Ijtimoiy siyosatni shakllantirishning asosiy omillari
Makroiktisodiy sharoitlar
Demografik vaziyat
Tarixiy va milliy an`analar
Makroiktisodiy sharoitlar
Demografik vaziyat
Tarixiy va milliy an`analar
Axoli kadriyatlari
Madaniyat
Siyosat—bu avvalambor insonning xatti-harakatidir. Siyosatning o’zagida ma`lum bir shaxs yoki ijtimoiy guruxning o’z obruyi va kuchi orqali boshqa shaxs va ijtimoiy guruxlarga o’z xoxishi va irodasini o’tkazishi. Xo’sh, siyosat nima? U boshqa ijtimoiy xodisalardan qanday farq qiladi? Siyosat - murakkab ijtimoiy xodisadir. Uning tabiati va mazmunini ochib berish oson ish emas. U ilmiy adabiyotlarda ham keng, ham tor ma`noda ishlatiladi.
Keng ma`noda kishilar ko’pincha har qanday maqsadga muvofiq ijtimoiy faoliyatni siyosat deb atashadi. By tushuncha u yoki bu jarayonni boshqarish bilan aynanlashtiriladi. M.Veber o’zining mashhur "Siyosat ham mayl, ham kasb sifatida" maqolasida shunday deb yozadi: "Siyosat deganda biz nimani tushunamiz? Bu tushuncha nihoyatda keng ma`noga ega va mustaqil boshqaruvga doir faoliyatning barcha ko’rinishlarini o’z ichiga oladi. Banklarning valyuta siyosati, kasaba uyushmasining ish tashlash vaqtidagi siyosati to’g’risida gapiriladi, shahar yoki qishloq jamoasining maktablarga oid siyosati, korporatsiya, rahbarining boshqaruv siyosati va nihoyat, hatto o’z erini boshqarishga intilayottan aqlli xotin siyosati haqida gapirish mumkin".1
Siyosat tushunchasi ko’pincha tor va tom ma`noda ishlatiladi. Bu holda u jamiyatning mustaqil sohalaridan birini, ya`ni, iqtisodiyot va madaniyat bilan bir qatorda bo’lgan sohani belgilash uchun foydalaniladi.
Tor ma`noda siyosat davlat hokimiyati idoralari, siyosiy partiyalar, manfaat guruhlarining mamlakatda tinchlik-totuvlikni, ijtimoiy barqarorlikni, xavfsizlikni ta`minlash bo’yicha faoliyatini anglatadi. Bu tushuncha davlatlarning, turli siyosiy kuchlarning, tashkilotlarning xalqaro maydondagi xavfsizlikni ta`minlash bo’yicha faoliyatini ham o’z ichiga oladi.
Siyosat- bu ijtimoiy guruhlar va insonning ziddiyatli jamoa manfaatlarini anglash, butun jamiyat uchun majburiy bo’lgan qarorlarni ishlab chiqish va ularni davlat hokimiyati yordamida amalga oshirish faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |