2-Mavzu: IJTIMOIY SIYOSAT PREDMETI, OB`EKTI VA SUB`EKTLARI
Reja:
1. «Ijtimoiy siyosat» ob`ekti, ijtimoiy siyosatning xususiyati va axamiyati.
|
|
2. Ijtimoiy soxani rivojlantirish zaruriyati.
|
|
3. Bozor iktisodiyotiga o’tishda ta`lim tizimini tartibga solish.
|
|
1.«Ijtimoiy siyosat» ob`ekti, ijtimoiy siyosatning xususiyati va axamiyati.
Ijtimoiy siyosat deganda muayyan davlat xokimiyatining ijtimoiy soxa buyicha uz oldiga kuygan vazifa va maksadlarini amalga oshirish bilan boglik siyosati tushuniladi. Bu siyosat bevosita Aholining turmush darajasini oshirish bilan boglik siyosat bulib, unga:
– daromad siyosati;
– ijtimoiy ta`minot va mexnat bozorlarini shakllantirish;
– Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sifatini yaxshilash kabilar kiradi.
Ijtimoiy siyosatning ob`ekti – ijtimoiy soxadir torroq manoda sotsial soha. Sotsial soha iqtisodiy tizimning alohida tarkibiy qismi hisoblanadi. Sotsial sohaning mohiyatini yoritishda turli yondashuvlar mavjud. Xalq xo’jaligi tarkibi nuqtai nazaridan sotsial soha aholining belgilangan turmush darajasi va tarzini bevosita ta`minlovchi tarmoq, korxona va tashkilotlar yig’indisi deb tushuniladi. SHunday tarmoq, korxona va tashkilotlarga asosan sotsial xizmat ko’rsatish sohalari – ta`lim muassasalari, sog’liqni saqlash, transport tashkilotlari, sotsial ta`minlash organlari, madaniyat, sport va boshqa muassasalar kiradi 2.
Sotsial soha tushunchasini aniqlashda taxminan shu kabi yondashuv ko’plab o’quv va ilmiy adabiyotlarda qayd etiladi. Sotsial sohani aniqlashdagi tarkibiy yondashuv mamlakat xalq xo’jaligi tizimidagi shu sohaning tashkilot va idoralarining o’rnini o’rganish, ularning yillar bo’yicha o’sish sur`atini ko’zatish, sotsial sohaga oid davlat byudjeti xarajatlarining o’zgarishini o’rganishga imkon beradi. SHuni ta`kidlash lozimki, sotsial sohaning bunday tushunchasida mexanik va sof statistik yondashuv ustundir. Ijtimoiy siyosat kategoriyasi sifatida sotsial sohaning to’liq mohiyati yoritilmagan.
Mazkur o’quv qo’llanmada, mualliflar fikricha, sotsial soha, iqtisodiy kategoriya bo’lib, sotsial mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish, iste`mol qilish jarayonidagi munosabatlar yig’indisini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |