Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


-mavzu; AHOLI BANDLIGI. ISHSIZLIK: IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLARI, ASOSIY KO’RINISHLARI, QISQARTIRISH YO’LLARI


Download 1.46 Mb.
bet66/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

11-mavzu; AHOLI BANDLIGI. ISHSIZLIK: IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLARI, ASOSIY KO’RINISHLARI, QISQARTIRISH YO’LLARI
Reja.



  1. Bandlik haqida tushuncha.

  2. Ishsizlik va uning asosiy turlari.

3. Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy
oqibatlari.

    1. Bandlik haqida tushuncha.

Aholining mehnatda bandligi va uning darajasi xar qanday davlat iqtisodiyotining rivojlanganligini ifodalovchi o’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda mehnatda bandlik va ishsizlikning ko’p yillik o’rganish tajribasi shuni ko’rsatadiki, mehnatga yaroqli aholining 94-95%i mehnatda band bo’lsa iqtisodiyot me`yorida rivojlanayotgan hisoblanadi. Rasmiy ma`lumotlarga qaraganda, O’zbekistonning mehnatga layoqatli aholisining 73,8%igina mehnatda band bo’lib, iqtisodiy faoliyat yuritadi. SHuning uchun ham O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida mehnatga layoqatli aholining mehnatda bandlik darajasini oshirish, uning tarkibiy tizimini yaxshilash, yangi ish joylarini yaratish muammolari nihoyatda dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Aholining bandligi uning qayta ko’payishi uchun zarur shartdir, chunki kishilarning turmush darajasi, jamiyatning kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash uchun sarf qiladigan chiqimlar aholi bandligiga bog’liqdir. Bandlik inson ijtimoiy kamolotining eng muhim tomonlaridan birini ochib beradiki, bu uning mehnat sohasidagi va mehnat bilan bog’liq bo’lgan extiyojlarini qondirishga aloqadordir.
Aholining ish bilan bandligi tushunchasi iqtisodiy sotsiologiya fanning muhim tarkibiy qismlaridan biri xisoblanadi va ikkita nuqtai nazarga tayanib o’rganiladi: 1) bandlik iqtisodiy tushuncha sifatida. Bu holda u mehnatga yaroqli aholining shaxsiy va ijtimoiy iste`mol extiyojlarini qondirish va daromad keltirish bilan bog’liqdir; 2) bandlik iqtisodiy muammo sifatida. Bunda u mehnat zaxiralaridan foydalanish darajasi va mehnat bozoridagi vaziyatni tavsiflovchi xamda mehnatga yaroqli jami aholi bilan band bo’lganlar miqdori orasidagi farqni bildirish maqsadida o’rganiladi.
Bandlik-bu fuqarolarning shahsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, qonunlarga zid kelmaydigan va ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir.
Bandlik holati ishchi kuchidan samarali foydalanish darajasiga ko’ra uch guruhga ajratiladi (1-rasm). Bular: 1)to’la bandlik; 2) samarali bandlik; 3) to’la bo’lmagan bandlik.
To’la bandlik mehnatga qobiliyat yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholining deyarli barchasining ish bilan bandligini anglatadi. Jaxon mamlakatlarining tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, to’la bandlikka erishish iqtisodiyot rivojlanishining asosiy maqsadi bo’lmasligi kerak, chunki bunday bandlik xolati mamlakat iqtisodiy rivojlanishining tabiiy darajasi bilan bog’liq. SHuning uchun xozirga kelib, jahonning ilg’or mamlakatlari iqtisodiyot taraqqiyotinining yuqori darajaga olib chiqish bilan to’la bandlik sari intiluvchi iqtisodiy siyosatga amal qilishmoqda.
Samarali bandlik deyilganda iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lgan aholining ishchi kuchidan yuqori unum bilan foydalanishning to’xtovsiz jarayoni tushuniladi. Samarali bandlikning asosiy mezoni bo’lib mehnat unumdorligining o’sishi xisoblanadi.
Bandlikning iqtisodiyot rivojlanishining ba`zi bosqichlari uchun muhim hisoblangan ko’rinishlaridan biri to’liq bo’lmagan bandlikdir. To’liq bo’lmagan bandlik deyilganda ishchi kuchining qisqartirilgan ish rejimlarida va tartibda ishlash muayyan xolatiga aytiladi.







Bandlik turlari

















To’la bandlik




Samarali bandlik




To’la bo’lmagan bandlik

Mehnatga yaroqli barcha aholining ishlab chiqarishda mashg’ulligi




Mehnatga yaroqli aholining ish bilan band qismidan yuqori unum bilan foydalanish.




Qisqartirilgan ish rejimida ishlash.

1-rasm. Aholi bandligining turlari.
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta`minlash to’g’risida»gi Qonun ilk bor 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan bo’lib, unga 1993-1995 yillarda bir qator o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 1 mayda bo’lib o’tgan birinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida mazkur Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur Qonunda (2-modda) quyidagilar ish bilan ta`minlangan (bandlar) deb xisoblanadi:

  • yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni to’liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, shuningdek haq to’lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo’lgan fuqarolar;

  • betob, mehnat ta`tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishning to’xtatib qo’yilganligi munosabati bilan, shuningdek qonun xujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo’lmagan fuqarolar;

  • o’zini ish bilan mustaqil ta`minlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a`zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a`zolari;

  • Qurolli kuchlarda, milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va qo’shinlarida xizmatni o’tayotgan, shuningdek muqobil xizmatni o’tayotgan fuqarolar;

  • ta`lim to’g’risidagi qonun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim olayotgan fuqarolar;

  • qonun xujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar.

Ushbu Qonunda bandlikning asosiy tamoyillari belgilab berilgan va bandlik munosabatlariga bozor xususiyati singdirilgan.


Birinchi tamoyil – mehnat va bandlikda erkinlikni ta`minlash, zo’rlovchi, majburiy mehnatni ta`qiqlashdir. Insonga ijtimoiy mehnatda qatnashishi yoki qatnashmaslikni tanlash ustuvor xuquqi berilgan.
Ikkinchi tamoyil – O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mehnat qilish xuquqini ta`minlash, ishsizlikdan himoya qilish.
Qonun bandlikka ko’maklashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarini mustaxkamlaydi: barcha fuqarolar millati, jinsi, yoshi, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e`tiqodi, dinga munosabatidan qat`iy nazar erkin mehnat qilish va bandlikni erkin tanlash, fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbusini qo’llab-quvvatlash, ularning unumli, ijodiy mehnat qilishga bo’lgan qobiliyatini rivojlantirishga ko’maklashish;
bandlik sohasida ijtimoiy himoyani ta`minlash, ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun maxsus chora-tadbirlar belgilash;
yangi ish o’rinlari yaratayotgan ish beruvchilarni rag’batlantirish va boshqa tamoyillardir.
Bandlik munosabatlarini iqtisodiy, demografik va ijtimoiy jarayonlar mazmunining o’zaro aloqadorligi orqali shakllanadi. Bandlikning iqtisodiy mazmunini xodim uchun o’z mehnati bilan o’ziga munosib tarzda yashashni ta`minlash, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga yordam berish imkoniyatida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy mazmun shaxsning tarkib topish va rivojlanishida ifodalanadi. Bandlikning demografik mazmuni band aholining yoshi va jinsiy xususiyatlari, uning tarkibi va boshqalar bilan bog’liqligini aks ettiradi.
Bandlikka ta`sir ko’rsatish usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • bevosita (ma`muriy) usullari: ishchi kuchini yollash va undan foydalanishning qonuniy tartibga solish sharoitlari. Mehnat qonunlari hamda jamoa bitimlari.

  • bilvosita (iqtisodiy) usullari: davlatning moliya siyosati (assignovanie va subsidiyalar), monetar siyosati (pul xajmini tartibga solish), fiskal siyosati (soliq stavkalarining o’zgarishi);

Bandlikka davlatning ta`sir ko’rsatish turlari:

  • passiv ta`sir ko’rsatish – band bo’lmagan aholiga ijtimoiy yordam;

  • aktiv (faol) ta`sir ko’rsatish - talab va taklifni muvofiqlashtirish chora-tadbirlari.





    1. Download 1.46 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling