Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


-mavzu; Ijtimoiy sug’urta va xayriya jamg’armalari


Download 1.46 Mb.
bet73/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

15-mavzu; Ijtimoiy sug’urta va xayriya jamg’armalari
Reja.
1. Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi
2. Sotsial sug’urta tizimini takomillashtirish.
3. Xalqaro ijtimoiy sug’urta amaliyoti
4. Xayriya jamg’armalari

1. Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi
Ijtimoiy sug’urta jamoat aholisi 1993 yil 4 avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan. Jamg’arma zimmasiga fuqarolarning davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy sug’urta huquqlarini to’la hajmda ro’yobga chiqarish, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalarning kafolatli va o’z vaqtida to’lanishini ta`minlovchi shart-sharoitlar yaratish va boshqa muhim vazifalar yuklatilgan.
Bu vazifalar davlat ijtimoiy sug’urtasiga mo’ljallangan mablag’larni yig’ish va jamlash nafakalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha farzand tug’ilganda, shuningdek fuqarolarni dafn etish uchun beriladigan nafaqalarni to’lash va davlat ijtimoiy sug’urtasining boshqa nafaqalarni to’lash xarajatlarini mablag’ bilan ta`minlash va boshqa yo’llar orqali bajarildi.
Jamg’arma asosan korxona, tashkilot, birlashma va kooperativlar (qaysi idoraga tegishliligi va mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar)ning ish haqi fondidan belgilangan foiz bo’yicha to’laydigan badallarni hamda zarur hollarda davlat byudjetidan to’lanadigan mablag’lar; yakka mehnat faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxslar, shuningdek, xususiy, ijaradagi yoki shaxsiy dehqon xo’jaligining sug’urta badallari, fuqarolarning majburiy sug’urta badallari; O’zbekistont Respublikasi fuqarolarining, xorijiy fuqarolarning, korxona va jamoa tashkilotlarining daromadlaridan beriladigan ixtiyoriy badallari, shuningdek, boshqa to’lovlari hisobiga jamlanadi.
Davlat ijtimoiy sug’urtasi badallari tarifi (miqdori) Respublika qonunlarida belgilangan. 1995 yil 1 yanvarda barcha korxona, tashkilot va birlashmalar uchun badallar tarifi mehnat haqi fondining 36 foiz qilib belgilandi, yollanma shartnomalar bilan ishlaydigan fuqarolarning ish haqidan 1foiz badal olinadi ayrim mehnatkashlar toifasi uchun imtiyozli tarif belgilangan edi.
Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi byudjetining daromad qismi 2001 yilda 25,1 mlrd. so’mni, shu jumladan, korxona, tashkilot, muassasalarning va shaxsiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslarning mehnat hissasi jamg’armadan tushgan sug’urta badallari 21,2 mlrd. so’mni tashkil qildi.
Ma`lumki, 2005 yildan boshlab foydadan olinadigan soliq stavkasi 20 foizdan 15 foizga, yuridik shaxslar uchun ish haqi fondidan ijtimoiy sug’urta ajratmalari 35 foizdan 32 foizga pasaytiriladi. SHuningdek, ayrim soliq turlari umuman bekor qilindi.
Bu chora-tadbirlar mahsulot ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvolini yaxshilashga, korxonalarning investitsiya sohasidagi faoliyatini oshirishga xizmat qiladi. 2005 yilning birinchi yarim yillik mobaynida korxonalarning o’z investitsiyalari hajmi 18 foizga ortdi u iqtisodiyotga yo’naltirilgan barcha investitsiyalarning 46 foizini tashkil etadi.
Darhaqiqat, bozor islohotlari chuqurlashayotgan sharoitda ijtimoiy sug’urta iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o’sishni ta`minlash omili sifatida ahamiyatlidir. CHunki ijtimoiy sug’urta kompaniyalarining makroiqtisodiy jarayonlarni faollashtirishdagi ahamiyati oshib boradi va vaqtincha bo’sh sug’urta zaxiralaridan ularni barqaror o’stirish maqsadida maqbul investitsiyalash maquldir. Birgina 2005 yilda bank depozitlaridan mablag’lar jami investitsiyani 29,5 foizni tashkil etdi va ulardan 65,9 foiz aktsiyalar va 6,8 foiz qimmatli qog’ozlarga xarajat qilindi. Bundan tashqari Davlatning bank obligatsiyalariga 2,5 foiz xarajat qilingan edi.
Ijtimoiy sug’urta faoliyati bo’yicha xalqaro amaliyotni tahlil etilishi, O’zbekistonda sug’urta operatsiyalarini xalqaro darajada o’tkazish, ularni o’tkazishda banklarning ishtirok etishi, vositachi va qayta sug’urtalash tizimi yaratish, respublika sug’urta kompaniyalari ixtisoslashuvi zaruriyati, islohotlar davrida respublikada ijtimoiy sug’urta faoliyati rivojlanishining holati har tomonlama tahlil asosida dastur ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu dasturda ijtimoiy sug’urta kapitali iqtisodiyotining barqarorlashtirish va iqtisodiy o’sishni ta`minlashga ta`sirini baholash tizimini yaratish va bu tizim uch darajali baholash tizimidan iborat bo’lishi lozim - makroiqtisodiy-integral, makroiqtisodiy -amaliy va makroiqtisodiy tahlilga asoslangan bo’lishi lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida milliy sug’urtani shakllanishi xususiyatlari shuni ko’rsatadiki, respublikada ixtisoslashgan qayta sug’urtalash kompaniyasi, broker va adjaster firmalarni tashkil etish haqida tavsiyalar ishlab chiqish, iqtisodiy o’sishning yangi bosqichiga mos ijtimoiy sug’urta tizimini kuchaytirishning asosiy yo’nalishlaridan biridir.
Bundan tashqari respublikada ijtimoiy sug’urta jamg’armalari to’lov qobiliyatini saqlash maqsadida tashkiliy - institutsional tuzilmalarni takomillashtirish, sug’urtalovchilar assotsiatsiyasini tashkil etish yo’li bilan milliy bozorni turli xil salbiy jarayonlardan saqlash siyosatini olib borish, sug’urta xizmatlarining iqtisodiy sug’urtalash, ishga yollanuvchilarning ishlovchilar salomatligiga zarar keltirish bo’yicha javobgarligini joriy qilish, sug’urta jamg’armalarining ixtisoslashuvini chuqurlashtirish yuzasidan ishlar olib borish lozim.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling