Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet59/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

asosiy elementlar (modern): bozor; tovar – buyum, ularning ob`ektiv xususiyatlari boylik hisoblanadi; taklif; talab; mehnat – muayyan vaqtda, muayyan joyda tashkil etilgan sermahsul faoliyat; raqobat; innovatsiya va boshq.
postmodern davrida virtuallashtirish:
- qiymatni virtuallashtirish
- innovatsiyalarni simulyatsiya qilish
- mehnatni virtuallashtirish («ish vaqti iqtisodiy mazmunga emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega»)
Ishlab chiqarishdan iqtisodiyotga.
► Siyosat institutlari. Hokimiyatga ega bo’lish muammolarini qo’yish va hal etish usullarini belgilovchi me`yorlar majmui.
asosiy elementlar (modern): harakatlar dasturi; (mafkura); islohot; tashkilot (partiya); jamoatchilikning qo’llab-quvvatlashi
postmodern davrida virtuallashtirish:
- hozir siyosiy hokimiyat uchun kurash – bu harakatlar dasturining raqobati emas, balki siyosiy imijlarning kurashidir;
- siyosatchining real shaxsi va faoliyati faqat “axborot sababi” sifatida kerak xolos;
- ommaviy demokratiya institutlarining virtuallashtirilishi – saylovlar, davlat, partiyalar.
Boshqaruvdan siyosatga.
► Ilm-fan institutlari. Haqiqatni ochish va malaka oshirish muammolarining hal etilishini ta`minlovchi me`yorlar majmui.
asosiy elementlar (modern): fakt – sezgi organlari tomonidan qayd etiladigan narsalarning holati; kashfiyot – narsalarning yangicha holatini aniqlash; tadqiqot – faktlarni yig’ish va ularni bir tizimga solish jarayoni; bilimga asoslanganlik – faktlar«zahirasi»ga ega bo’lish.
postmodern davrida virtuallashtirish:
- ilm-fan bugungi kunda – bu haqiqatni izlash emas, balki til bilan bog’liq o’yinlar turi, modellarni manipulyatsiya qilishdir;
- moddiy eksperiment ko’p hollarda real voqelikda referentga ega bo’lmagan modellarda tajriba o’tkazishga almashilyapti;
- farovonlikka murojaatni moliyaviy samaradorlikka murojaat bilan almashtirish;
- ilmiylikning haqiqiylikdan ajralishi;
- kompetentsiyani simulyatsiya qilish.
Bilimlarni oshirishdan” “ilmiylikka”
► San`at institutlari. Badiiy qadriyatlarni yaratish va saqlash muammolarini qo’yish hamda hal etish usullarini belgilovchi me`yorlar majmui.
asosiy elementlar (modern): asar – buyum bo’lib, uning hissiy idroki ezgulikdir; ijod – o’ziga xos asarni yaratish; did – ijodg’idrok etish qobiliyatiga ega bo’lish; badiiy yo’nalish; taqdimot (ko’rgazma, spektakl’) va boshqalar.
postmodern davrida virtuallashtirish:
- “go’zallikni” turlicha tushunish
- tsitata keltirish san`at tamoyili sifatida
- asar yaratish PR–aktsiyalar majmuiga aylanadi
Ijoddan “san`at bilan shug’ullanishga ”.
Ijtimoiy institutlarning turlari va funktsiyalari. Har bir institut o’ziga xos bo’lgan ijtimoiy vazifani bajaradi. Ushbu ijtimoiy vazifalarning yig’indisidan ijtimoiy tizimning muayyan ko’rinishi sifatidagi ijtimoiy institutlarning umumiy ijtimoiy vazifalari yig’ilib boradi. Mazkur vazifalar turli-tumandir. Turli yo’nalishda faoliyat yurituvchi sotsiologlar ularni tasniflashga, ularni tartibga solingan muayyan tizim sifatida tasavvur qilishga urinib ko’rishgan. «Instituttsional maktab» uning eng to’liq va qiziqarli tasnifini taqdim etadi. Sotsiologiya fanining institutlashtirish maktabi vakillari (S.Lipset; D.Landberg va boshq.) sotsial institutlarning to’rtta asosiy vazifasini ajratadi:
1) Jamiyat a`zolarini ko’paytirish. Oila ushbu vazifani bajaruvchi asosiy institut hisoblanadi, ammo unga davlat kabi boshqa institutlarning ham aloqasi bor.
2) Ijtimoiylashuv – individlarga ushbu jamiyatda o’rnatilgan xulq-atvor va faoliyat usullarining namunalarini berish – oila, ta`lim, din va boshqa institutlar.
3) Ishlab chiqarish va taqsimlash. Boshqaruv va nazorat kabi iqtisodiy-ijtimoiy institutlar tomonidan ta`minlanadi – hokimiyat organlari.
4) Boshqaruv va nazorat vazifasi xulq-atvorning tegishli turlarini amalga oshiruvchi ijtimoiy me`yorlar va ko’rsatmalar tizimi orqali amalga oshiriladi: axloqiy va huquqiy me`yorlar, urf-odatlar, ma`muriy qarorlar va hokazo. Sotsial institutlar individning xulq-atvorini rag’batlar va sanktsiyalar tizimi orqali boshqaradi.
Sotsial institutlar bir-biridan o’zining funktsional sifatlari bilan farq qiladi:
1) Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar – mulk, ayirboshlash, pullar, banklar, turli tipdagi xo’jalik birlashmalari – iqtisodiy hayotni ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan birlashtirgan holda ijtimoiy boylikni ishlab chiqarish va taqsimlashning butun yig’indisini ta`minlaydi.
2) Siyosiy institutlar – davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari va siyosiy hokimiyatning muayyan shaklini o’rnatish va saqlab turishga yo’naltirilgan siyosiy maqsadlarni ko’zlovchi boshqa turdagi jamoat tashkilotlari. Ularning yig’indisi ushbu jamiyatning siyosiy tizimini tashkil etadi. Siyosiy institutlar mafkuraviy qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni va turg’un saqlanishini ta`minlaydi, jamiyatdagi etakchi ijtimoiy-sinfiy tuzilmalarni barqarorlashtiradi.
3) Ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy institutlar o’zlariga madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni o’zlashtirish va ularni aks ettirishni, individlarni muayyan submadaniyatga kiritishni, xulq-atvorning turg’un ijtimoiy-madaniy andozalari orqali individlarni ijtimoiylashtirishni va nihoyat, muayyan qadriyatlar va me`yorlarni himoya qilishni maqsad qilishadi.
4) Me`yoriy-yo’naltiruvchi institutlar – individlarni axloqiy-etik yo’naltirish va ularning xulqini boshqarish mexanizmlari. Ularning maqsadi xulq-atvor va motivatsiyaga ma`naviy dalilni, etik asosni berishdan iborat. Ushbu institutlar hamjamiyatda imperativ umuminsoniy qadriyatlarni, maxsus kodekslar va xulq etikasini tasdiqlaydi.
5) Me`yoriy-tasdiqlovchi institutlar – yuridik va ma`muriy hujjatlarda biriktirilgan me`yorlar, qoidalar va ko’rsatmalar asosida xulq-atvorni ijtimoiy jihatdan tartibga solishdir. Me`yorlarning majburiyligi davlatning majburiy kuchi va tegishli sanktsiyalari tizimi bilan ta`minlanadi.
6) Tantanali-ramziy va vaziyatli-konventsional institutlar. Ushbu institutlar konventsional (shartnoma bo’yicha) me`yorlarni u yoki bu darajada uzoq qabul qilishga, ularning rasmiy va norasmiy mustahkamlanganligiga asoslangan. Ushbu me`yorlar kundalik o’zaro aloqalarni, guruhli va guruhlararo turli tuman xulq-atvor aktlarini tartibga soladi. Ular bir-birining xulq-atvor tartibi va usulini aniqlaydi, axborot berish va almashish, salomlashish, murojaat qilish usullari va h.k.ni, yig’ilishlar, majlislar reglamenti, biror bir birlashmalar faoliyatini aniq qat`iy belgilaydi.
Jamiyat yoki hamjamiyat sifatida chiqadigan ijtimoiy muhit bilan o’zaro me`yoriy aloqaning buzilishi ijtimoiy institut disfunktsiyasi deyiladi. YUqorida qayd etib o’tilganidek, u yoki bu ijtimoiy ehtiyojni qondirish konkret sotsial institutning shakllanish va faoliyat yuritish asosi hisoblanadi. Ijtimoiy jarayonlarning jadal kechishi, ijtimoiy o’zgarishlar sur`atining tezlashishi sharoitlarida, o’zgargan ijtimoiy ehtiyojlar tegishli sotsial institutlar tuzilmasi va funktsiyalarida mos tarzda aks etmaydigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Ularning faoliyati natijasida disfunktsiya vujudga kelishi ehtimoli bor. Mazmun nuqtai-nazaridan disfunktsiya institut faoliyati maqsadining ravshan emasligida, funktsiyalarning noaniqligida, uning ijtimoiy nufuzi va obro’sining tushib ketishida, uning alohida funktsiyalarining «ramziy», marosimiy faoliyatgacha, ya`ni oqilona maqsadga erishishga yo’naltirilmagan faoliyatda ifodalanadi.
Sotsial institut faoliyatining shaxsiylashuvi uning disfunktsiyasining yaqqol ifodasidan biri hisoblanadi. Ma`lumki, sotsial institut o’zining ob`ektiv harakat qiluvchi mexanizmlari bo’yicha faoliyat ko’rsatadi. Bunda har bir kishi me`yor va xulq-atvor namunalari asosida o’z mavqeyiga mos ravishda muayyan rolni o’ynaydi. Ijtimoiy institutni shaxsiylashtirish alohida shaxslarning manfaati, ularning shaxsiy sifatlari va fazilatlariga qarab o’z funktsiyalarini o’zgartirgan holda ob`ektiv ehtiyojlar va ob`ektiv ravishda belgilangan maqsadlarga muvofiq tarzda harakat qilishdan to’xtaydi. Qondirilmagan ijtimoiy ehtiyoj institut disfunktsiyasini to’ldirishga intiluvchi me`yoriy tarzda tartibga solinmagan faoliyat turlarining stixiyali paydo bo’lishini mavjud me`yor va qoidalarni buzish hisobiga yuzaga keltirishi mumkin. Bunday turdagi keskin shakllarga ega bo’lgan faollik huquqqa zid faoliyatda ifodalanishi mumkin.
Xususan, ba`zi iqtisodiy institutlarning disfunktsiyasi «yashirin iqtisodiyot» mavjud bo’lishining sababchisiga aylanadi, chayqovchilik, poraxo’rlik, o’g’irlik va hokazolarga olib keladi. Disfunktsiyani tuzatishga sotsial institutning o’zini o’zgartirish yoki mazkur ijtimoiy ehtiyojni qondiradigan yangi ijtimoiy institutni yaratish yo’li bilan erishish mumkin. Tadqiqotchilar sotsial institutlar mavjudligining ikkita shaklini ajratishadi: oddiy va murakkab. Oddiy sotsial institutlar – kishilarning tartibli birlashmalari bo’lib, ular institut a`zolari tomonidan ijtimoiy qadriyatlar, ideallar, me`yorlarga bog’liq bo’lgan o’zlarining ijtimoiy rollarini bajarishlari asosida birgalikda maqsadga erishishni ta`minlovchi muayyan ijtimoiy ahamiyatga ega funktsiyalarni bajarishadi. Ushbu darajadagi boshqaruvchi tizim mustaqil tizimga ajralmagan. Ijtimoiy qadriyatlar, ideallar, me`yorlarning o’zi ijtimoiy institut mavjudligining turg’unligini va faoliyat yuritishini ta`minlaydi. SHuningdek sotsial institutlar rasmiy va norasmiylarga, funktsiyalar esa yaqqol va yashirinlarga bo’linadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling