Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


- mavzu; KAMBAG’ALLIK MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISH YO’LLARI


Download 1.46 Mb.
bet70/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

12 - mavzu; KAMBAG’ALLIK MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISH YO’LLARI
Reja:
1. Kambag’allik ko’rinishlari va jahon amaliyotida kambag’allikni baholash.
2. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kambag’allika qarshi kura­shishning zamonaviy tajribasi.
3. O’zbekistonda kambag’alikni qisqartirishning yo’llari va uning asosiy yo’nalishlari.


1. Kambag’allik ko’rinishlari va jahon amaliyotida kambag’allikni baholash.
Barcha postsovet mamlakatlarida bozoriy iqtisodiyotga o’tish ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning o’sishi, turmush darajasining pasayishi kabi qiyinchiliklar bilan birgalikda mavjud bo’ldi. SHuning uchun O’zbekiston hukumati tomonidan o’tish davrining salbiy oqibatlari­ni yumshatish bo’yicha qator tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Biroq, ko’rilgan chora - tadbirlarga qaramasdan, o’tish davrida qator printsipial muammolar o’am paydo bo’ldi. Ular ora­sida kambag’allik muammosi alohida o’rin tutadi. BMTning tan oli­shicha, kambag’allik umumbashariy muammo hisoblanadi, chunki u dunyo­ning barcha mamlakatlarida uchraydi. BMT ma`lumotlariga ko’ra, bugungi kunda 54 mamlakat, 1990 yilga nisbatan kambag’al holda yashaydi, 21 mamlakatda aholining ko’pchilik qismi ochlikdan azobla­nadi, 12 mamlakatda bolalarni boshlang’ich ta`lim bilan qamrab olish pasayib bormoqda, 34 mamlakatda umr davomiyligi qisqar­di, 800 mln.dan ortik kishi oziq-ovqat etishmasligidan qiynaladi20.
Ayrim hukumatlarning kambag’allikni bartaraf etish bo’yicha qilayotgan harakatlariga qaramasdan, afsuski, hozirgi kunda ko’pchilik mamlakatlarda ochlik va qashshoqlik, ishsizlik va savodsizlik mav­juddir, yuqumli kasalliklar, ayniqsa OITS tobora tarqalmokda, azon qatlamining qisqarishi, haroratning ko’tarilishi va boshqa shu kabi tahdidlar kuchaymokda. Hayot sharoitlariga tahdidlar umumba­shariy, umumjahon tavsifiga ega bo’lib bormoqda.
Ularni bartaraf etish dunyodagi barcha mamlakatlarning birga­likdagi harakatini talab etadi. Ushbu vaziyatlar sababli 2000 yilda BMTning "Ming yillik Deklaratsiyasi" qabul qilindi (bu haq­da birinchi bobda eslatilgan edi). "Ming yillik Deklaratsiyasi"da ilgari surilgan vazifalar orasida kambag’allik muammosi alohida o’rin tutadi.
Kambag’allik toifasi - odamlarning moddiy ta`minlanmagan­ligining o’ziga xos holati bo’lib, bunda bir kishi yoki oilaning daromadi hayot faoliyati uchun sotsial - zaruriy iste`mol daraja­sini ta`minlashga imkon bermaydi. Kambag’allikning mutloq va nis­biy ko’rinishlari farqlanadi.
Mutloq kambag’allik -bu fiziologik ehtiyojlar: ovqat, kiyim, turar joy­ga bo’lgan ehtiyojlarni ( ular “iste`mol savati” deb ataladi) qondirishda­gi to’g’ridan to’g’ri etishmovchilikdir.
Nisbiy kambag’allik - insonning mamlakatdagi daromadlarning umumiy darajasiga nisbatan yomon holatini belgilaydi.
Kundalik, ma`lum bir vaqtdagi va doimiy, ya`ni uzok vaqt davom etuvchi kambag’allik ko’rinishlari ham mavjud.
Uni o’lchash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
-aholi­ning umumiy sonida kambag’allar ulushi;
- kambag’allikni tavsiflovchi daromad miqdori;
- kambag’allikning chuqurlashuv darajasi - u yoki bu guruhdagi kambag’allar uchun etishmayotgan daromadning hajmi va boshqalar.
Kambag’allik har qanday iqtisodiy tizim uchun xosdir. Ammo uning keskinlashib borishi ishlab chiqarilgan mahsulot va jamg’arilgan boylik hajmiga, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatiga, halkning farovonligiga, taqsimot usullariga bog’liq ravishda jiddiy farqlanadi. SHuning uchun har bir davlatda o’z milliy iste`mol me`yori, ya`ni yashash minimumi mavjud bo’lib, u ishlab chiqarish imkoniyatlari, millatning boyligi, an`analar, mentalitet (o’ziga xoslik) va boshqalarga bog’liqdir. Ushbu me`yorlarga ega bo’lmagan kishilarni kambag’allarga qo’shadilar.
Kambag’allik muammosi sho’rolar davrida ham bor edi. Ammo hukmron mafkura ushbu hodisani to’lik tan olishga imkon bermasdi. Kambag’allik bo’yicha ma`lumotlar maxfiy hisoblanardi. Faqat 80-yillarning oxiridagina kambag’allikning mavjudligi tan olindi va uning ta`rifi paydo bo’ldi: minimal ish haqidan kam da­romadga ega bo’lgan odamlar kambag’allar sifatida turkumlashtirildi. Ushbu ta`rifga ko’ra, O’zbekiston aholisining 45%: qishloq joylardagi aholi, shuningdek nafaqaxo’rlar, bevalar, yolg’iz onalar, nogironlar kambag’al hisoblanadi. Aholining ushbu guruhlarini qo’llab- quvvatlash uchun nafaqa va har xil yordam to’lovlarni nazarda tutuvchi maxsus dasturlar ishlab chiqildi.
Respublikada o’tish davrining dastlabki bosqichlarida daromadlarda­gi tengsizlik kuchaydi. Avvallari o’rta sinfga taaluqli bo’lgan shifokorlar, o’qituvchilar, davlat xizmatchilari turmush darajasining jiddiy pa­sayishi bilan to’qnashdilar. Bu davrda o’rtacha jon boshi pul daromadlari deyarli yarmiga kamaydi, daromadlar darajasidagi jiddiy tafovut, nafaqat turli sotsial guruhlar o’rtasida, balki hududlar o’rtasida ham, jumladan sha­har va qishloq o’rtasida ham kuzatildi. Real YAIM 1989 yildan 1996 yil­gacha 24% ga, aholi jon boshiga esa 39% ga pasaydi. Bular, tabiiyki, aholining turmush darajasiga o’z ta`sirini ko’rsatdi. Ahvol yana shu bilan ham chuqurlashib bordiki, ushbu davr avvalgi xo’jaliklararo aloqalarning uzilishi, umumittifoq byudjetidan moliyalashtirishning yo’qolishi bilan birga­likda yuz berdi. O’tish davrining birinchi bosqichida O’zbekistonda aholi turmush darajasining pasayishi, eng muhim sotsial tarmoqlar bo’lgan sog’liq­ni saqlash, maorif va madaniyat sohalari faoliyat ko’rsatishining yomonlashuvi kabi mu­ammolarni yuzaga chiqardi. 1996 yildan boshlab aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarining yaxshilab borishi tendentsiyasi namoyon bo’la boshladi. Mamlakat iqtisodiy turg’unlikdan chiqa boshlaydi va 2001 yilda 1991 yil­dagi YAIM darajasini tikladi. YAIM o’sishning o’rtacha sur`ati 1998-2003 yillarda 4.3% ni tashkil etdi.
Jahon amaliyotida kambag’allikni baholashning quyidagi usullari ma`lum:
- statistik: bunda aholi daromadlarini jon boshiga taqsimlaganda, eng quyida turuvchi 10-20% aholi kambag’allarga ki­ritiladi;
- me`yoriy (minimal iste`mol savatining oziq-ovqat va boshqa an­dozalari me`yorlari bo’yicha), ya`ni minimal iste`mol savati asosida;
-mahrum bo’lganlik usuli -eng muhim mahsulot va tovarlarni to’yib iste`mol qilmaslik;
-evristik - jamoatchilik fikri yoki so’raluvchining nuqtai - nazaridan kelib chiqqan holda, turmush darajasinng etarli yoki etarli emasligini baholash;
stratifikatsion – bunda kambag’allarga, ilgaridanoq o’zini-o’zi ta`minlash imkoniyatlari cheklangan kishilar kiri­tiladi (qariyalar, nogironlar,to’liq bo’lmagan va ko’p bolali oilalar, ota-onasiz bolalar, ishsizlar, muhtojlar va b.)
- iqtisodiy - bu kambag’allar toifasini, davlat ularning moddiy ta`minotiga yordam yo’naltirilgan imkoniyat resurslari orqali aniqlaydi.
Kambag’allikni aniqlagach, har bir davlat faqat o’ziga xos bo’l­gan vazifalarni hal etishga intiladi. Agarda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar sotsial larzalarni bartaraf etish uchun aholining o’rta va kambag’al qatlamlari o’rtasidagi chuqur tabaqalashga yo’l qo’ymaslikka in­tilsalar, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa kambag’allikning aniqlanishi aholining minimal turmush darajasini ta`minlab turish siyosati bilan bog’langan.
O’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida kambag’allikning aniqlanishi yangicha bozoriy sharoitlarga moslashishi qiyin bo’layotgan, aholi guruhlarini aniq mo’ljallangan sotsial quvvatlash strategiyasini ishlab chiqishga imkon be­radi.
Kambag’allikni bartaraf etish muammosi yashash minimumini ta`minlash bilan chambarchas bog’liqdir. Bir mamlakatda andoza uchun qabul qilingan yashash minimumi, boshqa mamlakatda qabul qilina olmaydi.
Masalan, AKSH, Buyuk Britaniya, Germaniyada yashash minimumi oylik da­romadining 40% ga to’g’ri keladi; Finlandiya, Italiya, Gretsiya, Ispaniyada 50%, Irlandiya va Portugali­yada 60%; Ruminiya, CHexiya, Slavakiyada "etarlicha" emaslik belgisi o’rtacha jon boshi daromadining 50-60%, kambag’allik chizig’i esa etarlicha emaslik­ning 60-70% darajasida o’rnatilgan. Bolgariyada minimal ish haqi iste`­mol savati asosida hisoblangan sotsial minimumning 60-70% ni, kambag’allik chegarasi esa minimal ish haqining 65% ni tashkil etadi.
O’zbekiston olimlari tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, 1997 yil boshida 22% aholi, yoki 16% oilalarning o’rtacha jon boshi daromadi kambag’allik chegarasida, yoki undan past bo’lgan. Respublikada kambag’allarga 5 va undan ko’p kishilardan iborat oilalarning umumiy so­nidan har to’rttadan bittasi (24.7%) kiritiladi. Kambag’allik ehtimoli 4 va undan ko’p bolali oilalarda (38.3%) va 3 bolali oilalarda (19.6%) eng yuqori darajadadir21.
1. Kambag’allik darajasiga ko’ra oilalarni quyidagi toifalarga ajratish mumkin: o’ta muhtojlar, muhtojlar, nochorlar, kam ta`minlanganlar. Xalqaro ekspertlarning hisoblariga ko’ra 2004 yilda respublika aholisining 27.5% kambag’allarga kiritilgan22.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling