Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
3. Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari.
Ishsizlik va uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini tushunish uchun bir qator olimlarning qarashlariga e`tibor qaratish lozim. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida AQSHda ijod qilgan mashhur olim Uil’yam Samner (1840-1910 yy.) yashash uchun kurashda progressning muqarrar omili sifatida insoniyatning eng kuchsiz va ongsiz qatlami halok bo’lishi shart degan aqidani olg’a suradi. G’oliblar-chi!? G’oliblar esa jamiyatdagi ishbilarmon tadbirkorlar, ish odamlari, bankirlar va shu kabilar - barcha "umumbashariy qadriyatlar ijodkorlari va umuman eng yaxshi insonlar sanalar edi". Albatta olim bunda insoniyatni bilim va malakaga ega bo’lib borishni nazarda tutgan edi. Xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitda bilimsiz va malakasiz insonlar anashunday xolatga maxkum bo’ladilar. YAshash uchun kurash insonlarda ishbilarmonlik, tadbirkorlik, ijodkorlikni talab qiladi. Ishsizlikga kimlar maxkum albatda eng kuchsiz va ongsiz insonlardir. Ingliz iqtisodchisi, roxib Tomas Mal’tus (1766-1834 yy.)ning "Aholi to’g’risidagi qonun tajribalari" (1798) asarida mamlakat aholisi o’rtasida o’sib borayotgan ishsizlik muammosiga yangicha ta`rif berilgan. Tabiatning "abadiy" biologik xususiyatlarini jamiyatda xalqning qashshoqlashuviga bosh sabab qilib ko’rsatgan T.Mal’tus, o’ziga xos "tabiiy qonuniyat" yaratdi. Unga ko’ra davlatda aholi sonining ortishi geometrik progressiya, ularning yashash va harakatlanish vositalari esa - arifmetik progressiyaga binoan o’sib boradi. SHu bilan birga ishchilar ahvolining ayanchliligiga, sanoatning o’zgarishi va dehqonlarning ersiz qoldirish siyosati emas, balki ishchilar sinfining "engiltaklik odati" bo’yicha "o’ylovsiz" ko’payishini eng asosiy sabab qilib ko’rsatadi. Tabiiyki, jamiyat rivojlanishiga nisbatan bunday baho odamlarning yashash uchun kurashishi nafaqat tabiiy hol, balki uning zaruriyat ekanligini ham yana bir bor namoyon qiladi. Qolaversa, mazkur nazariya odamlarning "o’ylovsiz" ko’payishi natijasida turli xil konfliktlarning yuzaga chiqishini jamiyat rivojlanishidagi muhim omil sifatida ko’rsatib o’tadi. Bozor iqtisodiyoti ma`lum darajada ishsizlik bo’lishi, ya`ni ishchi kuchi rezerv armiyasining mavjud bo’lishini taqozo etadi. SHuning uchun, iqtisodchilarning fikriga ko’ra ma`lum darajada ishsizlik bozor iqtisodiyotining doimiy yo’ldoshi bo’lishi lozim. SHu bilan birga ularning fikriga ko’ra 4-5 foiz, ayrimlari 3-5 foiz ishsizlik «tabiiy va u sotsial ta`limot muammolarini, qiyinchiliklarini tug’dirmaydi» deb ta`kidlashadi. Baribir, ishsizlik qator iqtisodiy va ijtimoiy yo’qotishlarga olib keladi. 1. Ishsizlik darajasining tabiiy ishsizlik darajasidan yuqori bo’lishi natijasida jamiyat ma`lum miqdorda YAMMni «yo’qotadi». Ko’p mamlakatlarda mehnatga layoqatli aholining 97-98 foizi ishlasa, to’liq bandlik bor deb hisoblanadi. Ishsizlik oqibatlarini bir yo’nalishda baholab bo’lmaydi, uning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. Ishsizlik havfi kishilarni yaxshi ishlashga, mehnat unumdorligini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, o’z firmasini e`zozlashga, o’z ustida ishlashga, bilim va malakasini oshirishga undaydi. Ishsizlikni salbiy tomonlari shundaki, mehnat resurslarini bir qismi bekor qolib, mahsulot va xizmatlarni yaratishda qatnashmaydi. Ishsizlarni boqish tashvishi ishlayotganlar zimmasiga tushadi, oilaviy munosabatlarni keskinlashtiradi, jamiyat miqyosida noroziliklarni ko’payishiga olib keladi. Ishsizlik yuqori bo’lsa mamlakatda YAMM ishlab chiqarish pasayadi. Ouken qonuniga ko’ra ishsizlikning uning tabiiy darajasidan 1 foizga ko’payishi yalpi milliy mahsulotni 2,5 foizga orqada qolishga olib keladi. 1988 yilda ana shu 2,5 foiz AQSHda 115 milliard dollarni tashkil etgan. 2. Uzoq muddat davom etgan ishsizlik oqibatida ish topa olmayotgan ishchi o’z malakasini yo’qota boradi, natijada ishlovchi ishga o’rnashgan taqdirda normal darajada mehnat unumdorligiga erishishi uchun kamida yarim yil vaqt kerak. Demak, shu vaqt mobaynida ishchi boshqa malakasini yo’qotmagan ishchilarga qaraganda kam mahsulot ishlab chiqaradi. 3. Ishsizlikning o’sishi jinoyatni ko’payishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi. 4. Meditsina tadqiqotlari ko’rsatadiki, ishsizlikning o’sishi kishining psixik-ruhiy holatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi, sog’lig’ini yo’qotadi. Ishdan bo’shatilgani to’g’risidagi xabar, yaqin kishisining o’limi, yoki jinoyatda ayblanib qamoq jazosiga hukm qilingani to’g’risidagi xabar bilan teng darajada stressga kelar ekan. 5. Ishsizlik jamiyatni qanday yo’qotishlarga olib kelishi haqida to’xtalganda avval ko’rsatib o’tilgan: - xarid quvvatining pasayishi; - jamg’arishning kamayishi; - investtsion talabning pasayishi; - taklifning qisqarishi, ishlab chiqarishning tushkunlikka tushishi kabi iqtisodiy beqarorlik omillarini ham eslatib o’tish zarur. Bularning barchasi oxir oqibat turmush darajasini pasayishiga olib keladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling