZMUN MOHIYATI, MAQSADLARI, NAZARIYASI VA SHAKLLANISH TARIXI. Reja
- 1. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati, maqsadlari, nazariyasi.
Internet saytlar
21. http://www.cer.uz 22. http://www.worldbankgroup.org 23. http://www.imf.org 24. http://www.oecd.org 25. http://www.cbu.uz 26. http://www.urwealthy.com 27. http://www.mybank.ua. 28. http://www.gov.uz 29. http://www.stat.uz 30. http://www.undp.uz 31. http://www.cisstat.com. http: www.socioline.ru 32. http: www.socio.rin.ru 33. http: www.sociologos.narod.ru 1-Mavzu; IJTIMOIY SIYOSAT MAZMUN MOHIYATI, MAQSADLARI, NAZARIYASI VA SHAKLLANISH TARIXI. Reja: 1. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati, maqsadlari, nazariyasi. 2. Qadimgi dunyoning ijtimoiy siyosiy fikri. 3. O’rta asrlar va yyg’onish davridagi ijtimoiy siyosiy g’oyalar. 4. YAngi va eng yangi zamondagi ijtimoiy siyosiy ta`limotlar. 1. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati, maqsadlari, nazariyasi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng mamlakatimizda demokratik tamoyillar taraqqiyot uchun asos qilib olindi va bu borada fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlash, davlat tuzilishini demokratlashtirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy mulkni, tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes manfaatlarini himoyalash borasida zarur kafolatlarni yaratib berishga alohida e`tibor qaratildi. Ijtimoiy himoya qilish har qanday etarli darajada rivojlangan davlat hayotining zarur elementi hisoblanadi. Ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida paydo bo’lib, keng umum sotsiologik ma`noda tegishli atama sifatida birinchi marta AQSH da 30 - yillarda yuzaga keldi va G’arbdagi sotsiologiyada har bir fuqaroni ishsizlik tufayli iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan aziyat chekishdan, kasallik tufayli, farzand tug’ilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishi yoki kasb xastaligiga yo’liqishi, nogironligi, qariligi, boquvchisidan ajralib qolganligi uchun daromadidan mahrum bo’lishi yoki uning keskin kamayishidan himoya qilish chora - tadbirlarini belgilash uchun sekin-asta tarqala boshladi. Mavjud adabiyotlarda ijtimoy himoya qilish tushunchasining ta`rif va talqinlari turlicha. Bunga misol qilib olsak, iqtisod fanlari doktori, professor Q. Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida chop etilgan "Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi" kitobida ijtimoiy himoya qilish tizimi - bu huquqiy, ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy kafolatlarining butun bir tizimini tashkil etadi va tirikchilik vositalarini ta`minlash uchun mehnatga layoqatli fuqarolarga hamda aholining nochor qatlamlariga (davlat hisobidan, lekin bu qonun bilan belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmasligi lozim) shart - sharoitlar yaratib berish, degan ta`rifni keltiradi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov bugungi ezgu maqsadimiz mamlakat taraqqiyoti va faravonlikka erishishning yagona yo’li bu faqatgina izlanish, yangilanish va islohotlar yo’lidagi olg’a intilish ekaniga urg’u berib o’tgan edi. Darhaqiqat, demokratik jamiyat muayyan ma`noda ijtimoiy asoslarni birlamchi manba sifatida qabul qiladi. Ijtimoiy asoslari bo’lmagan jamiyat o’z taraqqiyotida sobit bo’la olmaydi. SHu ma`noda demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun ijtimoiy siyosat tizimi muhim rol o’ynaydi. Ushbu holatdan kelib chiqqan holda, avvalo ijtimoiy siyosat tushunchasi va uning mohiyatiga to’xtalish lozim. Avvalo, ushbu so’z birikmasidan har bir so’zning ma`nosiga to’xtalsak. "Ijtimoiy" atamasi arabcha bo’lib, "yakdillik", "hamkorlik" ma`nolarini anglatadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling