Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet58/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

Institutlashtirish va sotsial institutlarning rivojlanishi. Sotsial institutlar o’zaro ijtimoiy ta`sirining muhim shakli hisoblanadi. Sotsial institutlar kategoriyasi B.Malinovskiy va A.Radkliff-Braun tomonidan batafsil ishlab chiqilgan: odamlarning faoliyati muayyan guruhlar tomonidan amalga oshiriladi hamda muayyan axloqiy va huquqiy qoidalar bo’yicha bajariladi. Ushbu «moslashish» institut deyiladi. Ijtimoiy hayotda institutlashtirishning o’rni va roli sotsial institutlarning o’rni va roli bilan belgilanadi. Jamiyatda institutlashtirish – bu shaxsning hayotdagi ijtimoiylashuvining o’zidir. Ularni jamiyat hayotining yo’llari tartibga solinishi, to’g’rilanishi kerakligi birlashtirib turadi. Sotsiolog S.S.Frolovning fikricha, institutlashtirish – bu o’z-o’zidan yuzaga keladigan xulq-atvorning o’rniga kelishi kerak bo’lgan, jamiyatda muayyan ijtimoiy me`yorlarni o’rnatish, ushbu jamiyat a`zolarining mavqe va rollarini belgilash orqali boshqarilishi va kerakli yo’lga yo’naltirilishi lozim bo’lgan, oldindan bashorat qilinadigan xulq-atvordir. U institutlashtirish bosqichlarini belgilab berdi:
1) yuzaga kelgan ehtiyojni qondirish uchun tashkillashtirilgan harakatlar zarur;
2) barcha uchun umumiy bo’lgan maqsadlar shakllantiriladi;
3) o’zaro ijtimoiy munosabatlar jarayonida muayyan me`yor va qoidalar vujudga keladi;
4) shu qoida va me`yorlar bilan bog’liq protseduralar yuzaga keladi;
5) topilgan me`yor va qoidalar tasdiqlanadi, ular real hayotda qo’llaniladi, ya`ni institutlashtirish jarayonining o’zi sodir bo’ladi;
6) belgilangan me`yorlar bajarilmagan taqdirda sanktsiyalar belgilanadi;
7) jamiyatda institutning barcha a`zolariga tegishli bo’lgan mavqe va rollar paydo bo’ladi.
S.S.Frolov, institutlashtirish jarayoni yakunlanishi bilan o’z qoida va me`yorlariga ega mavqeli-rolli tuzilma o’rnatiladi, u ko’pchilikning ehtiyojini qondiradi, - deydi. Bir qator shartlar mavjud bo’lib, ularni bajarishda ijtimoiy institutlarning to’g’ri va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin:
1) har bir institut uchun vazifalar va maqsadlar aniq belgilanishi shart;
2) institut faoliyati institutlashtirish vazifalarini bajaruvchi kishilarning shaxsiy manfaatlariga bog’liq bo’lmasligi kerak (xolis bo’lishi lozim);
3) har qanday institut guruh oldida o’z pozitsiyalarini mustahkamlashga va ko’tarishga harakat qilishi lozim;
4) barcha sotsial institutlarning faoliyatini muvofiqlashtirish juda muhim.
Ushbu shartlarning bajarilishi katta ahamiyatga egadir, chunki sotsial institutlar qanday faoliyat yuritishi butun ijtimoiy hayotda aks etadi. Agar institutga misol bo’ladigan oilani ko’rib chiqadigan bo’lsak, bu qadimiy institutlardan biri ekanini bilamiz, ammo u ba`zida inqirozlarni ham boshidan kechirgan bo’lsa-da, hozir ham dolzarb hisoblanadi. Oilani institutlashtirish ayni paytda uning asosini davlat tomonidan ruxsat berilgan nikoh ittifoqi tashkil etishi bilan belgilanadi.
Institutlashtirish – bu shunday jarayonki, unda biror bir ijtimoiy ehtiyoj xususiy emas, balki umumijtimoiy sifatida anglana boshlanadi va uni amalga oshirish uchun jamiyatda alohida axloqiy me`yorlar o’rnatiladi, kadrlar tayyorlanadi, zahiralar ajratiladi.
Institutlashtirishning samaradorligi qabul qilingan hamda institutlar, individlar faoliyatining ijtimoiy-madaniy konteksti hisoblangan qadriyat-me`yorlar tizimi o’zaro uyg’un ishlash-ishlamasligi bilan belgilanadi.
Sotsial institutlar tizimi. Institutlarning xilma-xilligi:
► Norasmiy ijtimoiy institutlar. Misol: do’stlik
• etarli darajada aniq belgilangan
• nazorat va sanktsiyaning alohida shakllari (ranjish, janjal, ajralish va hokazo),
«NR» – qonun va ma`muriy qoidalar ko’rinishida mustahkamlanmaganlik.
• zahiralar - sarmoyalar (ishonch, yoqtirish, tanishuvning davomiyligi va hokazo)
• aniq chegaralash – avtonomiya (muhabbat, kasbiy munosabatlar, oilaviy munosabatlar va hokazolardan), «NR» — sheriklarning mavqeyi, huquq va majburiyatlari aniq ravishda professional mustahkamlanmaganligi.
2) Rasmiy ijtimoiy institutlar.
• rasmiy tarzda shartlashilgan qoidalar, qonunlar, reglamentlar, nizomlar (+ «yozilmagan me`yorlar») asosida o’zaro aloqa qilish.
Ijtimoiy institutlarni funktsiyalari bo’yicha tasniflash (+ virtualizatsiya nazariyasi nuqtai nazaridan ijtimoiy institutlarning funktsionalligini tanqid qilish *)
*Virtualizatsiya nazariyasi (postmodernizm)
Virtualizatsiya – bu real voqelikni simulyatsiyag’obraz bilan almashtirishdir – u komp’yuter texnikasi yordamida bajarilishi shart bo’lmasa-da, biroq albatta virtual voqelik mantig’ini qo’llagan holda bajariladi (masalan: virtual iqtisodiyot – fond birjasidagi spekulyatsiyalar moddiy ishlab chiqarishdan ustun turadi).
• Ijtimoiy fenomenlarni «virtuallik» tushunchasi yordamida ifodalash obrazlar raqobati institutsional ifodalangan harakatlarning o’rnini bosganidagina o’rinlidir.
• Ushbu nazariya doirasida yangi tendentsiyalarni tushuntirish jamiyatning institutlar tizimi emas, balki qadriyatlarni amalga oshirish jarayoni, ijtimoiy institutlarning real voqelikdagi shakllanishi va inqirozga uchrashi kabi tarixiy daqiqalardan iborat jarayonlar sifatidagi tasavvuri kelib chiqadi.
► Iqtisodiy institutlar. Boyliklar (farovonlik)ni yaratish, taqsimlash va foydalanish muammolarini qo’yish va hal qilish usullarini belgilovchi me`yorlar majmui.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling