Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet63/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

4. Ta`lim sotsial institut sifatida.
Ta`lim sotsial institut sifatidabu ulkan tizim bo’lib, xodimlar, boshqaruv apparati va alohida jarayonlarga suyanadigan mavqe va rollar, ijtimoiy me`yorlar va mavqelar, ijtimoiy tashkilotlarning (muassasa, korxona, universitet, akademiya, firma va boshqalar) jamuljamligini qamrab oladi. Ta`lim tizimi institut sifatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. ta`limni boshqarish tashkilotlari va ularga qarashli muassasa va tashkilotlar;

  2. ta`lim muassasalari tarmog’i (maktablar, kollejlar, litseylar, institut, universitetlar, akademiyalar va boshqalar), shuningdek malaka oshirish va qayta tayyorlash institutlari.

  3. ijodiy uyushmalar, professional assotsiatsiyalar, jamiyatlar, ilmiy va uslubiy kengashlar va boshqa birlashmalar;

  4. fan va ta`lim infratuzilmasiga qarashli muassasalar: loyihalash, ishlab chiqarish, klinik, tibbiy-profilaktik, farmatsevtik, madaniy-ma`rifiy muassasalar, bosmaxonalar va boshqalar;

  5. ta`lim dasturlari va turli daraja va yo’nalishdagi davlat ta`lim standartlari;

  6. o’quvchi-talabalar va o’qituvchilar uchun darsliklar hamda o’quv-uslubiy qo’llanmalar;

  7. ilmiy tafakkurning eng so’nggi yutuqlarini o’zida namoyon qiluvchi vaqtli nashrlar (bular sirasiga jurnallar va yillik nashrlar kiradi)

Ta`lim borasida insonlarning o’zaro munosabatini belgilab beruvchi va tashkillashtiruvchi me`yorlar majmui ta`limning ijtimoiy institut ekanini ko’rsatmoqda. Fan va ta`limga birgalikda «ijtimoiy makroinstitut» sifatida qaraladi (shu jumladan davlat, huquq, oila, iqtisod, sog’liqni saqlash va shu singari makroinstitutsional ta`limlar) hamda u ikkita asosiy funktsional o’zaro bog’langan guruhdan, ya`ni ilmiy hamjamiyat va ilmiy rasmiyatchilikdan iborat. Ushbu guruhlar tuzilishi jihatidan ma`lum mavqe va o’rniga ega. Ta`lim vazifasiga quyidagilar kiradi:

  1. bilimni avloddan-avlodga etkazib berish (translyatsiya qilish) hamda madaniyatni tarqatish;

  2. jamiyat madaniyatini vujudga keltirish va asrab-avaylash;

  3. shaxsning ijtimoiylashuvi, ayniqsa yoshlarga e`tibor va ularning jamiyatga kirib borishini nazorat qilish;

  4. shaxsning mavqeyini belgilash;

  5. ijtimoiy saralash (selektsiya), jamiyat a`zolarini, birinchi navbatda, yoshlarni tabaqalash, buning natijasida, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini o’zgartirish va qayta ishlab chiqarish amalga oshadi, individual mobillik ta`minlanadi;

  6. yoshlarning kasbiy saralanishini va kasbiy yo’naltirilishini ta`minlash;

  7. navbatdagi uzluksiz ta`lim uchun bilim bazasini yaratish (litsey-kollej, oliy o’quv yurtlari, aspirantura, turli o’quv kurslari va boshqalar);

  8. ijtimoiy madaniy innovatsiyalar, yangi g’oya va nazariyalar, yangilik va ixtirolarni ishlab chiqish hamda yaratish;

  9. ijtimoiy nazorat.

Ta`lim darajasi bevosita mehnat zahiralarini tayyorlash sifatiga, shu jumladan, to’laligicha iqtisodiyot holatiga bog’liq. YAponiya aynan ta`lim tizimini modernizatsiya qilar ekan, iqtisodiy muhitda sifatli ilgarilashga muvvaffaq bo’ldi.
Sifatli ta`lim nafaqat alohida bir inson uchun, balki umuman jamiyat uchun foydalidir. Uning sharofati bilan har bir shaxs biznesda yaxshi faoliyat olib borish, siyosiy va madaniy sohada ancha yaxshi mavqeni egallashi uchun umid qilishi mumkin. Ta`lim tizimi tufayli mamlakat yuqori malakali ishchi-xizmatchilarga ega bo’ladi. Bu esa o’z o’rnida mehnat unumdorligini oshirishga, yangi texnologiyalarni jalb qilishga, ijtimoiy taraqqiyotda oldingi marralarni egallashga olib keladi.
Jahon hamjamiyati barcha davlatlar byudjetida ta`lim yuqori o’rinda turishi kerak degan qarorga keldi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda ta`lim taraqqiyoti uchun davlat tomonidan ajratilayotgan mablag’ salmoqli o’rinni egallaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa ushbu mablag’ o’n barobar kamroqni tashkil etadi, o’rtadagi nomuvofiqlik esa yildan-yilga ortib borayotir. Ta`lim sharofati bilan rivojlangan mamlakatlar yalpi milliy mahsulotning 40% ortishiga erishmoqda. Aslini olganda, ekspertlarning tan olishlaricha, ta`lim taraqqiyoti uchun ajratiladigan salmoqli sarmoyalar o’zini oqlay oladigan sohaga pul sarflashni anglatishini ta`kidlash joiz. AQSH prezidentlaridan biri bu borada shunday degan edi: «Amerikada kuchli institutlarning mavjudligi Amerikaning badavlat ekanligini anglatmaydi, balki Amerika unda kuchli universitetlar mavjudligi tufayli boyligini bildiradi». Oq uydagi ilm-fan bo’yicha Kengash ma`ruzasida ta`kidlanishicha, «Amerika jamiyatining farovonligi universitetlardagi ahvolga bevosita bog’liqdir».
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, aynan yoshlarga qaratilgan ta`lim tizimiga sarmoya ajratish har doim o’zini oqlaydi. SHuningdek, ta`lim masalasiga erkaklarga qaraganda ko’proq yosh ayollar jalb etilishi zarur hisoblanadi. Ushbu fikr birinchi galda uncha haqqoniy emasdek tuyuladi. Ammo gap shundaki, agar ayollar uy bekasi bo’lib, hech qachon mehnat bozoriga chiqmagan taqdirda ham erkaklar emas, aynan ayollar bola tarbiyasida hal qiluvchi rolni o’ynaydi, bu esa mamlakat rivojlanishining asosiy poydevori hisoblanadi.
O’qish ma`lum bir mutaxassislikni egallashga olib keladi, ta`lim esa metakvalifikatsiyaga, ya`ni yangi ilmlarni izlash va o’zlashtirishni engillashtiradigan bilimlar tizimini yaratishga izn beradi. Amerika fermerlari o’rta ma`lumot hamda fermada ishlash tajribasini bergan nafaqat yuqori malaka egasi bo’lishsa-da, balki metakvalifikatsiyaga ham ega kishilar hisoblanadi, bu ularga kimga va qachon, masalan, yuristga, veterinarga, ta`minot bo’yicha mahalliy agentga, universitetning o’simliklar patologiyasi fakul’teti xizmatchisiga, ulgurji xaridorga, meteorologga, mexanikka maslahat bilan murojaat qilishlari borasidagi etarli bilimlarni bera oladi. Ko’rinib turibdiki, metakvalifikatsiya garchi o’zining shaxsiy tajribasidan yiroqda bo’lsa-da, shaxsning kerakli ma`lumotlarni qidirib topishi va tatbiq etishi uchun imkoniyatlarni ochib berar ekan.
Ta`lim sotsial institut sifatida barcha darajalarda, jumladan, maktab va oliy o’quv yurti sharoitida o’zini murakkab ko’p tarmoqli tizim – ijtimoiy tashkilot sifatida namoyon qiladi. O’rta ta`lim darajasida u ta`lim vazirligi, joylardagi hududiy va shahar bo’limlari, minglab maktablar, kollej va oliy o’quv yurtlari, millionlab o’quvchilar, talabalar, o’qituvchilar va ular bilan bog’liq xizmat ko’rsatish mutaxassislarini o’z ichiga oladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling