Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet62/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

Ochiq ajralish — bunda nikohni bekor qilish uchun zarur asoslar mavjud bo’ladi.

  • Iqtisod sababli ajralish — mol-mulkning bo’linishi bilan bog’liq ajralishdir.

  • Ota-onalar ajralishi — bolalarga vasiylik qilish va ulardan xabar olib turish huquqi bilan bog’liq ajralish.

  • Kommunikativ ajralish — ajralganlarning do’stona va boshqa ijtimoiy aloqalarining o’zgarishi.

  • Ruhiy ajralish — individ xissiy bog’langanlik iplarini uzil-kesil uzadi va mustaqil xayot zaruratini sezadi.

    Qushma SHtatlarda Robert Veyss tomonidan ajralgan erkaklar va ayollar bilan o’tkazilgan suhbatlar turkumi sheriklarning ko’nikishi «traektoriya»sini anivlash imkoniyatini berdi17. Xotinlar ajralishdan erkaklarga qaraganda ko’proq iqtisodiy zarar ko’radilar, ammo ruxiy va ijtimoiy ko’nikish jarayonilar ikki jinsda o’xshash xolatda kechadi. Veyss qarab chikgan ko’pchilik xollarda sheriklarning bir-biriga bo’lgan xurmati va muxabbati juftlarning ajralishiga qadar yuqoladi. Ular o’rniga dushmanlik va ishonchsizlik paydo bo’ladi. Ayni vaqtda bir-biriga bog’langanlik saqlanadi. SHunday qilib, ajralish oldidan juftlar doimo janjal kilib tur- ganlarida xam, Veyssning ko’rsatishicha, ikki tomon ajralish distressi holatida bo’ladilar. erning yo’qligi to’satdan vaxi­ma, notinchlik tuyg’usini uyg’otadi. Ayni paytda, ajralganlar­ning kamroq qismi qarama-qarshi xolatda bo’ladilar, o’z xoxishlariga ko’ra xolatlarini yo’lga kuyish xukuhi va erkinligini qo’lga kiritishning eyforyyasiii his qiladilar. Depressiya va eyforiya ba`zan bir-biri bilan almashinadi, vaqt o’tishi bilan eyforiya va depressiya yolgizlik tuyg’usiga o’z o’rnini bo’shatadi. Barcha muammolarga qaramay, ular qulay oilaviy xolovatlaridan ajraganligini, endi uning uyida boshqalar yashayotganligini xis qiladilar. Do’stona munosabatlar xam qariyb muntazam o’zgarib boradi. Tanishlar xar ikki sobiq sheriklar bilan munosabatlarni saqlashlariga qaramay, asta-sekin ular uzoqlasha boshlaydilar
    Ota-onalar ajralishining bolalarga o’tkazadigan salbiy ta`sirini baxolash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o’rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bola­larning yoshiga, ularning akalari va opalari, buvilari yoki boshqa qarindoshlarining borligiga, ularning xar birining ajralgan ota-onaga bo’lgan munosabatlariga, xar ikki ota-ona- ni tez-tez ko’rib turish imkoniyatining bor yoki yo’qligiga ko’p narsa bog’lik. Bular va boshqa ko’pgina omillar ko’nikish ja- rayoniga ta`sir ko’rsatadilar. Xatto nikohda baxtsiz bo’lgan ota-onalar birga yashayotgan xolatlarda xam, bolalar tanglikni darrov sezadilar; ajralish xolatlarining salbiy oqibatlari bolalar uchun nixoyatda og’ir kechadi.
    Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ota-onalari ajralganidan so’ng, ko’p xollarda bolalar ancha ma`yus bo’lib qoladilar. Judet Vallerstayn va Jon Kellilar Kaliforniya va Merin grafligida yaqinda ajralgan oltmishta oilaning bolalari hayotini o’rgandilar18. Ular bolalar bilan sudda ishning ko’rilishi vaqtida, yarim yildan so’ng va besh yildan so’ng gaplashdilar. So’rov o’tkazilgan 131 ta bolaning qariyb hammasi ajralish vaqtida o’tkir emotsional xolatda bo’lganlar. Maktabgacha yoshdagi bola­lar ba`zan yuz bergan xol uchun aybni o’zlariga olib, xijolat va vaximada bo’lganlar. Katta yoshdagi bolalar ota-onalarining niyatlarini yaxshiroq tushunsalar-da, ajralish oqibatlari va o’zlarining kelajaklari uchun chuqur xavotirda bo’lganlar ularda ko’pincha o’tkir g’azablanish tuyg’usi paydo bo’lgan. Biroq 5 yillik davr oxirida bolalarning 2/3 qismi uydagi hayotidan va tashqi dunyo bilan aloqasidan xar xolda ko’nikkanlar. Ayni vakdda 1/3 qism bolalar, ota-onalari qaytadan nikohha kirgan bo’lsalar-da, yolgizlik va yo’qotish qayg’usida o’z hayotlaridan qoniqmaganlar. Ajralgan ota-onalari birga bo’lsalar, bu bola­lar uchun qulay yoki noqulay bo’ladimi, buni aytish qiyin. Barcha so’ralganlar mulkdor oq tanlilar yashaydigan noxiyalardan bo’lgani uchun, aholining keng qatlamlariga bu ma`lumotlarni tadbiq etish qanchalik to’g’ri bo’lishi noma`lum. Nazarda tutish zarurki, maslaxatchilarga yordam so’rab murojaat qilgan oilalar xam tekshirilgan. Bu oilalar uchun ajralish, yordam so’rab murojaat qilmaganlarga qaraganda, extimol, qiyin kechgan bo’lsa kerak. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bolalar faqat ota yoki ona bilan emas, balki ularning xar ikkalasi bilan muntazam muomalada bo’lsa, bu — ular uchun juda katta yutukdir.
    «Onalik yoki otalik oila» iboralari xozir tobora keng tarqalmokda. Bunday oilalarning ko’pchiligida bolalarga xomiylik qilishni ona o’z gardaniga olgani uchun (shu turdagi oila­larning bir qismida oila boshlig’i nikohda bo’lmagan ayol buli­shi xam mumkin), qoidaga ko’ra, u oila boshliga xisoblanadi. Bugungi kunda Britaniyada onalik yoki otalik oilalar 1 mln.dan ko’prog’i tashkil qiladi va ular soni yana osmonda (rasmga kdrang). Bunday oilalar voyaga etmagan bolalik barcha oilalar­ning 1/5 kismini tashkil etadi. Qoidaga ko’ra, bunday oilalar jamiyatning eng kam ta`minlangan guruxlariga mansubdir. Ko’pgina yolgiz dolgan onalar erga tekkan yoki tegmaganligiga qaramasdan, garchi «tashlab ketilgan xotinlar», «otasiz» yoki «bo’zilgan oila» kabi tamg’alardan asta-sekin qutilib borsada, baribir avvalgidek iqtisodiy ximoyasizlik va ijtimo­iy nafratga duch kelib turadilar.
    Onalik yoki otalik oila bir xil emas. Masalan, nikohda bo’lmagan yolg’iz onalarning mutlaq ko’pchiligi turar-joyini ijaraga olib tursa, ajralishgan onalarning yarmidan kuprog’i o’z turar-joylariga egadirlar. YOlgiz ona yoki otaning nikohsiz holati beqaror va uning chegarasi ko’pincha noaniq.
    Foizlar

    10-rasm.
    Manba: General Household Survey, Offise of Population Censuses and Surveys. From: Social Trends. 1996. P. 54

    O’ylashimcha, yolgiz onalikka ko’nikish uchun vaqt kerak. Kishining kimligini faqat vaqt1 anglatadi. Avval, biz yana birga bo’lamiz, deb o’ylashdan to’xtamasdim. Ammo u o’ylanganidan so’ng taslim bo’ldim. O’sha daqiqadan boshlab o’zimni yolgiz sezdim. Biroq xozir, o’ylashimcha, uning uylanishi mening xozirgi hayotim bilan umumiy til topishga majbur qilishda eng yaxshi vosita bo’ldi19.


    Ko’pgina kishilar yolgiz ona yoki ota bo’lishni xoxlamaydilar, ammo eri yoki sherigining yordamisiz bitta yoki bir nechta bolani o’stirmoqchi bo’lganlar xam bor.
    «Tanlov bo’yicha yolgiz onalar» — bu mustahil munosib xayot uchun etarli resurslarga ega bo’lganlar uchun topib aytilgan nom. Ammo ko’pchilik ajralgan onalar uchun vaziyat boshqacha. Bular xayotida nikohdan tashqari tug’ilish xamda kambag’allik va ijtimoiy qiyinchilik ko’rsatkichlari o’rtasidagi bog’liqlikning yuqoriligi kuzatiladi.
    Ikkinchi nikohning tuzilishi turli sharoitlarda sodir bo’ladi. Ba`zi bunday juftlarning sheriklari yigirma yoshlardan ortiq va ularning xech birining birinchi nikohdan bolalari yo’q. 30—40 yoshlardagi kishilarning esa oldingi nikohlaridan bir yoki bir nechta bolalari bor, ular bilan yangi oilaga kiradi. Keksa yoshda qayta uylanadiganlarning bolalari odatda ulg’aygan bo’ladi va mustahil yashaydilar. YAngi nikohda xam bolalar tug’ilishi mumkin. SHeriklardan biri beva, ajralgan yoki nikohda birinchi marta — bunday xolatlarning sakkiz xili mavjud. YUqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, qayta nikohga tegishli xar qanday umumlashtirish extiyotkor- lik bilan qilinishi lozim, ammo qiymatga ega bo’lgan ba`zi umumiy belgilarni aniqlash mumkin.
    1900 yilda Bukj Britaniyada barcha nikoxlarning o’ndan to’kqiz kiemi birinchi marta nikohga kirayotgan kishilar tomonidan to’zilgan. Kayta nikohga kirayotganlardan ko’pchilik xollarda kamida bittasi avval ajralishgan. Ajralishlar sonining o’sishi bilan qayta nikohlar soni xam ko’paydi va ajralib qayta nikoh tuzganlarning mikdori kattarok sonni tashkil etdi. 60-yillarda kayta nikohlar soni keskin oshdi, so’ngra 70—80-yillar boshida sekinlashganligi seziddi.
    Bugungi kunda to’zilgan yuzta nikohning yigirma sakkiztasida sheriklardan kamida bir nafari ilgari nikohda bo’lgan. Ikkinchi marta turmush kurayotganlarning katta qismini 35 yoshgacha bo’lgan ajralganlar tashkil etadi. 35 yoshdan sung kayta nikohga kiruvchilarni ayol va erkak bevalar tashkil kalgan va 55 yoshdan sung bunday nikohlarning soni ajralganlarnikidan ko’prokdir.
    Balata ko’rinsada, oila qurish umidini oshirishning yaxshi usuli — bu yangidan nikohlanishdir. Ajralganlarning qaytadan nikohra kirish ehtimoli shu yosh kategoriyasidagi yolgiz kishilarga qaraganda ko’proq barcha yosh guruharida ajralgan erkaklar ajralgan xotinlarga qaraganda nikohga ko’proq kiradilar. Xar to’rtta ajralgan xotinlardan uchtasi kayta nikohga kirsa, erkaklarning oltidan beshtasi kayta nikoo’ga kiradilar va statistikaga ko’ra, kayta nikohlar avvalgisiga qaraganda muvaffakiyatsizrokdir. Qayta nikohlardan sunggi ajralish­lar soni birinchi nikohdan keyin ajralishganlar soniga qaraganda yukorirokdir.
    Albatta, bu kayta tuzilgan nikohlar oldindan muvaffakiyatsizlikka maxkumdir, degani emas. Ajralishgan kishilar bunda tajribasi yuklarga qaraganda, nikohdan ko’p narsa kutadilar. Binobarin, ular ko’p xollarda yangi nikohni ham o’zishga tayyordirlar. Ammo saklab qolingan kayta nikohlar birinchilariga qaraganda o’rtacha ko’prok muvaffakiyatlidir.
    O’gay oila shunday oilaki, unda nikohlanganlarning ka­mida bittasi farzandga biologik ota yoki ona emas, ya`ni bu oilada ota-onalardan birining oldingi nikohidan farzandlari bor bo’ladi. Agar bu ta`rifdan kelib chikilsa, ugay oila­lar mikdori rasmiy statistikada keltirilganidan ancha ko’pdir. Ikkinchi bor nikorganganlarning ko’pchiligi bu xonadonga muntazam kelib turadigan, ammo doimiy yashamaydigan bolalar uchun o’gay ota-onalar bo’lib qoladi.
    O’gay oilalarning mavjudligi ba`zi an`anaviy jamiyatlarda bo’lgan munosabatlarni eslatadigan qon-qarindoshli aloqalarining paydo bulishidir. Bolalarning ikkita «ona»si va ikkita «ota»si — xaqiqiy va ugay ota-onalari bo’ladi. Ba`zi ugay oilalarda avvalgi oiladan bo’lgan yakin qarindoshlar va barcha bolalarni «oilaning a`zosi» deb xisoblash qabul kilingan. Xatto bir tomondan bo’lgan bobolar va buvilar bilan yakin aloqalar imkoniyati xisobga olinsa, bundan etarlicha murakkab vaziyat vujudga keladi.
    YAna bir kiziq xolat — farzandlikka qabul qilish amaliyotida yuz beradi.

    Download 1.46 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling