Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Xalqaro ijtimoiy sug’urta amaliyoti
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
3. Xalqaro ijtimoiy sug’urta amaliyoti
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sishni ta`minlashda xalqaro ijtimoiy sug’urta amaliyotidan keng foydalanishni taqozo etadi. Respublika ijtimoiy sug’urta jamg’armasi xalqaro ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy himoya tashkilotlari bilan keng, har tomonlama aloqalar o’rnatgan. Bu davlatlarni ijtimoiy sug’urta va xizmat modeli asosan quyidagilardan iborat: 1. Tibbiy sug’urtani joriy qilish. 2. Ijtimoiy xizmat va sog’liqni saqlashni moliyalashtirish. 3. Ijtimoiy va sog’liqni saqlash yangi tashkiliy - funktsional strukturasini joriy qilish. 4. Ijtimoiy va sug’urta sohasiga yangiliklarni joriy qilish tajribasi. YUqorida keltirilgan tibbiy sug’urtani joriy qilish tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Jamoa birdamligi tamoyili «sog’lom odam kasal uchun to’laydi» - majburiy sug’urta to’lovlari; - tibbiy yordam xajmi sug’urta to’loviga bog’liq emas. 2. Jamiyatning umumiy tamoyillari: - O’zbekiston Respublikasining hamma fuqarolariga tibbiy yordam beriladi. 3. Hududiy - ishlab chiqarish tamoyillari: - sug’urta amaliyoti hamma hududlarga teng bo’linishi; 4. Pulni kasalni ketidan yurishi. 5. Sub`ektlar o’rtasidagi shartnoma: - umumiy tibbiy sug’urta (UTS) shartnomasi; - ikki tomonlama majburiy va javobgarlik tizimisi. Sog’liqni saqlash uchun xarajatlar bo’yicha Markaziy, sharqiy Evropa davlatlari va yangi mustaqil davlatlari sinflanishi, Jahon Banki (1995 yil) hisobotlariga ko’ra quyidagicha ifodalanadi: iqtisodiy imkoniyatlari mamlakatlarni, iqtisodiy holatlariga qarab aniqlangan ya`ni YAMM tashqi qarz va xokazolarga qarab: - iqtisodiy imkoniyatlaridan ko’proq xarajat qiluvchi davlatlar: Bolgariya, Pol’sha, CHexiya, Vengriya, qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston. - imkoniyatlardan kamroq xarajat qiluvchi davlatlar: Ruminiya, qozog’iston va boshqalar. - keragidan ham ko’p xarajat qiluvchi davlatlar: Belorussiya, Litva, Ukraina, Moldava, Rossiya. Rivojlangan davlatlarda moliyalashtirish tamoyillari, asosan ikki modelga bo’linadi: 1. Beveridj modeli bo’yicha sog’liqni saqlash tizimlari. - Sog’liqdan moliyalashtirish - Daniya - Davlat tomonidan nazorat - Filyandiya - Davlat byudjeti - Gretsiya - Katta bo’lmagan xususiy sektor qoldiq - Irlandiya. - Hamma fuqarolar uchun ochiq yo’l - Italiya. -Davlat boshqaruvidagi yuqori ixtisoslashgan tizimi - Norvegiya - Iste`molchi xizmatiga bir qancha qo’shimcha to’lovlar - Ispaniya,SHvetsiya, Buyuk Britaniya. 2. Bismark modeli bo’yicha sog’liqni saqlash tizimlari. - Ish beruvchilar va ishlovchilar majburiy to’lovlar yoki soliqlar yordamida moliyalashtirish - Avstriya, Belgiya, Frantsiya. - Sarmoyadorlar nodavlat tashkilotlariga tushadi, lekin qonuniy tibbiy fondlar organlariga - Germaniya, Gollandiya, SHveytsariya. - SHifoxonalar fondlar bilan shartnoma asosida ishlash, tibbiy xizmatlarni shartnoma asosida ta`minlash, xizmat ko’rsatish to’lovi byudjet asosida. SHu bilan bir qatorda g’arbiy Evropa davlatlarida tibbiy yordamning bir qismi sug’urtaga asoslangan va ikkinchi qismi soliqlarga asoslangan bo’lib, sug’urtadan soliqlarga o’tish davlatlari ham mavjud. Hozirgi kunda tibbiy xizmatning shakllari joriy qilinmoqda, shu jumladan, tibbiy yordamni oila amaliyotini joriy qilishdir. Bu tadbirni yaxshi yoki yomon tomonlari quyidagilardan iborat. 1. Aholi va kasallar uchun tenglik, xaqiqat, ishonch, qoniqtirish, oila haqida qayg’urish, uzluksiz tibbiy-profilaktika ishi, tanlash imkoniyati. 2. Oila shifokorlari uchun rejalashtirilish imkoniyati, qo’shimcha xizmatlar uchun qo’shimcha gonorarlar imkoniyati, obro’-e`tiborning o’sishini qoniqtirish. 3. Mutaxassis shifokorlar uchun mutaxassislarni qisqartirish hisobiga gonorarlar oshish imkoniyati, kengashchi sifatida obro’-e`tiborning o’sishi. 4. Sog’liqni saqlash tizimi uchun mas`uliyatli oila shifokorining paydo bo’lishi, hamma sog’liqni saqlash xizmatlarini takomillashtirish, kasalxonalarga joylashtirishning daraja va davomiyligining hisobiga sog’liqni saqlashnining sifatini oshirish, sog’liqni saqlash kasalliklarni oldini olish, bosqichma-bosqich va o’z vaqtida yordam va boshqalar. 5. Butun jamiyat uchun aholi sog’lig’ining davriy yaxshilanishi, muddatdan oldin o’sishning darajasining pasayishi, ko’p kasalliklarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish, aholi qoniqishining o’sishi va hokazo. Xulosa qilib aytish kerakki, xozirgi davrda ijtimoiy yordam nuqtai nazardan sog’liqni saqlash modellar variantlari takomillashtirilmoqda. Jahon tajribasi sotsial sug’urtalashning turli tuman tashkiliy-huquqiy shakllari to’g’risida guvohlik beradi. Ayrim malakatlarning sotsial sug’urtalash tizimlarini qarab chiqamiz. Buyuk Britaniyada sotsial sug’urtalash va ta`minlash tizimining asosida uch turdagi to’lovlar bor: davlat sug’urtasi bo’yicha nafaqa va yordam, universial yordam, tanlanma, yordam. Ushbu tizimning falsafasi fuqarolarning faol hayotiy pozitsiyasi shaklanishiga (masalan ishsizlik bo’yicha nafaqa faol ravishda ish izlayotgan shaxslarga beriladi), sotsial barqarorlikni bartaraf etishga jamiyat hayotining barcha sohalarida tanlash imkoniyatini ko’paytirishga yo’naltirilgan. Germaniyada sotsial sug’urtalash tizimi moliyalashtirish shakllari bo’yicha sug’urta to’lovlari turlari bo’yicha ham g’oyatda turli tumandir. Mamalakatda sotsial himoyalashning qudratli tarmog’i yaratilgan bo’lib, maxsus to’lovlar bilan, amalda, ishlovchilar va ishlamaydigan aholi ham, qamrab olingan. Sug’urta jamg’armalari ish beruvchilarning, fuqaroning badallari hamda davlat mablag’lari hisobidan shakllanadi. Sotsial sug’urta baxtsiz hodisalardan, kasalliklardan, nogironlikdan, qariyalikdan va boquvchisini yo’qotgan hollardan himoya qilishni ta`minlaydi. Germaniyaning deyarli barcha aholisi majburiy yoki ixtiyoriy sug’urta tizimida kasallik ehtimoliga qarshi sug’urtalangan va xususiy sug’urta bo’limlarining a`zolari hisoblanadilar. Pensiya tizimi kasbiy va umumiy mehnatga layoqatsizlarga hamda pensiya yoshiga, ya`ni 60 yoki 65 yoshga to’lganlarni pensiya to’loviga kiritadi. Majburiy sug’urtaga qo’shimcha “korxona pensiyasi” ham kiradiki, bunda ko’pgina firma o’zining ishchi va xizmatchilariga qo’shimcha keksalik nafaqasi to’laydi. Bundan tashqari, sug’urtaning an`anaviy turi – ishsizlik sug’o’rtasidan keng foydalaniladi. Ishsizlik sug’urtasiga mablag’lar ish beruvchilar va sug’urtalangan xizmatchilarning kiritgan badallari teng ulushlari asosida qo’shiladi. AQSH sotsial sug’urta tizimi davlat, alohida shtat yoki birgalikdagi darajalarda turli sotsial dasturlardan shakllanadi. Davlat tizimining sotsial xavfsizligi sotsial sug’urta va davlat ko’magidan iboratdir. Ular bir biridan moliyalashtirish manbalari jihati bilan farqlanadi. YOllanma ishchi va tadbirkorlardan undiriladigan sotsial sug’urta uchun soliqlar sotsial fondlar tashkil etilishining manbai hisoblanadi. Davlat mablag’laridan davlat ko’magi to’lanadi. Sotsial sug’urtaning amerikacha modelida kasalliq homiladorlik va tug’ish bo’yicha umumiy davlat sug’urta tartibi yo’q. Sog’liqni saqlash sohasida davlat sotsial dasturi mehnatga layoqatsiz va aholining kam ta`minlangan qatlamini tibbiy yordam bilan ta`minlashga yo’naltirilgan (masalan, “Mediker” va “Medikeyd”). YOllanma mehnat asosida ishlaydigan mehnatga layoqatli fuqarolar va ularning oilalari ish joylaridan (taxminan 60% ishlaydiganlar) yoki sog’liqni xususiy sug’urtalash tizimi orqali tibbiy sug’urta bilan qamrab olinganlar. Amerikacha ixtiyoriy tibbiy sug’urta faqatgina aholining yuqori daromadlar darajasi mavjud bo’lganda amal qilishi mumkin. Ishsizlikdan sug’urtalash federal-shtat miqyosida amalga oshiriladi. Ishsizlikdan sug’urtalashning umumiy asoslari federal qonunlari, uning qismlari esa shtat qonunlari asosida aniqlanadi. SHtatlar sug’urtalashga tegishli bo’lgan kishilar toifasini, ularning nafaqa olish tartibini, uning miqdorini va to’lash muddatlarini belgilaydi. Nafaqa olishning zaruriy sharti minimal sug’urta staji, yangi ishni izlash va mos keladigan ishga rozi bo’lish hisoblanadi. AQSHda davlat sotsial sug’urta tizimi umumiy federal dasturni to’liq to’lov qobiliyati bilan ta`minlashga ega bo’lmaganligi sababli, sotsial sug’urtalashning nodavlat shakllari ham rivojlangan. YAponiyada sotsial sug’urtalash tizimi fuqarolarni vaqtincha yoki doimiy mehnatga layoqatsiz bo’lgan hollarda ta`minlashga yo’naltirilgan. Sug’urta jamg’armalari aholi va ish beruvchilarning majburiy yoki ixtiyoriy sug’urta badallari hamda davlat mablag’lari hisobidan shakllanadi. Sotsial sug’urtaning yaponcha modeli ikki alohida bo’g’indan iboratdir. Masalan, pensiya tizimi fuqarolarning mustaqil ta`minoti bo’yicha, bir xil turi yoki doimiy mehnatga qobiliyatsizlikning o’sha turi bo’yicha o’ntagacha shakllari mavjud. Bu alohida toifadagi aholi uchun ta`minotning u yoki bu turini olish sharoiti va miqdori o’rtasidagi farqni shartlaydi. Hozirgi vaqtda, YAponiyada pensiya tizimini unifikatsiya qilish va soddalashtirish maqsadi qo’yilgan bo’lib, shunga muvofiq islohot olib borilmoqda. YAponiyada sog’liqni sug’urta qilishning ikki asosiy tizimi, ya`ni yollanma mehnatni sug’urtalash va aholini sug’urtalashning milliy tizimlari mavjud. Bandlikni sug’urtalash yaponcha sotsial sug’urta tizimining tarkibiy elementidir. Ishsizlikni sotsial sug’urtalashni boshqarish tizimi ikki bosqichga, ya`ni davlat (mehnat vazirligi) va mahalliy hokimiyat qoshidagi bandlik bo’limlari ega idoralarga ajratiladi. SHunday qilib, sotsial sug’urtalashning barcha milliy tizimlari uch darajani o’z ichiga oladi. Sotsial himoyalashning birinchi darajasi minimal hisoblanib, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan ta`minlanadi. Uning maqsadi aholining kambag’alroq qatlami asosiy ehtiyojini qondirishdir. Ikkinchi daraja sug’urtalanganlar va ish beruvchilarning o’zlarining badallari hisobidan va zaruriy hollarda davlat dotatsiyasi (sug’urta birdamligi) orqali amalga oshiriladigan sug’urtadir. Uchinchi daraja ishchi-xizmatchilar va ish beruvchilarning shaxsiy tashabbuslari, xususiy pensiya jamg’armalari yoki tijorat sug’urtasi (to’ldiruvchi daraja) orqali erishiladigan sug’urtadir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sishni ta`minlashda xalqaro ijtimoiy sug’urta amaliyotidan keng foydalanishni taqozo etadi. Respublika ijtimoiy sug’urta jamg’armasi xalqaro ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy himoya tashkilotlari bilan keng, har tomonlama aloqalar o’rnatgan. Bu davlatlarni ijtimoiy sug’urta va xizmat modeli asosan quyidagilardan iborat: 1. Tibbiy sug’urtani joriy qilish. 2. Ijtimoiy xizmat va sog’liqni saqlashni moliyalashtirish. 3. Ijtimoiy va sog’liqni saqlash yangi tashkiliy - funktsional strukturasini joriy qilish. 4. Ijtimoiy va sug’urta sohasiga yangiliklarni joriy qilish tajribasi. YUqorida keltirilgan tibbiy sug’urtani joriy qilish tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Jamoa birdamligi tamoyili «sog’lom odam kasal uchun to’laydi» - majburiy sug’urta to’lovlari; - tibbiy yordam xajmi sug’urta to’loviga bog’liq emas. 2. Jamiyatning umumiy tamoyillari: - O’zbekiston Respublikasining hamma fuqarolariga tibbiy yordam beriladi. 3. Hududiy - ishlab chiqarish tamoyillari: - sug’urta amaliyoti hamma hududlarga teng bo’linishi; 4. Pulni kasalni ketidan yurishi. 5. Sub`ektlar o’rtasidagi shartnoma: - umumiy tibbiy sug’urta (UTS) shartnomasi; - ikki tomonlama majburiy va javobgarlik tizimisi. Sog’liqni saqlash uchun xarajatlar bo’yicha Markaziy, sharqiy Evropa davlatlari va yangi mustaqil davlatlari sinflanishi, Jahon Banki (1995 yil) hisobotlariga ko’ra quyidagicha ifodalanadi: iqtisodiy imkoniyatlari mamlakatlarni, iqtisodiy holatlariga qarab aniqlangan ya`ni YAMM tashqi qarz va xokazolarga qarab: - iqtisodiy imkoniyatlaridan ko’proq xarajat qiluvchi davlatlar: Bolgariya, Pol’sha, CHexiya, Vengriya, qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston. - imkoniyatlardan kamroq xarajat qiluvchi davlatlar: Ruminiya, qozog’iston va boshqalar. - keragidan ham ko’p xarajat qiluvchi davlatlar: Belorussiya, Litva, Ukraina, Moldava, Rossiya. Rivojlangan davlatlarda moliyalashtirish tamoyillari, asosan ikki modelga bo’linadi: 1. Beveridj modeli bo’yicha sog’liqni saqlash tizimlari. - Sog’liqdan moliyalashtirish - Daniya - Davlat tomonidan nazorat - Filyandiya - Davlat byudjeti - Gretsiya - Katta bo’lmagan xususiy sektor qoldiq - Irlandiya. - Hamma fuqarolar uchun ochiq yo’l - Italiya. -Davlat boshqaruvidagi yuqori ixtisoslashgan tizimi - Norvegiya - Iste`molchi xizmatiga bir qancha qo’shimcha to’lovlar - Ispaniya,SHvetsiya, Buyuk Britaniya. 2. Bismark modeli bo’yicha sog’liqni saqlash tizimlari. - Ish beruvchilar va ishlovchilar majburiy to’lovlar yoki soliqlar yordamida moliyalashtirish - Avstriya, Belgiya, Frantsiya. - Sarmoyadorlar nodavlat tashkilotlariga tushadi, lekin qonuniy tibbiy fondlar organlariga - Germaniya, Gollandiya, SHveytsariya. - SHifoxonalar fondlar bilan shartnoma asosida ishlash, tibbiy xizmatlarni shartnoma asosida ta`minlash, xizmat ko’rsatish to’lovi byudjet asosida. SHu bilan bir qatorda g’arbiy Evropa davlatlarida tibbiy yordamning bir qismi sug’urtaga asoslangan va ikkinchi qismi soliqlarga asoslangan bo’lib, sug’urtadan soliqlarga o’tish davlatlari ham mavjud. Hozirgi kunda tibbiy xizmatning shakllari joriy qilinmoqda, shu jumladan, tibbiy yordamni oila amaliyotini joriy qilishdir. Bu tadbirni yaxshi yoki yomon tomonlari quyidagilardan iborat. 1. Aholi va kasallar uchun tenglik, xaqiqat, ishonch, qoniqtirish, oila haqida qayg’urish, uzluksiz tibbiy-profilaktika ishi, tanlash imkoniyati. 2. Oila shifokorlari uchun rejalashtirilish imkoniyati, qo’shimcha xizmatlar uchun qo’shimcha gonorarlar imkoniyati, obro’-e`tiborning o’sishini qoniqtirish. 3. Mutaxassis shifokorlar uchun mutaxassislarni qisqartirish hisobiga gonorarlar oshish imkoniyati, kengashchi sifatida obro’-e`tiborning o’sishi. 4. Sog’liqni saqlash tizimi uchun mas`uliyatli oila shifokorining paydo bo’lishi, hamma sog’liqni saqlash xizmatlarini takomillashtirish, kasalxonalarga joylashtirishning daraja va davomiyligining hisobiga sog’liqni saqlashnining sifatini oshirish, sog’liqni saqlash kasalliklarni oldini olish, bosqichma-bosqich va o’z vaqtida yordam va boshqalar. 5. Butun jamiyat uchun aholi sog’lig’ining davriy yaxshilanishi, muddatdan oldin o’sishning darajasining pasayishi, ko’p kasalliklarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish, aholi qoniqishining o’sishi va hokazo. Xulosa qilib aytish kerakki, xozirgi davrda ijtimoiy yordam nuqtai nazardan sog’liqni saqlash modellar variantlari takomillashtirilmoqda. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling