Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda oila institutining ahamiyati


Download 1.46 Mb.
bet60/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

2. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda oila institutining ahamiyati.
Ma`lumki, har bir davlatning o’z ijtimoiy siyosati bo’ladi. Bu tizim siyosatning o’ziga xos shaklini va xususiyatini belgilaydi. XXI asr boshlarida jahon davlatchilik nazariyasida va amaliyotida qonun ustuvorligiga qat`iy rioya qilishga intilish kuzatilmoqda. Bunday tendensiya siyosatdagi yangi qirralarning, avvalo undagi ijtimoiy funksiyalarning kuchayishiga olib kelmoqda. SHu ma`noda jamiyatning ijtimoiy siyosati bugungi dunyo davlatchiligidagi muhim belgilaridan biridir.
O’zbekistonda bozor munosabatlarining o’tish joriy etilishi oila institutiga bo’lgan munosabatga ham muayyan o’zgarishlar kiritdi. Oilaning reproduktiv, ekzestensial va sotsial vazifalariga muayyan o’zgarishlar kiritdi. Oila jamiyatning bevosita diqqat markazida bo’lib bormoqda.
Oila masalasi davlat siyosatining markazida turibdi, chunki jamyatdagi o’zgarishlar bevosita oilaga ham ta`sir etadi. Ijtimoiy siyosatda bu holat doimo hisobga olinmoqda. 1998-yil muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Oila yili” deb e`lon qilinganligi ma`lum. Oilaga munosabat bizda butunlay bo’lakcha – biz oilaparvar xalqmiz. Davlat dasturida ana shu holatlar hisobga olindi. Oila bilan bog’liq merosimizni, an`analarimizni, jamiyatimizning yangi bosqichidagi istiqbollariga nazar tashlandi. Oila jami ijtimoiy sa`y-harakatlar markazida bo’lib qolishi haqida tadbirlar belgilandi. SHu bilan birga, oila mustahkamligiga tahdidlar ham paydo bo’layotganligi ijtimoiy siyosatga muayyan o’zgarishlar kiritishni ham taqazo etmoqda.
Bu muammolar jumladan oiladagi ajralishlar, nikohgacha bo’lgan jinsiy aloqalar, nikohsiz tug’ilganlar, tug’ilish jarayonining tartibsizligi kiradi. Ota-onlarning farzand tarbiyasidagi mas`uliyatsizligi bolalar o’rtasida jinoyatchilikning o’sishiga olib kelyapti. Bu to’la bo’lmagan yo otasiz, yo onasiz oilalar yolg’iz oilalarda tarbiyalangan bolalardan ko’pincha jinoyatchilar chiqayotganligi kuzatilmoqda. Kvazi oilalar, lesbiyankalar, nikohsiz tug’ilganlar aslida ota-onalardagi mas`uliyatsizlik natijasida paydo bo’lmoqda. Bu oila deviatsiyasining o’sishi, ya`ni alkogol va narkotik iste`mol qilish, oiladagi zo’ravonlik hatto insestuoz zo’ravonlikning mavjudligi tufaylidir.
Bunga sotsial iqtisodiy muammolarni sabab qilib ko’rsatishadi. Bu unchalik to’g’ri emas, chunki uning ildizlari ancha uzoqqa borib taqaladi.
Bu muammolarning ildizi XVII-XX asrlarda dunyoda boshlangan industrlashtirish boshlanishi bilan bog’liq. Industrlashtirish demografik siyosatga ham ta`sir ko’rsatdi va tug’ilish keskin kamayib bordi. Ko’p bolali oila emirilishi uzoq davom etgan jarayon hisoblanadi.
Hozirgi kunda sotsial-iqtisodiy muammolar oila inqirozini yuzaga chiqardi, xolos. Oiladagi salbiy jarayonlar global xarakterga ega, ya`ni mehnat taqsimoti va yollanma mehnatga asoslangan yirik mashinalar ishlab chiqarishni industrial davridan o’tgan hamma xalqlarda yoki mamlakatlarda oila inqirozi namoyon bo’lmoqda.
Oiladagi noma`qul tendensiyalarning sababi hayot moddiy sharoitining o’zgarishida emas, balki hozirgi zamon industrial jamiyatlardagi hayot tarzini o’zgarishi bilan bog’liqdir. CHunki oila inqirozi nafaqat qoloq mamlakatlarda, balki rivojlangan Evropa va AQSH da ham namoyon bo’lmoqda.
Sobiq mustabid tuzum makonidagi mamlakatlarni tarixiy rivojlanish yo’lidagi o’ziga xoslik shundaki, bu hudud sotsialistik g’oyani tez va zo’ravonlik yo’li bilan amalga oshirish maydoniga aylangan edi. Bu g’oyani totalitar ruhda ekanligi umuman sotsial muammolarni jumladan, oila va demografik muammolarning xarakterini belgilab berdi.
Oiladagi inqirozli tendensiyalar tasodif emas yoki to’g’ri yo’ldan og’ish emas, balki fundamental jarayonlarning yaqqol ko’zga tashlanadigan keskinlashuvidan iborat. SHuning uchun sotsial-iqtisodiy tushkunlik tugagandan so’ng oila hayotining normal rivojlanishiga yo’l ochiladi. Buning uchun oilaga jamiyat tomonidan maqsadli ta`sir o’tkazish kerak.
Davlatning boshqaruvchilik roli saqlanib qolgan holda ham mulkchilik makonida raqobat jarayoni va bozor munosabatlariga asoslangan sotsial-iqtisodiy rivojlanish davom etaveradi. Mulkchilikdagi tabaqalanish oila institutida muayyan keskinliklarga sabab bo’ladi. Oila institutlarida ijtimoiy yo’naltirilgan siyosatni izchil olib borishni muhim qilib qo’yadi. SHuning uchun oila munosabatini ikkiga bo’lish mumkin, ya`ni oila muammosini o’rganadigan va uni amaliy hal qilishni ishlab chiqadigan aspektda yondashuv lozim. Demak, oilaga yondashuvda ikkita paradigmaga amal qilinadi, ya`ni modernizatsiya paradigmasi va ikkinchisi oila inqirozi paradigmasi.
Birinchi paradigma doirasidan oiladagi pozitiv va negativ o’zgarishlar an`anaviy oila turi o’rniga zamonaviy oila turi kelish sifatida, oila va aholi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash jarayoni sifatida tushuniladi va talqin qilinadi.
Oilani modernizatsiyalash jamiyatni modernizatsiyalashning bir qismi sifatida qaraladi. Bu paradigma doirasida faqat vaqtinchalik va loqal nomutanosibliklar, hamda muammoli vaziyatlar to’g’risida borishi mumkin. Bunday muammoli vaziyatlar o’tkinchi va yuzaki omillarning ta`siri natijasi, deb qaralgan. Ma`lumki, modernizatsiya jarayoni har joyda har xil bo’lgan va u ijtimoiy siyosatning ma`yorlarini bildirgan.
Mustabid tuzum davrida oilaga ham sinfiy yondashuv mavjud edi. Mustaqillik mamlakatda amal qilib kelinayotgan ijtimoiy siyosatning oilaga maqsadli yo’naltirilganligi ushbu institut nufuzini oshiryapti. SHu bilan birga dunyo miqyosida oilaga bo’layotgan tahdidlar ko’lami albatta, mamlakatimizdagi oilalarga ham ta`sir ko’satyapti. SHo’ro davrida oila jamiyat taraqqiyotidan ortda qolgan edi.
CHunki ijtimoiy siyosat oilani hisobga olmas edi. Globalizatsiya davridagi oila inqirozi esa undagi oilalarimizning ancha ortda qolganligida deb tushuntirilmoqda. Uni hisobga olmaslik muayyan noqulayliklarni keltirishi mumkin. SHo’rolar mafkurasi ko’p narsalarni jamiyatning o’zi tekislab, to’grilab oladi, davlat va jamiyat boshqaruvi markazlashgan hokimiyat qo’lidaku degan aqidaga rioya qilgan edi. Jahonda, jumladan sho’ro davrida yuz bergan. Ana shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xujumkor ijtimoiy siyosat yuritishni maqsad qilgan yurtboshi Islom Karimov yurgizayotgan siyosat, bu avvalo oila mustahkamligiga qaratilgan siyosatdir. Jamiyat oila jarayonlariga o’ziga xoslik bilan aralashib, mamlakatni yuksaltirish kafolati bo’lgan sotsial siyosatni oilaga etkazayotgan maqbul demografik siyosat olib borish oila inqirozini pasaytirish imkoni bermoqda.
Oilani sotsial institut sifatida barbod bo’lishi to’g’risidagi paradigma esa, oiladagi o’zgarishlarni vaqtinchalik, tasodifiy, deb emas, balki industrial-bozor tsivilizatsiyasiga xos xususiyatlar keltirib chiqargan global inqirozning ifodalanishi, deb qaralishi kerak.
Oila inqirozi paradigmasini izlanuvchan, o’z rolini anglagan oilalar chetlab o’tishi mumkun, lekin hozirgi zamon global muammosi (ekologik muammo kabi) oilani butunlay saqlash mushkul.
Oila inqirozi konseptsiyasi e`tiborni evolutsion rivojlanish yo’lidagi og’ishlarga emas, balki bozor industrial munosabatlarining natijasi o’laroq uning sotsial illatlariga qaratadi.
Inqirozning mohiyati sotsial-madaniy jarayonlar ya`ni, oilani sotsial axloqiy regulyatsiyasi zaiflashuvi sifatida namoyon bo’lmoqda. Masalan, madaniy ramziy qadriyatlar transformatsiyasi, nikoh, farzand ko’rish, oila avlodlarining birligi kabi an`anaviy qadriyatlarning pasayishi ko’zga tashlanyapti. SHuning uchun oila siyosati mana shu sotsial- madaniy jarayonlarni keltirib chiqaryotgan sabablarni topib, uni bartaraf qilishga qaratilishi lozim.
Oila inqirozi paradigmasi asosida oila institutini o’rganayotganlar kamchilik. CHunki uzoq yillar davomida familistika va demografiya marksizm-leninizm mafkurasi asosida o’rganilgan. Bu mafkuraga asosan oilani o’rganadigan hamma fanlarda shaxs va jamiyat manfaatining sun`iy birligi nuqtai nuqtai nazaridan yondashuv hukmronlik qilagan.
Bir tomonda oila va shaxs, ikkinchi tomonda jamiyat (davlat) manfaatlarini mutanosib, deb hisoblash madernizatsiya paradigmasining muhim xususiyatidir. Oilani rivojlantirish va aholini o’stirish sohasiga ham sotsializm davrida ham bir qadar e`tibor berilgan. Aholining tabiiy o’sishi mamlakatning istiqboli shu bilan bog’langan. Bolalarga nisbatan ustuvor siyosat oilalarga nisbatan g’amxo’rlik sifatida talqin qilingan. SHu bilan birga oiladagi salbiy o’zgarishlarni vaqtinchalik holatlar natijasi deb qaralgan.
Sovet tuzumining inqiroziga oila institutiga etarlicha axamiyat berilmaganlik ham sabab bo’ldi, deb aytishga etarlicha asoslar bor. Oilaga modernizatsiya paradigmasi asosida yondashuv hukumronligi natijasida oilalar ham inqirozga uchradi. Ba`zi bir hamdo’stlik mamlakatlarida hamon demografik holat xavotirli bosqichlardan chiqa olmayotganligi ham aynan oila inqiroziga sababchi. Oxirgi vaqtlarda oiladagi muammolarga oila inqirozi paradigmasi asosida yondashuv boshlandi, ya`ni, oiladagi salbiy o’zgarishlarga global inqiroz sababchi emasmikan, degan kontekst ustivor bo’la boshladi.
Bu ikkita paradigma o’rtasidagi kurash davom etmoqda. Oila modernizatsiyasi paradigmasiga asoslangan sotsialistik tizim tugagan bo’lsa ham o’shandagi paradigma saqlanib qoldi va u davom etmoqda.
Bu paradigmaning saqlanib qolganligi samarali siyosat olib borishni qiyinlashtirmoqda. Bu siyosatning zarurligi oila strukturasi va funksiyasidagi o’zgarishlarning nobop oqibatlari bilan belgilanadi. Tarixiy rivojlanishning (sponton) yo’li, ya`ni stixiyali rivojlanish yo’li bilan industrializatsiya, urbanizatsiya jarayoni va u bilan bog’liq boshqa jarayonlar natijasida kelib chiqqan edi. Ana shu turfa holatlar oilani sotsial instituti sifatidagi inqirozini ko’rsatdi.
O’z xarakteriga ko’ra global bo’lgan va o’z oqibatlariga ko’ra ekologik inqirozga teng bo’lgan bu jarayonlar mamlakatimizda o’ziga xos xarakterga ega. Bu o’ziga xoslik sovet va possovet davrida yuz bergan voqealar bilan belgilanadi.
Birinchi o’ziga xoslik davri shundaki oila transformatsiyasi yuz berdi. Uni tadrijiy rivojlantirish tabiiy, sun`iy ravishda tezlashtirdi. Oila funksiyasini bajarishdagi o’ziga xoslikni chetlab o’tib, faollikni kuchaytirishga intilish oila a`zolarini barobar iqtisodiyotiga tortish jarayoni totalitar davlat tomonidan majburan rag’batlantirildi. Ayniqsa, bu jarayon xalq xo’jaligini industlrlashtirish va kollektivlashtirish davrida namoyon bo’ldi. SHu sababli normal yo’ldan rivojlangan mamlakatlardan farq qilib bizda uning oqibatlari vayronkor bo’ldi.
Davlatni gipertrofiyalashgan roli ham shu bilan bog’liq edi. Davlatning bunday roli faqat oiladagi o’zgarish jarayonlarini tezlashtiribgina qolmay oila funksiyasini sotsial institutga emas davlat organlariga o’tkazishda ham namoyon bo’ldi. Superetatizatsiya, ya`ni butun sotsial hayotni davlatlashtirish oila inqirozini tezlashtirdi, oila va oila qadriyatlariga vayronkorona ta`sir qildi .
Oila hayotiga davlatning aralashuvi qanday bo’lishidan qat`i nazar (20-30 yy. zo’ravonlarcha, undan keyingi yillarda va turg’unlik yillarida qisman yumshoqroq) u oilaning inqirozni kuchaytiradi. Oila sho’ro davrida sotsial institut sifatida vayron bo’la boshlagan va 60 yillarning o’rtalaridan boshlab o’z funktsyasini deyarli bajarmay qo’ygandi.
Tarixiy rivojlanishning ikkinchi o’ziga xosligi hozirgi kunlarga ya`ni, postsovet davriga taalluqli.
Bu mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ba`zi xususiyatlari iqtisodiy, sotsial va siyosiy o’zgarishlarning xususiyatlari bilan bog’liq. Gap shundaki, islohotchilar bu o’zgarishlar jarayonida oila manfaatini etarli darajada e`tiborga olmaydilar.
O’zgarishlar jarayonida qabul qilinayotgan qarorlar oilaga yoki sotsial individ sifatida emas, balki alohida (izolyatsiyalashgan) individ sifatida qaramoqda. Oqibatda oiladagi o’zgarish jarayoni, oila qadriyatlarining devalvatsiyasiga (qadrsizlanishiga) sabab bo’lmoqda.
Bu mamlakatdagi sotsial-iqtisodiy va siyosiy inqiroz bilan bog’liq, deb hisoblanmoqda. Natijada oila muammolariga jamoatchilik tomonidan iqtisodiy islohotlarning inqiroz oqibati sifatida qaralmoqda. Oiladagi o’zgarishlar ko’p xollarda oila hayot darajasining pasayishi bilan bog’liq bo’ladi. Ayniqsa ko’p bolali oilalar va to’laqonli bo’lmagan oilalarda bu yaqqol seziladi.
Tarixiy rivojlanishining o’ziga xosligi oila siyosatini tubdan qayta ko’rib chiqishni taqazo etadi. bu oilani qashshoqlikdan himoya qiladigan, inflatsiya natijasida farovonlikning pasayib ketishidan himoya qiladigan barqaror davlat tadbirlarini ishlab chiqarishni talab etdi.
Oilalarga moddiy yordam berish ham shundan kelib chiqqan.
Bular oilaga nisbatan qisqa muddatli, cheklangan tadbirlar hisoblanadi. Mamlakatda uzoq istiqbolga belgilangan oila siyosatini ishlab chiqish kerak.
Oila siyosati – uzoq tarixiy jarayonda yo’qolib borayotgan oila hayot tarzi, uni qayta tiklashga qaratilgan davlat va jamiyat faoliyatidir. Oilaga xos bo’lgan sotsial funktsiyalarni qaytarishga qaratilgan faoliyatdir. Sotsiologik tilda aytganda, oilani sotsial institut sifatida mustahkamlashga qaratilgan faoliyatdir.
Bu siyosat faqat oilaga yo’naltirilgan siyosat emas. Aslida oila siyosati- oilaga qarshi bo’lgan zamonaviy tsivilizatsiyani o’zgartirishga qaratilgan faoliyatdir.
Faqatgina jamiyatni oila manfaati nuqtayi nazaridan islohot qilish uni inqrozdan olib chiqadi, sotsial funktsiyalarini qayta tiklaydi.
Oila siyosatini fundamental va uzoq muddatli vazifalar bilan birga qisqa muddatli maqsadlari, u yoki bu davrga taalluqli dolzarb vazifalari bo’lishi mumkin. Uni sotsial institut sifatida mustahkamlash alohida oilalarga hayotiy muammolarini hal qilishga sharoit yaratadi. Oila siyosatining asosiy tamoyillari quydagilar:
-Suverenitetlik tamoyili (davlatga bog’liq bo’lmagan mustaqillik)
-Ijtimoiy shartnoma tamoyili (Davlat bilan oila o’rtasida)
-Oila hayot tarzini tanlash erkinligi tamoyili
-Maqsadlarning yagonalik tamoyili (butun mamlakatga taaluqli).
-Sotsial ishtirok tamoyili (siyosatni amalga oshirishda ishtiroki).
Oila siyosatining strategik, uzoq muddatli maqsadi bo’lib u oilani sotsial institut sifatida mustahkamlashdan iborat. Bu maqsad oila hayot tarzini mustahkamlashda ifodalanadi va e`tiborni individga emas, uni oiladagi hayotiga va oilaga qaratishini talab qiladi. Hozirgi kunda butun dunyoda oiladagi o’zgarishlar fragmentar oilalar va oilasiz yashash shakllarini jamiyat tomonidan tan oldirish harakatlari o’sib bormoqda. SHuning uchun strategik maqsad bo’lgan oilani sotsial institut sifatida mustahkamlash jamiyat va davlat tomonidan bolali oilalarni, bir necha avloddan iborat bo’lgan oilalarni qo’llab quvvatlashni talab qiladi. Asosan 3-4 bolali to’liq oilalar davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan asosiy oila shakli deb hisoblanadi.

Oila ham muhim ijtimoiy institutlardan biri hisoblanadi. Uning faoliyati huquqiy va boshqa ijtimoiy me`yorlar bilan belgilanadi. Ushbu institutlar bilan bir qatorda ta`lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta`minot, madaniy-tarbiyaviy muassasalar va h.k. tizimi kabi ijtimoiy-madaniy institutlar ham sezilarli ahamiyatga ega. SHuningdek, jamiyatda din instituti ham ko’zga tashlanadigan rolni o’ynashda davom etmoqda.


Insondagi ma`naviyat asoslari, axloq me`yorlari aynan oilada shakllanadi, shaxs ichki dunyosining individual sifatlari ochiladi. Oila nafaqat shaxsning shakllanishiga, balki uning o’zini ko’rsatishiga ham yordam beradi, uning ijtimoiy, ijodiy faolligini rag’batlantiradi, o’ziga xos tomonlarini ochib beradi. TSivilizatsiya rivojlanishi bilan oila o’z zimmasidagi g’am-tashvishlarning bir qismini boshqa ijtimoiy institut va tashkilotlarga yukladi, bu bilan ota-onalar ko’proq bo’sh vaqtga ega bo’lishdi, bolalar esa jamiyatda ijtimoiylashuv imkonini olishdi. Oila va boshqa ijtimoiy institutlarning o’zaro aloqasi farzand tug’ilgan paytdan boshlab namoyon bo’ladi, ushbu aloqa qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bolaning to’laqonli shaxsga aylanish bosqichlarini bosib o’tishi shunchalik oson bo’ladi. Ijtimoiy muhit jamiyatdagi ijtimoiy me`yorlarni va madaniy qadriyatlarni o’zlashtirishga yordam beradi, bunda oila tayanch asos hisoblanadi, shaxsiyatning poydevori qo’yiladi, keyingi «bunyodkorlik ishlari»ni esa maktab, so’ngra navbatdagi o’quv yurti, keyin ishxonadagi jamoa amalga oshiradi.
Bola o’zining ijtimoiylashuvini oilada boshlaydi, ammo oila o’z navbatida kasalxonalar, maktablar, bolalar muassasalari, maktablar, ish jamoasi, sport sektsiyalari, madaniyat muassasalari, davlat idoralari, norasmiy birlashmalar, diniy idoralar, do’stlar va boshqa ko’plab tashkilotlar bilan muloqot qilish zaruratiga to’qnash keladi. Aynan ushbu barcha tashkilot va muassasalarning o’zaro aloqasi jarayonida yosh shaxs shakllanib boradi. Oilaning ushbu tashkilotlar bilan o’zaro munosabati qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, shunchalik ijtimoiylashgan, omadli shaxs balog’atga etadi.
A.G.Xarchev oilani kishilarning nikoh va qon-qarindoshligiga asoslangan, turmushning umumiyligi va o’zaro mas`uliyat bilan bog’langan institut sifatida ta`riflaydi. Oilaviy munosabatlarning birlamchi asosini nikoh tashkil etadi. Nikoh – bu ayol va erkak o’rtasidagi munosabatlarning tarixan o’zgarib turadigan ijtimoiy shakli bo’lib, uning yordamida jamiyat odamlarning jinsiy hayotini tartibga soladi va sanktsiyalaydi, ularning er-xotinlik va qarindoshlik huquq va majburiyatlarini o’rnatadi. Ammo oila, odatda nikohga qaraganda munosabatlarning murakkabroq tizimi hisoblanadi, chunki u nafaqat er-xotinlarni, balki farzandlar va boshqa qarindoshlarni ham birlashtirishi mumkin. SHu bois oilaga shunchaki nikoh guruhi sifatida emas, balki ijtimoiy institut, ya`ni ijobiy va salbiy sanktsiyalar tizimi orqali keng ijtimoiy nazoratga duchor bo’ladigan muayyan qadriyatlar va me`yorlar asosida o’zaro aloqa va munosabatlarning barcha aloqalarini tartibga soluvchi hamda inson naslini ko’paytirish funktsiyasini bajaruvchi individlarning o’zaro aloqa va munosabatlar tizimi sifatida qarash kerak. Oila ijtimoiy institut sifatida bir qator bosqichlardan o’tadi, ularning ketma-ketligi oilaviy tsikl yoki oilaning hayotiy tsiklini tashkil etadi. Tadqiqotchilar ushbu tsiklning turli miqdordagi fazalarini ajratadi, ularning orasida quyidagilari asosiy hisoblanadi:
1) ilk nikohni qurish – oilaning paydo bo’lishi;
2) bola tug’ilishining boshlanishi – birinchi farzandning dunyoga kelishi;
3) bola tug’ilishining yakunlanishi – oxirgi farzandning dunyoga kelishi;
4) «bo’sh qolgan uya» – oxirgi farzandning nikoh qurishi va oiladan ajralib chiqishi;
5) oilaning tugashi – er-xotinlardan birining o’limi. Har bir bosqichda oila o’ziga xos ijtimoiy va iqtisodiy xarakteristikaga ega bo’ladi.
Oila sotsiologiyasida oila tashkiloti turlarini ajratishning shunday umumiy tamoyillari qabul qilingan. Nikoh shakliga qarab, bir nikohli(monogam) va ko’p nikohli(poligam) oila ajratiladi. Bir nikohli oila nikoh juftligi, ya`ni er va xotinning bo’lishini ko’zda tutadi, ko’p nikohli oilada esa, odatda er bir nechta xotinli bo’lish huquqiga ega bo’ladi. Qarindoshlik aloqalarining tuzilishiga qarab oddiy, nuklear yoki murakkab, kengaytirilgan oila turlari ajratiladi. Nuklear oila nikohda turmagan, ammo farzandli er-xotin juftligidan iborat bo’ladi. Agar oiladagi farzandlarning ba`zilari nikohda bo’lsa, o’z ichiga ikki yoki undan ziyod avlodni oluvchi kengaytirilgan yoki murakkab oila hosil bo’ladi.
Oila sotsial institut sifatida jamiyat shakllanishi bilan birga yuzaga keldi. Oilaning shakllanish va faoliyat yuritish jarayoni qadriyatli-me`yoriy boshqaruvchilarga bog’langan. Ularga, masalan, sevgilisining ko’nglini olish, nikoh juftini tanlash, er va xotin, ota-onalar, bolalar va h. amal qiladigan xulq-atvorning seksual andozalari, me`yorlari hamda ularni bajarmaganlik uchun sanktsiyalar kiradi. Ushbu qadriyatlar, me`yorlar va sanktsiyalar mazkur jamiyatda qabul qilingan er va xotin o’rtasidagi tarixan o’zgarib turadigan munosabatlar shaklidan iborat bo’lib, uning yordamida er-xotin o’zlarining jinsiy hayotini tartibga soladi va tasdiqlaydi, er-xotinlik, ota-onalik va o’zga qarindoshchilik huquq va majburiyatlarini o’rnatadi. Jamiyat rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarida erkak va ayol, katta va yosh avlod orasidagi munosabatlar qabila va urug’ urf-odatlari bilan tartibga solingan. Ular diniy va ma`naviy tasavvurlarga asoslangan xulq-atvorning sinkretik me`yorlari va namunalaridan iborat bo’lgan. Davlat paydo bo’lishi bilan oilaviy hayotni tartibga solish huquqiy xarakter kasb etdi. Nikohni yuridik rasmiylashtirish nafaqat er-xotinga, balki ularning ittifoqini tasdiqlovchi davlatga ham muayyan majburiyatlarni yukladi. endilikda ijtimoiy nazorat va sanktsiyani nafaqat jamoatchilik fikri, balki davlat organlari ham amalga oshira boshladi. A.G.Xarchevning ta`rifidan kelib chiqiladigan bo’lsa, reproduktivlik oilaning asosiy, birlamchi funktsiyasi hisoblanadi, ya`ni jamiyat uchun aholini biologik ko’paytirish hamda shaxsan o’zi uchun bolalarga bo’lgan ehtiyojini qondirish. Ushbu asosiy funktsiya bilan birga oila bir qator boshqa muhim ijtimoiy funktsiyalarni ham bajaradi:
a) tarbiyaviy – yosh avlodni ijtimoiylashtirish, jamiyatni madaniy takror ishlab chiqarishni saqlab turish;
b) xo’jalik-turmush – jamiyat a`zolarining jismoniy salomatligini saqlash, farzandlar va oiladagi qariyalarni parvarish qilish;
v) iqtisodiy – oila a`zolarining boshqalar uchun moddiy mablag’larni olishi, jamiyatning voyaga etmagan va mehnatga layoqatsiz a`zolarini iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
g) birlamchi ijtimoiy nazorat sohasi – oila a`zolarining xulq-atvorlarini axloqiy jihatdan qat`iy belgilash, shuningdek er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, katta va o’rta avlod vakillari o’rtasidagi munosabatlarda javobgarlik va majburiyatlarni qat`iy belgilash;
d) ma`naviy muloqot – oila a`zolarini shaxs sifatida rivojlantirish, o’zaro ma`naviy boyitish;
e) ijtimoiy-mavqe – oila a`zolariga muayyan ijtimoiy mavqeni taqdim etish, ijtimoiy tuzilmani takror yaratish;
j) bo’sh vaqt – bo’sh vaqtni oqilona tashkil etish, manfaatlarni o’zaro boyitish;
z) emotsional – ruhiy himoya, emotsional madadni olish, individlarning emotsional barqarorlashuvi va ularning ruhiy terapiyasi.
Oilani ijtimoiy institut sifatida tushunish uchun oiladagi rollar munosabatini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Oilaviy rol’ – bu kishining jamiyatdagi ijtimoiy rollari turlaridan biridir. Oilaviy rollar individning oila guruhidagi o’rni va funktsiyalari hamda birinchi navbatda er-xotin, ota-ona, farzand (o’g’il, qiz, aka-uka, opa-singil), avlodlararo va avlodlar ichidagi a`zolarga (bobo, buvi, katta, kichik) bo’linishi bilan belgilanadi. Oiladagi rolni ijro etish bir qator shartlarni bajarishga, birinchi navbatda, rol obrazini to’g’ri shakllantirishga bog’liq. Individ er yoki xotin, oilada katta yoki kichik bo’lish qandayligini, undan qanday xulq-atvorni kutishlarini, unga u yoki bu xulq-atvorga ega bo’lishini qaysi qoidalar, me`yorlar buyurishini aniq tasavvur qilishi kerak. O’z xulq-atvori tarzini ifodalab berish uchun individ o’zining va boshqalarning oilaviy rollar tuzilmasidagi o’rnini aniq belgilashi lozim. Masalan, umuman olganda u oila boshlig’ining, yoki xususan, oilaning moddiy boyligini idora qiluvchi rolini bajara oladimi? SHu nuqtai-nazardan u yoki bu rolni bajaruvchisining shaxsiyati bilan mos kelishi sezilarli ahamiyatga ega. Oilada yoshi katta yoki rol mavqeyi bo’yicha katta (masalan, er) bo’lsa ham, irodasi zaif kishi zamonaviy sharoitlarda oila boshlig’i roliga to’g’ri kelmaydi. Oilani muvaffaqiyatli shakllantirish uchun oilaviy rolning vaziyatli talablariga ta`sirchanlik va u bilan bog’liq bo’lgan hamda vaziyat talab etishi bilan bir roldan darhol ikkinchisiga qiyinchiliksiz kirishish qobiliyatida namoyon bo’ladigan rolli xulq-atvorning moslashuvchanligi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, oilaning u yoki bu badavlat a`zosi boshqa a`zolarga moddiy yordam beradigan homiy rolini o’ynaydi, ammo uning moliyaviy ahvoli o’zgarishi oiladagi rolining ham o’zgarishini talab etadi. Muayyan funktsiyalarni bajarishda vujudga keladigan oiladagi rolli munosabatlar rolli kelishish yoki rolli nizo bilan xarakterlanishi mumkin. Sotsiologlar rolli nizo ko’p hollarda quyidagicha namoyon bo’lishini qayd etishadi:
1) rolli obrazlar nizosi, bu ularning oiladagi bir a`zoda yoki bir nechta a`zoda noto’g’ri shakllanishi bilan bog’liq;
2) rollar orasidagi nizo, bunda ziddiyat turli rollardan kelib chiquvchi rolli umidlarning qarama-qarshiligida mavjud bo’ladi. Bunday nizolar ko’p avlodli oilalarda tez-tez kuzatiladi. Ularda ikkinchi avlodga mansub er-xotin bir paytning o’zida ham, farzand, ham ota-ona hisoblanadi va shunga munosib tarzda qarama-qarshi rollarni birgalikda o’ynashlari lozim bo’ladi;
3) rol ichidagi nizo, bunda bir rol qarama-qarshi talablarni o’z ichiga oladi. Zamonaviy oilada bunday muammolar ko’p holatlarda ayollar roliga xos bo’ladi.
Bu ayol roli bir paytning o’zida an`anaviy rolni (uy bekasi, bolalar tarbiyachisi, oila a`zolariga qarovchi va h.k.) hamda er-xotinlarning oilani moddiy mablag’ bilan ta`minlashda teng ishtirok etishini ko’zda tutuvchi zamonaviy rolni mujassam etadigan holatlarga tegishlidir. Agar xotin ijtimoiy yoki kasbiy sohada yuqoriroq mavqeni egallagan bo’lsa, nizo chuqurlashishi mumkin, chunki bunda ayol o’z mavqesiga bog’liq rolli funktsiyalarni ichki oilaviy munosabatlarga ham olib kiradi. Bunday holatlarda er-xotinning o’z rollarini moslashuvchanlik bilan o’zgartirishga qodirligi muhim ahamiyat kasb etadi. Rolli nizoga zamin yaratuvchi omillar orasida rolni ruhiy o’zlashtirish bilan bog’liq qiyinchiliklar alohida o’rin egallaydi. Ular axloqiy va emotsional jihatdan etarli darajada etilmaganlik, er-xotin va, ayniqsa, ota-ona rolini bajarishga tayyor emaslik kabi er-xotin shaxsiyatlarining o’ziga xos tomonlariga bog’liq. Masalan, qiz bola turmushga chiqar ekan, oiladagi xo’jalik ishlarini o’z zimmasiga olishni yoki bola tug’ishni hecham istamaydi, unga ona roliga yuklatiladigan cheklovlarga bo’ysunmagan holda oldingi hayot tarzini yuritishga harakat qiladi va h.k.
Zamonaviy jamiyatda oilaning sotsial institut sifatida zaiflashuvi jarayoni, uning ijtimoiy funktsiyalari, rolga asoslanmagan oilaviy munosabatlari o’zgarishi kuzatilmoqda. Oila individlarni ijtimoiylashtirish, bo’sh vaqtni tashkil qilish va boshqa muhim funktsiyalar bo’yicha o’zining etakchilik pozitsiyasini yo’qotayotir. An`anaviy rollar, ya`ni ayol uy xo’jaligini yuritib, bola tug’adigan va tarbiyalaydigan, er esa xo’jayin bo’lib, ko’p hollarda mol-mulkning yagona mulkdori bo’lgan rollar o’rnini, xristian va buddizm madaniyatlari rivojlangan mamlakatlarda ko’pgina ayollar ishlab chiqarish, siyosiy faoliyat, oilani iqtisodiy ta`minlashda qatnashadigan hamda oilaviy qarorlarni qabul qilishda teng, ba`zida esa etakchilikni qo’lga olgan rollar egallamoqda. Bu oila faoliyatining xarakterini tubdan o’zgartirdi va jamiyat uchun bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Bir tomondan, u ayolning o’zligini anglashiga, er-xotinlik munosabatlarida tenglikka erishishiga yordam bergan bo’lsa, boshqa tomondan, nizoli vaziyatni chuqurlashtirdi, tug’ilishning kamayishiga va o’lim darajasining oshishiga olib kelgan holda demografik vaziyatga ta`sir ko’rsatdi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling