4- Mavzu: IJTIMOIY SIYOSATNI SHAKLLANTIRISH VA AMALGA OSHIRISHDA CHET eL TAJRIBASI
Reja:
1. Dunyo davlatlari ijtimoiy himoya tizimi.
2. “Sotsial bozor iqtisodiyoti” Germaniya modeli.
3. Sotsial iqtisodiyotning Amerika modeli.
4. “Sotsial yo’naltirilgan iqtisodiyotning” SHvetsiya modeli.
5. Sotsial iqtisodiyotning Rossiya modeli.
1. Dunyo davlatlari ijtimoiy himoya tizimi.
Baholarni erkinlashtirish, savdo tizimi va maishiy xizmat sohasining bir maromda xususiylashtirib borilishi ham inson manfaatlariga zid kelmaydigan tarzda amalga oshirilishi lozim. Iste`mol mollarining ko’pini o’zimiz etishtirishni ta`minlash uchun mahalliy ishbilarmonlarga har tomonlama yordam ko’rsatish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, qishloq joylarda savdo shaxobchalari va maishiy xizmat muassasalarini ko’plab barpo etish ana shu maqsadlarga olib boradigan yo’ldir. O’zbekistonda xususiylashtirish jarayonlarining borishi va xo’jalik yurituvchi sub`ektlarining mulkchilik shakllari bo’yicha tarkibi, iste`mol mollarini ishlab chiqarish sohasidagi yutuqlarga e`tibor beradigan bo’lsak, respublikamizda erkinlashtirish jarayonlari aniq maqsadda amalga oshirilayotganligining guvohi bo’lamiz.
SHunisi aniqki, har bir etuk jamiyat uchun inson eng oliy maqsad hisoblanadi. Insonni ulug’lamay, uning qadr-qimmatini o’z o’rniga qo’ymasdan turib demokratik va odil jamiyatni barpo etib bo’lmaydi. Mamlakatimizda inson manfaatlariga e`tiborning oshib borayotganligi ham ijtomoiy kafolatlarni davr talablari darajasiga ko’tarishga bo’lgan urinishlarni bildiradi.
Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tilishi munosabati bilan aholini kuchli ijtimoiy himoyalash siyosatini olib borishda va bu tamoyilni yanada rivojlantirish va takomillashtirishda, uning yanada aniq maqsadli va adresli yo’naltirilishida dunyodagi taraqqiy etgan davlatlarning bu sohadagi tajribalarini o’rganish, tahlil etish va ularning ijobiy yutuqlaridan amalda foydalanish, ba`zi elementlarini xalqimiz milliy qadriyatlariga va xususiyatlariga mos ravishda tadbiq etish masalalari respublikamizning jahon hamjamiyatiga yanada jadalroq kirib borishiga (integratsiyasiga) sabab bo’ladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash va uni kafolatlash masalalarida davlatning roli va vazifalari bo’yicha Jahon banki iqtisodiy rivojlanish Instituti inson resurslari bo’limining 1992- yilda tayyorlangan “Iqtisodiy o’sish davrida ijtimoiy islohotlar o’tkazish” (SPRITE) dasturiga ko’ra, Markaziy Evropa davlatlari va sobiq Ittifoqning 12 ta mustaqil davlati, shu ijtimoiy himoya (sotsial protection) va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (sotsial safety net) Kompleks rejalari asosida qator amaliy tadbirlar o’tkazilmoqda. Bu dasturning negizini ijtimoiy sug’urtalar (nafaqa sug’urtasi, kasallik sug’urtasi, ishsizlikdan sug’urta, tibbiy sug’urta, baxtsiz hodisalardan sug’urta, oilaviy va kam ta`minlanganlar uchun nafaqa) tadbiq etish tavsiya qilingan. Bu sug’rtalarning ba`zilari O’zbekistonda hozirning o’zidayoq amalga oshirilmoqda.
Dunyoda hozirgi davrda aholini ijtimoiy himoya qilishda bir qator modellar mavjud. Ulardan biri Skandinaviya mamlakatlarida (Finlandiya, SHvetsiya) qo’llanilayotgan sotsial-demokratik model bo’lib, bunday modelga ko’ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha ma`suliyatini o’z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |