Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Sotsial sug’urta tizimini takomillashtirish


Download 1.46 Mb.
bet74/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

2. Sotsial sug’urta tizimini takomillashtirish.
Sotsial iqtisodiyotning shakllanishi sotsial sug’urtalash tizi­mining rivojlanishi va takomillashuvi bilan o’zviy bog’liqdir.
Sotsial sug’urtalash aholining iqtisodiy faol qismini, ish­ni, mehnat qobiliyati va daromadlarni yuqotish bilan bog’liq bo’lgan turli xavflardan himoyalashning, jamoaviy birodarlik asosida za­rarni qoplashning shakllaridan biri hisoblanadi. Sotsial sug’urtalash sotsial himoyalash sohasining bevosita mehnatkashlarga, ularning oilalari va mehnat jamoalariga yaqinlashtirishga imkon beradi, uning bozoriy mexanizmi bilan tartibga solinishini ta`­minlaydi, sotsial noyob barqarorlashlashtiruvchilik sifatiga ega bo’ladi.
Jamiyat sotsial sug’urtalash vositasida quyidagi vazifalarni bajaradi:
* mehnat jarayonida qatnashmaydigan, mehnatga qobiliyatsiz shaxslarni ta`minlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplovchi
pul jamg’armalarini shakllantiradi;
* mehnat resurslarini qayta ishlab chiqarishning zaruriy miqdori va tarkibini ta`minlaydi;
* jamiyatdagi ishlovchi va ishlamaydigan a`zolarni moddiy ta`­minoti darajasidagi o’zilishni qisqartiradi;
* mehnat jarayoniga jalb etilmagan turli aholi guruhlari­ning turmush darajasini ko’tarishga erishadi.
Sotsial sug’urtalash fuqarolarning keksalikda, kasal bo’lganda, mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda, ishsizlikda moddiy ta`minot olishga bo’lgan konstitutsion huquqini ro’yobga chiqishini ta`minlashga qaratilgan.
Sug’urta qilinganlar uchun, sug’urta holati vujudga kelganda, sotsial sug’urtalashning eng maqbul minimal darajasi, halqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga ko’ra (1952 yildagi N102 kon­ventsiya) malakali xodimning ish haqini 40-50% darajasida belgilan­gan. Olinadigan mablag’ miqdori sug’urta (mehnat) stajining davo­miyligiga, ish haqining kattaligiga (sug’urta badallari to’lovi uchun asos bo’lib xizmat qiladi), mehnat qobiliyatini yuqotganlik darajasiga bog’liq bo’ladi va qonunlar bilan tartibga solinadi.
Sotsial sug’urtalash tartibining kuchli tomoni shundaki, to’lovlar va xizmatlarning moliyaviy manbalari ixtisoslashgan jamg’armalar bo’lib, ular sug’urta qilinganlarning bevosita ishtiroki­da shakllanadi. Sotsial sug’urtalashda sug’urtalanmagan qayta taqsimlash holatlari ham uchrab tursada, biroq u, odat­da, sug’urtalanganlar va ularning ish beruvchilari rozi bo’lgan oqilona chegaralarga yaqinlashadi.
Sotsial sug’urtalash tizimini tavsiflovchi asosiy belgilar - sotsial sug’urtalash asosiy turlarining majburiyligi, uning ish beruvchilar va yollanma xodimlarning sug’urta badallari hisobidan va davlatning qo’shimcha ishtirokida moliyalashtirishi, sug’urta badal­larining maxsus jamg’armalarda to’planishi, qo’shimcha daromad olish maqsadida sarmoya berish imkoniyati, moddiy to’lovning sug’urta ma­qomi bilan bog’liqligi, sug’urta badallari miqdorining sug’urtalan­ganning ish haqi yoki daromadga bog’liqligi kabilardir. YAna bir muhim belgisi shundan iboratki, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasbga doir kasalliklar, odatda ish beruvchining mablag’i hisobi­dan moliyalashtiriladi, biroq davlatning ishtiroki ham mumkin.

Социал суғурталаш манбалари

1-CHizma.



Давлат ёрдами



Иш берувчилар бадали

Ходимлар бадали



2-chizma. Sotsial sug’urtalar jamg’armasi manbalari.

Sotsial sug’urtalashning asosiy tamoyili - xodimlar va ish beruvchilarning sug’urta badallari to’lashdagi va jamg’arilgan mablag’­larni muhtojlar foydasiga qayta taqsimlashdagi birdamligidir.


Sotsial sug’urtalashni sotsial himoyaning boshqa turlaridan farqlovchi tavsifli belgisi - sug’urta qiluvchilar-xodimlar va ish beruvchilarning ish badallarini o’tkazishdagi majburiyligi (qonun bo’yicha) hisoblanib, bu, o’z navbatida, sug’urtalanganlar uchun sug’urta holati ro’y berganda sug’urta to’lovini albatta olishi huquqini kafolatlaydi. Sotsial sug’urtaning boshqa bir xususiyati, shaxsiy sug’urtalash bilan taqqoslaganda, mamlakat aholisi uchun ancha "arzon" ekanligidir. Bunga deyarli barcha ishlovchilarning bu jarayondagi majburiy ishtirokining ommaviy tusga ega ekanligi orqali erishiladi. Bundan tashqari, sotsial sug’urta sub`ektlari huquqiy munosabatlarining ochiqchaligi yordamida sub`ektlarning unda ishti­rokining qonun bo’yicha majburiyligi va sug’urta qilinganlarning himoyalash kafolatining yuqori darajadaligi, yakka tartibdagi shart­nomalar to’zishdagi ortiqcha rasmiylashtirish tartiblaridan voz ke­chishga imkon beradi. eng muhimi esa, avlodlarning birdamligi hamda mablag’larning to’g’ri va maqsadli sarflanishi ustidan davlat nazoratining qo’llanilishi yordamida moliyaviy vositalar saqla­nishi ta`minlanadi.
Sug’urtalash amal qilishining demokratik tavsifi sotsial kafolatlar doirasi va hajmida hisobga olish va "kelishishga" sug’urta qilinuvchilar va sug’urta qiluvchilar manfaatlarini uyg’un­lashtirishga imkon beradi.
SHu tariqa, sotsial sug’urtalash - yol­lanma xodimlar, ish beruvchilar va davlat o’rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
Majburiy sotsial sug’urtalash va sotsial yordam tavsiflari 23



Sotsial sug’urtalash

Sotsial yordam

Moliyalashtirish odatda ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug’urta badallari hisobidan va davlatning ehtimoliy ishtiroki asosida amalga oshiriladi



Davlat va mahaliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladi, qonunchilikka mos ravishda, muhtojlarning ma`lum bir toifalariga to’lovlar beriladi.

Ishtirok etish majburiy hisoblanadi. To’lovlar badallar asosida shakllanuvchi maxsus sug’urta jamg’armalaridan to’lanadi.
Ko’pincha qo’shimcha mablag’lar talab etilmaydi, chunki jamg’armaning bir qismi foyda olish maqsadida investitsiya qilinadi.

Muhtojlikni baholashda tegishli shaxslarning daromadlari mulklarining miqdori hisobga olinadi.

SHaxsning yordam olishga huquqi badallar to’langani haqidagi yozuv asosida muhtojlikni hisobga olmagan holda amalga oshiriladi.

YOrdam berishdan maqsad oila a`zolarining soni, majburiy to’lovlar va boshqa omillarni hisobga olgan holda shaxsning daromadlari darajasini belgilangan minimumigacha etkazishdir. YOrdam miqdori ish haqi yoki turmush darajasining oldingi darajalari bilan bog’lanmagan.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug’urtalash odatda to’liq ravishda, davlatning ehtimoliy ishtiroki bilan, ish beruvchilar tomonidan moliyalashtiriladi.

Sotsial yordam farovonlik masalalari bilan umumiy belgilariga ega bo’ladi va kambag’allik hamda sotsial nochorlikning eng og’ir shakllariga yo’l qo’ymaslik muammosini hal etishga yo’naltirilgan.




Sotsial sug’urtaning yuqori roli haqida shunday ma`lumot ham guvoxlik beradiki, rivojlangan mamlakatlarda sotsial sug’urtaning mavjud turlari, sotsial himoya maqsadidagi xarajatlarning 60-70 %ga yoki YAIMning 15-25%ga to’g’ri keladi. O’zbekistonda davlatning byudjetdan tashqari sotsial jamg’armalarning ulushiga sotsial himoya maqsadidagi xarajatlarning 45%ga yaqini yoki YAIMning 23% to’g’ri keladi. Bu makroiqtisodiy ko’rsatkichlar shundan dalolat beradiki, O’zbekistondagi sotsial sug’urta salohiyatidan hali etarlicha foydala­nilmayapti va uning to’liq amal qilishi yaqin o’n yilliklarning strategik vazifasi hisoblanadi.


Ma`lumki, sug’urtalashning ilk shakllari qadim zamonlarda vu­judga kelib, ma`lum bir tarixiy davrlar davomida sug’urtalash­ning sotsial tabiati, tashkiliy va iqtisodiy tizimida tub o’z­garishlar yuz berdi. Tarixiy manbalardan ko’rinadiki, o’ziga xos sug’urtalash mexanizmlari hozirgi O’rta Osiyo davlatlari hududida Amir Temur hukmronligi davridayoq mavjud bo’lgan . Sug’urtalash ma­salalariga alohida e`tibor berilgan huquqiy yodgorliklardan biri Amir Temurning " To’zuklar"i bo’lgan.
Amir Temur ulkan saltanatni muvaffaqiyatli boshqara borib, o’z fuqarolarining sug’urta himoyasini ta`minlashga zaruriy e`tibor qaratdi va o’sha davrning sotsial-iqtisodiy sharoitlariga mos ke­luvchi davlat sug’urtalash tizimini yaratdi. Hukmdor, odamlarga ertangi kuni uchun ishonch berilishi va davlat farovonligi yo’lidagi mehnat ularga baxtli keksalikni ta`minlashga ishonish davlat uchun qanchalik muhimligini tushunardi.
Aytish mumkinki, Amir Temur tomonidan o’sha davrga mos keluv­chi sotsial sug’urta tizimi yaratilgan edi. Masalan, "Askarlarni eng quyidan eng yuqori darajagacha ko’tarish qoidalari" da shunday deyilgan: "Askarlarni zarur mukofotlardan mahrum etish men tomo­nimdan qattiq ta`qiqlangan edi. Harbiy xizmatda sochi oqarganlar maoshlarini ham unvonlarini ham yo’qotmas edi; ularning xizmatla­ri unutilmasdi, chunki, kimki ho’zur halovatda o’tkazishi mumkin bo’lgan umrini, urush tasodiflariga bag’ishlagan ekan mukofotga loyiqdir; u boylik va amal talab qilishga haqlidir. Ularning xiz­mati haqida gapirmasliq ularga mukofot berilishini rad etish o’ta nohaqlik bo’lar edi. Keksa jangchilar xurmat qilinadi, ular­ning so’zlariga quloq tutiladi, chunki ular nimaiki gapirmasinlar, barchasi tajribaga asoslangandir; ular mening davlatimning shuhrati edilar, va ularning farzandlari ular tomonidan egallan­gan amallarni meros qilib oldilar.
Askarlarni urushga jo’natishdan oldin ularga 6-7 oylik maosh­larini berganlar, keksalikda esa nafaqa bilan ta`minlanganlar.
Sotsial sug’urtalashning hozirgi tizimi sotsial iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o’tish milliy modelining eng muhim bo’g’ini hisob­lanadi. Bunday holat O’zbekistonning inson imkoniyatlarini kengaytirishga, sotsial zaif aholi guruhlarini bozoriy iqtisodiyotga o’tish bilan bog’liq bo’lgan xavf- xatarlardan himoyalashga yo’naltirilgan, inson rivojlanishining umuminsoniy qadriyatlariga qaratilgan siyosatga sodiqligini tasdiqlaydi.
O’zbekistonda, mustaqillik yillarida sotsial sug’urtalash mexanizmi yaratilib, uning amalga oshirilishida quyidagi tarkibiy qismlar qatnashadi:
* nafaqa ta`minoti tizimi va nafaqa tizimi bilan qamrab
olinmagan keksa fuqarolarga yordam berish;
* ishsizlarni sotsial himoyalash tizimi va ularga ishga joy­lashishlariga yordam ko’rsatish;
* nogironlar, etim bolalar va boshqalarning yordamiga muhtoj bo’lgan qariyalarni sotsial ta`minlash tizimi;
* aholining ayrim toifalari uchun sotsial imtiyozlar tizimi;
* kam ta`minlangan oilalar va ayrim muhtoj fuqarolarga sotsial yordam ko’rsatish tizimi.
O’zbekistonda zamonaviy davlat sotsial sug’urta tizimining vujudga kelishi 90-yillar boshlariga to’g’ri keladi. 1991 yilgacha nafaqa ta`minotini moliyalashtirish to’laligicha davlat byudjetidan, umumiy soliq tushumlari hisobidan amalga oshirilgan, 1991 yilda Vazirlar Maxkamasining 27 dekabrdagi Qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Nafaqa Jamg’armasi tashkil etildi.
1996 yilda korxona va tashkilotlarning ushbu jamg’armaga to’laydigan badallari mehnatga haq to’lash jamg’armasi mablag’larining 37,3% miqdorida, 2001-2004 yillarda- 35,0%, 2004 yilda 31,6%, 2005 yilda 30% ni tashkil etdi.
Ishsizlik bo’yicha davlat sug’urtasi 1992 yil 13 yanvardagi" Aholi bandligi to’g’risida"gi qonun bilan kiritildi. Ushbu qonunga o’zgartirishlar kiritilib, uning yangi tahriri 1998 yil 22 mayda qabul qilindi. 1992 yilda badallar miqdori ish haqi fondining 2% miqdorida, 2001-2004 yillarda -1,5%, 2004 yilda- 0,9% , 2005 yilda- 0,5% miqdorida tasdiqlandi.
SHu tarzda O’zbekistonda zamonaviy davlat sug’urta tizimini ikki mustaqil, byudjetdan tashqari sug’urta jamg’armalari namoyon etadi: O’zbekiston Respublikasining nafaqa jamg’armasi va O’zbekiston Respublikasi aholi bandligiga ko’maklashishi davlat jamg’armasi.
Nafaqa ta`minoti sotsial sug’urta tizimining eng muhim bu­g’ini hisoblanadi. O’tish davri iqtisodiyotining hozirgi bosqichida amaldagi nafaqa tizimi " O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat nafaqa ta`minoti to’g’risida"gi qonun asosida amal qilib, unda nafaqaning uch turi nazarda tutilgan: yosh bo’yicha, nogironlik bo’yicha va boquvchisini yo’qotgan hollarda.
Respublika nafaqa qonunchiligining asosida yotuvchi muhim ta­moyillardan biri - bu faqatgina ishlagan fuqarolar nafaqa olish huquqiga egaligidir.
Nafaqa olish huquqini belgilovchi asosiy talablar quyidagi­lar:
* nafaqa ta`minoti huquqini beruvchi shartlar
mavjudligi (nafaqa yoshiga etish, nogironlik boshlanishi, boquvchisi­ni yo’qotganlik);
* keltirilgan sharoitlarga muvofiq talab etiluvchi ish staji­ning borligi. Ko’rsatilgan talablardan birortasi bo’lmagan hol­larda nafaqa ta`minotiga bo’lgan huquq yo’qoladi. Nafaqaning miqdori ish stajining davomiyligi va nafaqaxo’rning o’rtacha oylik ish haqiga bog’liq bo’ladi. Barcha fuqarolar uchun, jinsidan qat`iy nazar, nafaqa miqdorini aniqlashning yagona tartibi o’rnatilgan bo’lib, u quyidagilardan iboratdir:
* tayanch nafaqa;
* talab etilganidan ortiqcha ish staji uchun nafaqaning oshi­rilishi;
* ma`lum bir xizmatlari uchun nafaqaga qo’shimcha;
Nafaqa qonunchiligida nafaqa tayinlashda bir qator muhim imtiyozlar nazarda tutilgan. 2003 yilda O’zbekistonda to’langan nafaqalar turlari bo’yicha quyidagicha bo’lgan:1
* yosh bo’yicha nafaqa -59%
* nogironlik bo’yicha nafaqa-18%
* boquvchisini yo’qotgan hollardagi nafaqa-14,5%
* xizmat yillari uchun -1,0%
* sotsial -7,5%
Nafaqa jamg’armasi mablag’lari hisobidan fuqarolarga kasal­liq jarohat, bola tug’ilishi va tarbiyasi, o’lim bilan bog’liq sug’urta voqeasi sodir bo’lganda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizliq homiladorlik va bola tug’ish, ikki yoshgacha bo’lgan bolalar parvari­shi va boshqa hollarda nafaqa to’lanadi. To’lanayotgan nafaqalarning yarmiga yaqinini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa­lar tashkil etadi. Nafaqa mehnat qobiliyati yo’qotilgan birinchi kundan boshlab to’lanadi va to’zalib ketguncha yoki tibbiyot muassa­sasining kasallik varaqasi bo’yicha nogironlikka o’tkazilguncha qa­dar to’lanadi. Homiladorlik va bola tug’ish bo’yicha nafaqa ayollarga homiladorlik va bola tug’ish bo’yicha ta`til davriga, mehnat qonun­chiligiga muvofiq berib boriladi.
Bandlik davlat jamg’armasi ishsizlik bo’yicha sug’urtalashni amalga oshirib, ushbu siyosatning ro’yobga chiqishini ta`minlovchi eng muhim moliyaviy mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Ishsizlik bo’yicha sug’urtalash ishni yo’qotish yoki ishga joylashish imkoniyati bo’lmagan hollardagi xavf-xatarning oldini oladi. Bandlik jamg’armasi hududiy tamoyil bo’yicha tashkil etilgan. Uning tizimiga Respublika, viloyat, shahar, tuman jamg’armalari kiradi. Ishsizlik bo’yicha davlat sug’o’rtasida sug’urtalanganlar barcha mehnatga qobiliyatli fuqarolar hisoblanadi. Bunda kimki bandlik xizmatida rasman ishsiz maqomini olgan bo’lsa, sotsial kafolat­ga ega bo’ladi. Ishsizlik bo’yicha nafaqa o’rtacha ish haqiga nisba­tan foizlarga belgilanadi.
Respublikada har yili mehnat va sotsial himoya bo’yicha or­ganlar tomonidan 400 mingdan ortiq kishining ishga joylashishiga yordam ko’rsatiladi, bunda ularning deyarli 10% ga ishsizlik bo’yicha nafaqa tayinlanadi.
Keyingi 10 yilda ( 1994-2004y) mehnat bo’yicha organlar to­monidan ro’yxatga olingan ishsizlar soni ikki baravarga ko’paydi. Nafaqa oluvchilarning asosiy qismi birinchi marta mehnat bozoriga borganlar yoki ancha uzoq tanaffusdan so’ng ish axtarayotganlar ekanligi hisobga olinib, nafaqaning o’rtacha miqdori minimal ish haqining 1/3 qismini tashkil etadi. Nafaqaning uncha yuqori bo’l­magan miqdori va uni oluvchilarning ko’pchilik emasligi ushbu sotsial yordamning kam ta`minlanganlik darajasini pasaytirishdagi ta`sirining ham past bo’lishi taqozolaydi.
Ishsizlarni sotsial quvvatlashni quyidagi yo’llar bilan kuchaytirish nazarda tutiladi:
*ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash darajasini oshirish, shu jumladan, joylardagi kasb-hunar qollejlari imkoniyat­laridan foydalangan holda;
*ishsiz fuqarolarning haq to’lanuvchi jamoat ishlarida, asosan hududni obodonlashtirish, transport infrato’zilmaini rivojlantirish, yolg’iz keksa fuqarolarga xizmat ko’rsatish sohalaridagi ishtirokini kengaytirish;
*ishsizlarni ish joyini tanlashda ma`lumotlar asosini kengay­tirish hisobidan, ishga joylashtirish jarayonini optimallashtirish, ish bo’yicha tuman bo’limlarining ish izlash, aholining bandligi va sotsial himoyasi sifatini oshirish;
*ishsizlar oilalariga, iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarida o’z ishlarini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish.
O’zbekistonda amal qilayotgan sotsial sug’urta tizimi sug’urtadan ko’ra, ko’proq, ijtimoiy yordam uchun tavsifli bo’lgan bel­gilarga egadir. Ish beruvchilarga qo’yilgan ancha yuqori sug’urta to’loviga (ish haqi fondining 30%) qaramasdan, ko’pchilik sotsial to’lovlarning darajasi etarlicha emas va ajratilayotgan sug’urta mablag’lari hajmi bilan bog’lanmagan. Ijtimoiy sug’urta va sotsial yordam tizimlarining aniq chegaralanishi mavjud emas. Bu, ko’p jihatdan, mehnatda band aholining davlat nobyudjet sotsial fondlariga sug’urta badallarini o’z vaqtida to’lashdan oilaviy ra­vishda manfaatdor emasliklarini izohlaydi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling