O’zbekistonda mustaqillikkacha bo’lgan davrda xorijiy migratsion aloqalar quyidagi xususiyatlar bilan ifodalangan:
migratsiyaning yalpi hajmi o’sib borgan;
migratsiyaning yalpi hajmi 80-yillargacha asosan kelganlar hisobidan tashkil topgan bo’lsa, undan keyingi vaqtda ketganlar hisobidan tashkil topgan;
kelganlarning umumiy son qisqarib, ketganlarning umumiy soni o’sib borgan;
migratsiya manfiy saldosining hajmi ko’paygan;
xorijdan kelayotganlarning miqdori barqarorlashdi, ketganlarning miqdori ko’paygan.
O’zbekiston Respublikasining xorij mamlakatlariga ishchi kuchini eksport qilishi tufayli:
milliy daromadga xorijda ishlayotgan ishchilar mamlakatga valyuta olib kelishadi. Bu daromad hisobiga yangi ish joylarini barpo etish, ishsizlarni himoya etish uchun zarur bo’lgan mabla\larga ega bo’lish mumkin;
xorijda ishlab kelgan ishchilar o’zlari bilan birga eng zamonaviy bilimlarni, ishlab chiqarishdagi il\or tajribalarni, zamonaviy texnologiyani hamda yangi texnikani boshqarishni o’rganib qaytadilar;
shartnoma asosida ishlab kelganlar o’zlarining moddiy ahvolini yaxshilash uchun hamda oila a`zolarining ehtiyojlarini uchun mablag topib keladilar;
fuqarolar xorij korxonalarida mavjud bo’lgan mehnatni tashkil etish, mehnat intizomi, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish, unumli mehnat qilish, zamonaviy bilimlar bilan o’z onglarini boyitib qaytadilar;
mamlkatimizni o’zlarining mehnatsevarlik xarakterlari bilan jahonga tanitadilar, chet tillarni o’rganadilar, mehnat qilishni va malaka oshirish usullarini o’rganib keladilar.
8- mavzu; IJTIMOIY SIYOSATNI AMALGA OSHIRISHDA SOTSIAL INSTITUTLARNING O’RNI.
Reja:
1. Sotsial institut tushunchasi va turlari.
2. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda oila institutining ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |