Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Mintakada Aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni rivojlantirish
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
Mintakada Aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni rivojlantirish
O’zbekiston iktisodiyotida maishiy xizmat ko’rsatish tarmogi muxim axamiyat kasb etadi. U uz ichiga bir–biri bilan boglik bulgan kuyidagi soxalarni oladi: 1. Poyabzalni tikish va tiklash; 2. Muyna–teri maxsulotlarini tikish va ta`mirlash; 3. Bosh kiyimlarni tiklash; 4. Uy–jixozlarni tiklash; 5. Uy xujaliklarida ishlatiladigan texnikani ta`mirlash; 6. Avtomashinalarni ta`mirlash; 7. Aholining buyurtmalari bilan uy–joylarni kurish va tiklash; Foto va kino laboratoriyalar; 9. Xammomlar; 10. Kir yuvish xonalari, ximchistkalar; 11. Sartaroshxonalar; 12. Prokat punktlarining xizmatlari; 13. Mebellarni Aholining buyurtmasi bilan ishlab chikarish va tiklash. Mintakada bozor iktisodiyotiga utish sharoitida bu xizmat turlarini davr talablariga javob beradigan darajada rivojlantirish, tartibga solish va muvofiklashtirish kechiktirib bulmas vazifaga aylandi. Maishiy xizmat tarmogi faoliyatining barkarorlashtirilishini ta`minlovchi vazifalar kuyidagilardan iborat: 1. Maishiy xizmatlarning kup xilligini ta`minlash va takomillashtirish. 2. Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarining ratsional joylashishini amalga oshirish va ularni zamonaviy uskunalar bilan kurollantirish. 3. Aholiga xizmat ko’rsatishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash. 4. Ishlab chikarish kuvvatlari, transport vositalari va asosiy fondlardan tula–tukis foydalanish. 5. Bajariladigan ishlar va xizmatlarning texnik va standart talablarga javob berishini ta`minlash. 6. Tarmoklarning boshkaruv tizimini takomillashtirib, bozor iktisodiyotiga moslashtirish. 7. kishlok Aholisiga maishiy xizmat ko’rsatish darajasini shaxar darajasiga yakinlashtirish. Xizmat ko’rsatishning muvaffakiyati kup jixatdan xodimlar malakasiga, ragbatlantirish tizimiga boglik. Aholi tomonidan maishiy xizmatga sarflangan xar bir sum uy xujaligini yuritishga ketadigan 1,5 soatlik mexnatni tejash va shunga muvofik Aholining bush vaktini kupaytirish imkonini beradi, ya`ni ijtimoiy natijalarining iktisodiy kiymati un sumga tengdir. Demak, maishiy xizmat korxonalari kanchalik yaxshi rivojlansa, xizmat ko’rsatish sifati kancha yukori bulsa, umumiy ijtimoiy samara xam shunchalik yukori buladi. Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tarmogini rivojlantirishda ishlab chikarish bazasini takomillashtirish katta axamiyatga ega. Korxonalarning kuvvati va ulchamlari Aholiga xizmatlar ko’rsatish mikdori bilan, bu jarayonni rivojlantirish esa kuyidagi amallarga boglik: 1. Aholiga maksimal qulayliklar yaratish; 2. Aholining vakt sarflarini tejash; 3. Maishiy xizmat korxonalari binolarining loyixalarini yangi tipda yaratish; 4. Maishiy xizmatlarning kompleks punktlarini tuzish asosida kursatiladigan xizmatlar sifatini oshirish; 5. Maishiy xizmatlarni yangi texnologiyalar asosida tashkil etish; 6. Maishiy xizmat korxonalarining optimal ulchamlarini aniklash. Maishiy xizmat tarmogining vazifalariga bu xizmatlarni kishlok joylarda tashkil etish xam kiradi. Bu esa kishloklarda Aholi bandligini oshiradi, maishiy xizmatga bulgan extiyojni kondiradi. Ayniksa xammom, sartaroshlik, poyabzal tikish va ta`mirlash, elektr asboblari ta`miri kabi xizmatlar Aholining vaktini tejash imkonini beradi. Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tarmogini reja asosida tartibga solishda kuyidagi kursatkichlardan foydalaniladi: 1. Aholiga shu jumladan, kishlok Aholisiga maishiy xizmatlar ko’rsatishning umumiy xajmi; 2. Aholiga maishiy xizmatlar ko’rsatishning umumiy xajmida yakka tartibda faoliyat yurituvchilar ulushi; 3. Aholiga xizmat ko’rsatish jarayonida ishlab chikarishga ilgor texnikani, texnologiyani, avtomatlarni joriy etish, 4. Bozor iktisodiyoti sharoitida aholiga maishiy xizmat ko’rsatish soxalarini tartibga solish. Bozor iktisodiyotiga utish sharoitida maishiy xizmat ko’rsatish soxasi aholi uchun juda zarur, ammo bu soxa faoliyati xamon talab darajasida yulga kuyilmagan. Ayniksa, xammom, sartaroshxona, kimyoviy tozalash, poyabzal tikish va ta`mirlash, kiyim tikish atel’elarida xizmat ko’rsatish kungildagidek emas. kishlok joylarida esa maishiy xizmat ko’rsatish umuman talabga javob bermaydi. Kiskacha xulosalar Ijtimoiy siyosat – muayyan davlat xokimiyatining ijtimoiy soxa buyicha uz oldiga kuygan vazifalari va maksadlarini amalga oshirish bilan boglik siyosatdir. Kuchli ijtimoiy siyosat ta`lim va soglikni saklash soxalarini yanada rivojlantirish, nafaka bilan ta`minlash tizimini takomillashtirish, aholining ish bilan bandligini oshirish, ishsizlikni kamaytirish va kishilarni turli tabiiy ofatlardan ximoya kilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Davlat va jamiyat uzluksiz ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo’lishini xamda o’zgarishlarga moslashtirilishini ta`minlaydi. Inson huquqlari, ta`lim, bola huquqi soxasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi kadrlar tayyorlash soxasida jaxonning ilgor tajribasini hisobga olish uzluksiz ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jixatlariga daxldor bulib, uning rivojlanish omillaridan biridir. Ijtimoiy soxaning bir bulagi bulgan «sog’likni saqlash»ga davlat tomonidan katta e`tibor karatilmokda. Bu soxaga ajratilgan mablag’lar yildan yilga oshib bormokda. Uy–joy va kommunal xujaligi aholining turmush darajasiga bevosita ta`sir kursatuvchi soxalardan biridir. U turli mintakada turli darajada rivojlangan. Unga asosan – sanoatning rivojlanishi, mintakaning geografik joylashuvi, milliy urf–odatlar shu kabilar sababdir. Uy–joy va kommunal xujaligini faoliyatini taxlil etish va prognozlashtirish bilan viloyat, shaxar va tuman iktisodiyot va statistika boshkarmalari xamda Uy–joy va kommunal xujalik vazirligining mintakadagi tegishli tashkilotlari shugullanadi. Kommukal xujalik shaxar va kishloklarning obodonchiligi va sanitariya xolatini yaxshilashga xizmat kiluvchi soxalardan biri. U o’z tarkibiga shaxar va kishloklarni kukalamzorlashtirish, ichimlik suv bilan ta`minlash, issiklik energiyasi, gaz ta`minoti, yirik shaxarlarda esa, shuningdek, elektr transporti tarmoklarini oladi. Bozor iktisodiyotiga utish davrida uy–joy, kommunal xujaligini islox kilish dolzarb masalalardan biridir. Kommunal xo’jaligini davlat tasarrufidan chikarish ijaraga berish, auktsionda mexant jamoalari tomonidan sotib olish shakllarida amalga oshiriladi. Viloyatlarda maishiy xizmat ko’rsatish tarmog’ini yaxshi rivojlantirishning kompleks chora–tadbirlarini amalga oshirish zarur. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling